Infocom.uz

Bosib o’tilgan yo’l bosqicHLARI….. Kelajak istiqbollari!

O’zbekiston telekommunikasion bozori rivojlanishi zamonaviy tendensiyalarini tahlil qilib birinchi navbatda tashkilotlar buyurtmachilari hamda jismoniy shaxslar tomonidan ma’lumotlar uzatish xizmatlariga talabning keskin o’sishini aytish kerak. “Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikasion texnologiyalarni tadyuiq etishni yanada rivojlantirish bo’yicha choralar haqida” №200 qarorni bajarish doirasida 2002 yil boshidan deyarli hamma ulkan idoralar ma’lumotlar uzatish shaxsiy hududiy taqsimlangan tarmoqlarini (SPD) yaratish bo’yicha ishlarni amalga oshirishga boshladilar. 2000 yilgacha operatorlar taklif etgan aloqa xizmatlari korporativ buyurtmachilar talablarini yetarlicha qondirmadi. Bu ma’lumotlar uzatish tezligini ta’minlash, foydalaniladigan protokollar, axborotlarni himoyalashni tashkil etish va umuman mijozlarga xizmat ko’rsatish darajasi, texnik xodimlarning tezda yordamga kelishlari, tariflar siyosatiga ham
Tegishlidir Korporativ tarmoqlar yaratishnii istagan buyurtmachilar qo’shimcha muammolarga duch keladilar bu tarmoqni jismoniy tashkil etish muammosi. Idoralar yoki AK “O’zbektelekom” kompaniyasidan aloqa magistral kanalini ijaraga olishga yoki o’z aloqa magistralini qurishga majbur edi.

Birinchi yo’l tezda o’zining samaradorligini ko’rsatdi, chunki analogli magistral kanallari dastlab telefon trafikani uzatishga mo’ljallangan va ular asosida yuqori tezlikdagi hamda yuqori ishonchlikka ega ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini tashkil etishga texnik tayyor emas edilar. Raqamli kanallar etishmasligi hududlarda juda katta va mahalliy aloqa korxonalari hamma yerda raqamli aloqa kanallarini ijaraga berishga tayyor emas edilar. Ikkinchi yo’l – shaxsiy magistral kanallarini qurishga hamma tashkilotlarning ham kuchi yetmas edi. Bu yo’lni tanlagan tashkilotlar deyarli aytib bo’lmaydigan o’zini qoplash muddati bilan juda katta mablag’lar sarflashga majbur bo’ldilar.
Respublika miqyosida shaxsiy kanallari infrastrukturasida har bir tashkilot tarmoq qurishi amaliyotidan umuman yangi – korporativ tarmoqni qurishga kafolat beradigan, ushbu yo’nalishda ixtisoslashgan ma’lumotlar uzatish operatorlarini jalb etishga o’tish telekommunikasiyalarni rivojlantirish ancha qulay strategiyasi hisoblanadi. Shu bilan birga tashkilotlar ta’minlovchi masalalarni hal etishga chalg’imasdan o’zlarining asosiy vazifalarini bajarish bilan shug’ullanadilar.”UzPAK” ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’i (MUMT) kabi ixtisoslashtirilgan tarmoqlar rivojlanib borgan sari bu prinsiplar mijozlar magistral klassdagi telekommunikasion uskunalarni sotib olish zaruriyatidan voz kecha oladigan va shaxsiy foydalanish xizmatlariga harajatlarni kamaytirishga imkon beradigan yuqori sifatli aloqa va xizmat ko’rsatish servisini taqdim etish servis darajasi katta rivojlanish tomoniga o’zgardi.

“UzPAK” ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’i korxonasi o’z vaqtida X.25 va X.400 xizmatlari ko’rsatish bilan ish boshlab va DPN-100 asosida qurilgan tarmoqqa tayanib bugungi kunda modernizasiya va qayta qurish jarayonini yakunlamoqda. Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’i SIM 1 va Ye1 magistral kanallari asosida qurildi va viloyat markazlarigacha Respublika butun hududini qoplaydi. Ikki yil ichida 200 dan ortiq ma’lumotlar uzatish uzellari ishga tushirildi, hamma viloyat markazlarida RadioEnthernet tarmog’i tashkil etildi.
O’zining hajmi, qo’llanilgan texnologiya va texnikasi, amalga oshirilish muddati va ma’lumotlar uzatish xizmatlarini rivojlantirish imkoniyati istiqbollari bilan bu loyiha O’zbekiston uchun juda noyob hisoblanadi.Loyihani amalga oshirish ma’lumotlar uzatish kompleks xizmatlari (Internet va elektron pochta, shu jumladan elektron hujjatlar almashish) ko’rsatishni Respublikasi hamma viloyat markazlari darajasigacha ta’minlash, telemedisina, teleta’lim, videokonferensiyalar va shu kabilar uchun sharoit bilan ta’minlashga imkon berdi, bundan tashqari ixtisoslashtirilgan global tarmoq, xususan bank tarmoqlari orqali ma’lumotlar uzatish xizmati ko’rsatishga ham imkon berdi. Ilg’or ishlab chiqaruvchilar uskunalaridan foydalanish tarmoqning ishonchliligi va sifatliligi ko’rsatkichlarini oshiradi, tarmoqdan foydalanish hamma bosqichlarida kafolatli texnik ta’minotni ta’minlaydi.

Asosiy uskunalar yetkazib beruvchi sifatida Nortel Networks kompaniyasi tanlandi. BLN/BCN markaziy marshrutizatorlari o’zining mahsuldorligi bo’yicha boshqa ishlab chiqaruvchilarning shunday modellaridan ustun turadi, uzilishlardan himoya qilishni va dinamik qayta konfigurasiyalashni kafolatlovchi apparatli va dasturli ta’minlashni to’la rezervlashtirishdan foydalanadi. Uzellarda o’rnatilgan va uzellarni yagona transport tarmog’iga birlashtirishni ta’minlovchi Passport marshrutlashtiruvchi konsentratorlari – hatto oddiy konfigurasiyada ham buzulmay ishlashi sohasida marshrutizatorlar namunasidir. Abonent uchun “oxirgi metrlar” muammosini yechish uchun hamma uzellarda o’rnatilgan ZyXEL (SHDSL, ADSL) DSL konsentratorlari ko’zda tutilgan, tarmoq holatini boshqarish va nazorat qilish maxsus dasturli kompleksi tadbiq etilgan.Oxirgi yillarda korxona Respublika bir qator vazirliklari va idoralari uchun shu jumladan O’zbek aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zR statistika bo’yicha davlat kommiteti, ko’plab xalqaro tashkilotlar uchun korporativ tarmoqlar bir qator ulkan loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Yana bir qator loyihalar texnik ishlab chiqish jarayonida. Idoralar tarmoqlarini rivojlantirish loyihalariga Respublika bir qator viloyatlari boshqaruv va hokimiyat organlarining rahbarlari qiziqishlari va har tomonlama qo’llab-quvvatlashlari juda ham quvonchlidir.

pic

Turli idoralarning viloyat hududiy boshqarmalari rahbarlari o’zlari tashabbus ko’rsatib viloyat-rayon markazi darajasija zamonaviy texnologiyalarni tadbiq eta boshlaydilar. Iqtisodchilar yangi texnologiyalarni tadbiq etishdan iqtisodiy samarani xali hisoblab chiqishlari kerak bo’ladi, ammo ushbu xizmatlar bozorida talabning o’sib borishi suratlari UzPAK Respublikada yangidan-yangi ulanish nuqtalarini yaratish, tarmoqni kengaytirish, tarmoqning ishonchliligi va xizmatlarni arzonlashtirish bo’yicha olib borayotgan ishlari o’z vaqtida va juda ham zarur ekanligini juda yaqqol ko’rsatadi.Ishlarning asosiy prinsiplaridan biri tarmoqni to’la va chuqur test sinovlaridan o’tkazib mijoz uni ishga qabul qilib olishi hisoblanadi.

Mijozlarning talab-ehtiyojlari kabi u yoki bu idora bajaradigan vazifalarning ham turlicha ekanligini hisobga olib korporativ tarmoqni yaratish, hatto ishlab chiqilgan texnologiya va sxemalar bir xil turda bo’lganida ham ulanish individual yondoshishni talab etadi. Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’ida bugungi kunda hatto eng murakkab loyihalarni amalga oshirish uchun ham imkoniyatlar bor. O’z tarmog’i qurilishi texnologiyasini va unda foydalaniladigan qo’shimchalarni tanlash – buyurtmachining ixtiyorida. Respublika bo’yicha korporativ tarmoqlar qurish to’plangan ijobiy tajribalari O’zbekiston telekommunikasiya xizmatlarini rivojlantirishda ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’i UzPAKni so’zsiz yetakchi bo’lishiga imkon beradi. Sifatli va ishonchli aloqa xizmatlariga talabning o’sib borishi mazmunida biznes oolib borish zamonaviy texnologiyalarini, shu jumladan elektron hujjat almashish va elektron to’lov sistemalarini hamma yerda tadbiq etish mazmunida – “UzPAK”ning kelajagi istiqbolli deb ishonch bilan aytish mumkin. Ma’lumotlar uzatish milliy tarmog’i Internet xizmatlari va ma’lumotlar uzatish xizmati rivojlanishi uchun bizning respublikamizda tayanch bo’lgan va bo’lib keladi deb ishonamiz.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top