Infocom.uz

BMT bosh kotibi o`rinbosari Toshkent shahar Sergeli tumani hokimiyati qoshidagi Yagona Oyna Markaziga tashrif buyurdi

proon_24_05_2011

Ohirgi 10 yil ichida, O`zbekiston hukumati mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotini yanada yuksaltirish maqsadida AKT sohasini rivojlantirishda va davlat boshqaruvini isloh etishda katta yutuqlarga erishdi. Ana shunday yutuqlardan biri bu mahalliy o`ziga xosliklarni hisobga olgan va zamonaviy AKT echimlarni qo`llagan holda aholiga davlat xizmatlarini ko`rsatish tizimida “yagona oyna” tamoyillari asosida qurilgan o`ziga xos kontseptual yondashuvni sinovdan o`tkazish va ishlab chiqish maqsadida Toshkent shahar Sergeli tumani hokimyati qoshida YOM faoliyatini ishga tushirilishidir.

proon_24_05_2011_1

Yuqori martabadagi mehmonlarni Sergeli tumani hokimi Otabek Sodiqov kutib oldi. U, Helen Klark xonimni qarshi olish chog`ida 200 ming sonli aholisiga ega bo`lgan Sergeli tumanida YOMning tashkil etilishi tuman aholisiga turli xil davlat xizmatlarini bir joyning o`zida, ariza beruvchi va davlat idora hodimlari o`rtasidagi aloqa soni va vaqtini sezilarli darajada kamaytirgan holda ko`rsatish imkoniyatini yaratib berganligini ta’kidlab o`tdi.

proon_24_05_2011_2

YOMda yaratilgan qulayliklar va afzalliklar haqida mexmonga tashrif buyuruvchilarning o`zlari Helen Klark xonim bilan suhbat davomida aytib berdilar. Xususan, ular avvalgi davlat xizmatlarini olish uchun murojaat qilish jarayoni fuqarolarning kerakli ruhsatnoma va hujjatlarni olish uchun har bir davlat idorasiga alohida tashrif buyurishini talab etganligini ta’kidladilar. Bu esa o`z o`rnida ko`p vaqt sarflash, navbatni kutish va boshqa shu kabi noqulayliklarga sabab bo`lardi. Endi esa, YOM sharofati bilan ularda barcha xizmatlarni, ya’ni barcha kerakli ma’lumot va maslahatlarni bir joyning o`zida olish bilan birga, YOMda ishga tushirilgan elektron navbat tizimi yordamida ko`p vaqt sarflamaslik imkoniyati tug`ildi. Shu bilan birga, ular YOMda nogironlar va qariyalar uchun ko`zda tutilgan qulaylik va imkoniyatlar haqida iliq fikr bildirdilar.

proon_24_05_2011_3

Tashrif yakunida, Helen Klark xonim BMT va O`zbekiston hukumati o`rtasidagi AKTni davlat boshqaruv tizimida qo`llash sohasidagi hamkorligini yuqori baholash bilan birga, O`zbekiston hukumatining shu kabi YOMlarini mamlakatning barcha viloyatlarida shu yilning ohirigacha tashkillashtirishni belgilab beruvchi qarori borasida mamnunlik bildirdi. Shuningdek, Helen Klark xonim BMTTD tomonidan mamlakatning ushbu yo`nalishdagi sa’y-harakatlarini qo`llab-quvvatlashni davom ettirishi haqidagi qarorini ma’qulladi va bunga yaqqol misol bu BMTTD va mamlakat hukumati o`rtasida joriy yilning oxirigacha Jizzax va Namangan shahar hokimiyatlari qoshida ikki YOMlarini tashkillashtirish haqidagi kelushuvidir. Ushbu yangi kelishuv BMTTDning “Mahalliy boshqaruv tizimini qo`llab-quvvatlash: fuqarolik ishtiroki va hamkorlik” loyihasi doirasida amalga oshiriladi.

[note]Toshkent shahri Sergeli tumani Hokimligi qoshidagi na’munaviy “Yagona oyna markazi” 2009 yil O`zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Toshkent shahar Sergeli tumani hokimligi va BMTTD o`rtasida uch tomonlama imzolangan bitim asosida tashkil qilingan. Hozirda, umumiy hisobda 44 turdagi davlat xizmatlar interaktiv usulda YOMning 14 bo`limi tomonidan ko`rsatiladi. YOM tomonidan ko`rsatilayotgan xizmatlar quyidagi sohalarni qamrab olgan: ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi, ma’daniyat va sport, uy-kommunal xo`jaligi, sog`liqni saqlash, yer va mulk masalalari hamda tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish. YOMda ko`rsatilayotgan xizmatlarning bir qismi www.biroyna.uz sayti orqali interaktiv tarzda ko`rsatiladi. Hozirgi kunga ko`ra Sergeliy YOMda ijtimoiy ta’minot, kommunal va boshqa sohalarga doir turli davlat xizmatlarini olish uchub 25 mingdan oshiq murojaatlar qa’bul qilingan. So`rov qilingan mijozlarning 90% dan ko`pi YOM faoliyatidan qoniqish hosil qilganliklarini ta’kidladilar. [/note]

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top