Infocom.uz

“Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tmoqda

“Rejalashtirilganidek, yozning oxiriga qadar biz bu aksiyani mamlakatning barcha viloyatlarida o‘tkazamiz, – voqeani sharhlaydi “Unitel”ning Janubi-G‘arbiy hududiy fililali direktori G‘ulom Ortiqov. – Umid qilamizki, Internetda ishlash imkoniyati minglab bolalar uchun O‘zbekiston Mustaqilligining yubileyiga ajoyib sovg‘a bo‘ladi”.

“Bolalar uchun mobil Internet”aksiyasi doirasida Muruvvatlik Uyining informatika xonasi 10 ta “Bilayn” USB-modemlari orqali Tarmoqqa ulandi. Eslatib o‘tamiz, ilgari “Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi Buxoro, Sirdaryo, Surxondaryo, Andijon, Farg‘ona, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi maktab, internat va Muruvvatlik Uylarida o‘tkazildi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top