Infocom.uz

Bolalar olimpiadasi yakunlandi

bol_27_06_2011

“O‘zbektelekom” AK “Toshkent shahar telefon tarmog‘i” filiali tasarrufidagi “Aloqachi” bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi mezbonlik qilgan musobaqalarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 12 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 182 nafar bolani jamlagan 14 jamoa qatnashdi.

bol_27_06_2011_1

Ishtirokchilar sportning shaxmat, shashka, stol tennisi va mini-futbol turlari bo‘yicha kuch sinashishdi.

Umumjamoa hisobida qoraqalpog‘istonliklar birinchi, farg‘onaliklar ikkinchi, poytaxtlik sportchilar uchinchi o‘rinni band etishdi.

bol_27_06_2011_2

Olimpiadaning tantanali yopilish marosimida barcha qatnashchilarga homiy tashkilotlar o‘z sovg‘alarini topshirdi. Marosimda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktorining birinchi o‘rinbosari A.Ishanxodjayev, O‘zbekiston aloqa xodimlari kasaba uyushmasi markaziy kengashi raisi T.Teshaboyev hamda soha korxona va tashkilotlari rahbarlari qatnashishdi.

PS. Bolalar olimpiadasidan batafsil reportaj “Xabar” gazetasida (1-iyul sonida) chop etiladi.

Manba: www.xabar.uz

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: