Infocom.uz

“Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tmoqda

Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Markaziy hududiy filiali direktori Dilshod Anarmetov shunday dedi: O‘zbekiston Mustaqilligining yubileyiga bag‘ishlangan aksiya viloyatlarda katta e’tirofga sazovor bo‘ldi va biz loyiha doirasida birdaniga bir nechta tuman maktablarini qamrab olganimizdan xursandmiz. Mobil texnologiyalarga imkon qadar ko‘proq bolalarni jalb qilish maqsadida mazkur yo‘nalishni rivojlantirishni rejalashtirmoqdamiz”.

“Bolalar uchun mobil Internet” aksiyasi doirasida kompaniya fililali tomonidan sovg‘a qilingan “Bilayn” USB-modemlari yordamida Samarqand viloyatining Kattaqo’rg‘on tumanidagi 2-, 98- sonli, Jomboy tumanidagi 29- sonli, Bulung‘ur tumanidgi 15- sonli, Toyloq tumanidagi 20- sonli, Urgut tumanidagi 10- sonli, Pastdarg‘om tumanidagi 20- sonli, Samarqand tumanidagi 16- sonli, Ishtixon tumanidagi 41- sonli, Qo‘shrobod tumanidagi 62-sonli va Poyariq tumanidgi 8- sonli maktablarning kompyuter xonalari Tarmoqqa ulandi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top