Infocom.uz

Boysun-Denov aloqa liniyasida optik-tolali qurilish loyihasi bo‘yicha dastlabki kabel metrlari yotqizildi

Tadbirda O‘zAAA hududiy boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimiyati vakillari, hurmatli mehmonlar va oqsoqollar, shuningdek, «O‘zbektelekom» AK filiali «Transport Telekommunikatsiya Tarmog‘i», «Aloqa Invest» AJ, DUK «Aloqa Loyiha», «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi Surxondaryo filiali vakillari ishtirok etdilar.

Mazkur loyihaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida «O‘zbektelekom» AK bosh direktorining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev so‘zlab berdi. Jumladan u shunday dedi:

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 27-dekabr PQ-1668-sonli «O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil uchun investitsiyalar dasturi to‘g‘risida» gi Qaroriga muvofiq, «Boysun – Denov» optik-tolali aloqa liniyasi qurilishi obyekti «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining 2012-yil uchun Investitsiyalar dasturiga kiritilgan.

Surxondaryo viloyati Boysun va Denov tuman markazlari hududidagi optik-tolali aloqa liniyasi qurilishining umumiy uzunligi 94 km.ni tashkil etadi.

Mazkur obyekt qurilishini amalga oshirish, mamlakat viloyat va tuman markazlarini birlashtirish va jahon axborot muhitiga chiqishni ta’minlovchi, «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi transport telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirishning keyingi bosqichi bo‘lib hisoblanadi.

Mazkur loyiha obyektining qurilishi, birinchi navbatda, Boysun-Denov shaharlararo kabeli magistrali uchastkasida mavjud transport telekommunikatsiya tarmog‘ini rezervlash imkonini beradi. Bu bilan transport tarmog‘i va mamlakatimizning uzoq janubiy hududlari bilan aloqaning beto‘xtov ishlashi ta’minlanadi.

Boshqa tomondan, mazkur qurilayotgan obyekt Surxondaryo viloyati hududida transport tarmog‘ini o‘tkazish yo‘nalishini uzaytirish, shuningdek, mobil aloqasi va provayderlar, Internet qo‘shimcha transport resurslari va aloqa kanallariga o‘sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish imkonini beradi. Mavjud transport resursining mavjudligi mazkur hududda bir necha yuzlab Gbit/s.» tezlikda trafikni amalga oshirish imkonini beradi.

Hozirgi vaqtda loyiha infrastrukturasini yaratish va kabel yotqizishni boshlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati mahalliy relefi sharoitlarida qurilish ishlarini amalga oshirish murakkab jarayon ekanligini ta’kidlash o‘tish zarur. Mazkur murakkab qurilish ishlari «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi filiali “Telekom Invest” tomonidan amalga oshiriladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing: