Infocom.uz

Blyumin Qozog‘istonda Beeline rahbari bo‘ldi

Mazkur tayinlanishni sharhlar ekan, “VimpelKom Ltd.” guruhining MDH davlatlarida biznesini rivojlantirish bo‘yicha vitse-prezidenti Dmitriy Kromskiy shunday dedi: “2008 yilda Aleksey “VimpelKom”ning uzoq xorijdagi birinchi biznesi – Vetnamdagi Gtel-Mobile kompaniyasiga rahbarlik qildi. Uning rahbarligi ostida qisqa vaqt ichida tarmoq ishi yo‘lga qo‘yilib, IT-infrastuzilmasi bilan integratsiyalash o‘tkazildi va Beeline brendi ostida tijorat operatsiyalari ishga tushirildi. Ishonamanki, Alekseyning professinalligi va boy tajribasi bizga Qozog‘istondagi biznesni yangi sifatli darajaga olib chiqishda qo‘l keladi”.

“MDH biznes-birligining sof operatsion daromadining yarmidan ko‘pini “Kar-Tel” keltiradi, shuning uchun yangi tayinlanish – bu VimpelCom Ltd aksionerlari tomonidan bo‘lgan yuqori e’tiborni hisobga olgan holda jiddiy talab hisoblanadi. Qozog‘istondagi jamoamizga operatsiyalarning daromadliligini oshirish zarur va rivojlanish uchun bosh potensialni men qo‘zg‘almas va mobil Internetga keng polosali ulanish servislarini rivojlantirish, FTTB va 3G qamrovini kengaytirish, kelajakda esa LTE joriy qilishda ko‘rmoqdaman”, – dedi Aleksey Blyumin.

Aleksey 1995 yilda Lomonosov nomidagi MDU ni tugatib, xizmat faoliyatini telekommunikatsiya tarmog‘ida boshlagan. 8 yil davomida Aleksey “Golden Telekom”ning Moskva, Vladivostok va Sankt-Peterburgdagi sho‘’ba korxonalarida rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan.

2003 yilda Aleksey “VimpelKom”ga ishga kirib, uning 5 yil davomida Rossiyaning Janubiy hududidagi biznesini muvaffaqiyatli boshqargan. 2008 yilda Aleksey “VimpelKom”ning Vetnamdagi sho‘’ba korxonasi – Gtel-Mobilega rahbar bo‘lgan.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top