Infocom.uz

“Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tmoqda

Maktab direktori Shuhrat Ro‘ziev kompaniya vakillariga minnatdorchilik bildirdi: “Birinchi o‘qish kunida bolalarni ajoyib sovg‘a kutmoqda: endilikda bizni maktab Internetga ulangan bo‘lib, ular o‘z bilimlarini Butunjahon Tarmoq yordamida oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur sovg‘a uchun “Bilayn”ga rahmat va umid qilamanki, bu kabi aksiyalar o‘sib kelayotgan avlodlar xursandichligi uchun davom etadi”.

“Bolalar uchun mobil Internet”aksiyasi doirasida 38-son maktabning informatika xonasi 10 ta “Bilayn” USB-modemlari yordamida Tarmoqqa ulandi.

“Yozning oxiriga qadar mazkur aksiyani mamlakatning barcha viloyatlarida o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz, – dedi “Unitel”ning Janubiy hududiy filialining direktori Ulug‘bek Ahmedov. Biz ulash uchun ilgari Internetga ulanmagan qishloq maktablarini va Muruvvatlik uylarini tanlamoqdamiz va umid qilamizki, bu Mustaqillik Kuniga bolalar uchun yaxshi va foydali sovg‘a bo‘ladi”.

Eslatib o‘tamiz, ilgari “Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi Surxondaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarining maktablarida, internatlarida va Muruvvatlik Uylarida bo‘lib o‘tdi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top