Infocom.uz

“Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi Farg‘ona viloyatiga keldi

“Shu kunlarda “Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi Andijon viloyatida bo‘lib o‘tdi va men kompaniyaning Qo‘qon bo‘linmasi xodimlari unda faol ishtirok etayotganlaridan xursandman, – dedi “Unitel” ning Sharqiy hududiy filiali direktori Sanjarbek Iminov. – Biz internetlashtirish jarayoni mamlakatimizning barcha hududini qamrab olishiga intilmoqdamiz va bu barcha texnologiyalardan birinchi navbatda yangi avlodda foydalanish imkoniyati bo‘lishi kerak”.

beeline_8_07_2011

Farg‘ona viloyati Beshariq tumani 2-sonli maktabning kutubuxona va kompyuter xonasi Internetga ulandi. Mazkur voqeani sharhlar ekan, maktab direktori Zulfiya Egamova kompaniyaga o‘z minnatdorchiligini bildirdi: “Men “Bilayn” kompaniyasiga bolalarga yangi biimlar olishda ko‘maklashuvchi kutilmagan va shu bilan birga anchadan beri orzu qilinib kelgan sovg‘a uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bundan tashqari: ushbu axborot kanali pedagoglar uchun ham zarur hisoblandi – ular qo‘lga kiritgan ixtisoslashtirilgan saytlarga kirish imkoniyati ta’lim jarayonini boyitadi”.

beeline_8_07_2011_1

Xuddi shunday aksiya Furqat tumanidagi 2-sonli maktabda ham bo‘lib o‘tdi. U yerda “Bilayn” USB-modemlari yordamida Tarmoqqa kompyuter xonasi ulandi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top