Infocom.uz

BRIKS tashkilotiga a’zo mamlakatlar raqamli iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari

(ITIM ma’lumotlari asosida)

1. Raqamli iqtisodiyotning (RI) so‘nggi yillarda BRIKS tashkilotiga a’zo mamlakatlar yalpi ichki mahsulotiga qo‘shgan hissasi Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da 2 foiz va Rossiyada 4 foizdan, Hindistonda 6,9 foizgacha, Xitoyda 7,8 foizni shuningdek, Braziliyada 22% ni tashkil etadi. BRIKSga a’zo mamlakatlar birgalikda global axborot-kommunikatsiya texnologiyalari eksportining qariyb 30 foizini va global raqamli xizmatlar eksportining atigi 11 foizini tashkil qiladi.

2. BRIKS tashkiloti tarkibiga kiruvchi mamlakatlar nisbatan rivojlangan raqamli infratuzilmaga ega. Aholining qariyb 90% 3G/4G mobil tarmoqlari bilan qamrab olingan va hozirda 5G tarmoqlari keng tarqala boshladi.

2021-yil oxiriga kelib, Xitoyda 5G abonentlari soni 387 millionga yetdi va 2025 yilga kelib bu raqam 450 millionga oshishi kutilmoqda. Janubiy Afrika Respublikasida yetakchi telekommunikatsiya operatorlari hali 5G tarmog‘ini rivojlantirishning dastlabki bosqichida. Braziliya va Hindiston 2023 yil boshida 5G xizmatlarini kengaytirishni, Rossiya esa 5Gni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

3. Oxirgi 20 yil ichida BRIKS tashkiloti tarkibiga kiruvchi mamlakatlarda internetdan foydalanuvchilar soni keskin oshdi, Internetga ulanish sifati barqaror ravishda yaxshilandi. Biroq, BRIKSga a’zo mamlakatlarda mobil internet narxi hali ham jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori, shuningdek, ayollarning Internetdan foydalanish imkoniyatlarini ham yanada kengaytirish zarur.

Internetdan foydalanuvchi ayollar ko‘rsatkichining eng yuqori foizi Braziliya va Rossiyada (85%) bo‘lsa, undan keyin esa Xitoy 71% ko‘rsatkichga ega. Hindistonda ayollarning atigi 15 foizi Internetdan foydalanadilar.

4. Elektron tijorat raqamli iqtisodiyotning muhim segmenti bo‘lib, global onlayn chakana savdo 2019-yildagi 16% dan 2020-yilda 19% gacha o‘sdi.

BRIKS tashkiloti tarkibiga kiruvchi mamlakatlar yirik elektron tijorat bozorlariga ega boʻlsa-da, Internetdan foydalanuvchilar orasida onlayn xarid qiluvchilarning ulushi Hindiston va Janubiy Afrika Respublikasida 20 foizdan, Braziliya va Rossiyada 40 foizgacha, Xitoyda esa deyarli 80 foizni tashkil qiladi.

2021-yilda Xitoyda 1,37 trillion dollarni, Hindistonda 85,4 milliard dollarni, Rossiyada 42,6 milliard dollarni, Braziliyada 39,3 milliard dollarni va Janubiy Afrika Respublikasida 7,3 milliard dollarni tashkil etgan biznesning elektron tijorat segmenti sezilarli o‘sdi.

5. BRIKS tashkiloti tarkibiga kiruvchi mamlakatlar milliy va xalqaro elektron tijorat platformalarini yaratdilar va elektron tijorat pandemiyadan tiklanish davrida savdoning tez o‘sishini ta’minlashga hissa qo‘shdi. Xitoy dunyodagi eng yirik onlayn chakana savdo bozorlaridan biriga ega bo‘lib, 2020-yilda 1,8 trillion dollarga baholangan.

Xitoyning eng yirik elektron tijorat firmalari orasida Alibaba, JD.com va Pinduoduo 873 milliard dollarlik uyali aloqa tijorati bilan elektron savdo bozorida yetakchilik qiladi.

6. Ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari – ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va tarqatish orqali raqamli iqtisodiyotda asosiy rol o‘ynaydi. Biroq, dunyodagi ma’lumotlar markazlarining deyarli 80 foizi (4 714 ta) rivojlangan mamlakatlarda, asosan, Shimoliy Amerika va Yevropada joylashgan.

BRIKS tashkiloti tarkibiga kiruvchi mamlakatlardagi ma’lumotlar markazlari bozori mahalliy kompaniyalarning bozor ulushi ortib borayotgani sababli tez o‘sishi kutilmoqda.

Braziliyada maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari bozori 2026 yilga borib 2,6 milliard dollarga, Rossiyada 2,02 milliard dollarga, Xitoyda 36,2 milliard dollarga, Hindistonda 4,6 milliard dollargacha oʻsishi kutilmoqda.

7. Global raqamli to‘lovlar bozori 2021-yildagi 88,1 milliard dollardan 2026-yilda 180,2 milliard dollargacha o‘sishi kutilmoqda. BRIKSga a’zo mamlakatlarda smartfonlar va raqamli to‘lovlar odatdagidan tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda, BRIKS tarkibiga kiruvchi mamlakatlardagi uyali aloqa abonentlarining taxminan 85-98 foizi smartfonlardan foydalanadi.

2021-yilga kelib, Rossiya va Xitoyda 15 yoshdan oshganlarning deyarli 87 foizi raqamli toʻlovlarni amalga oshirgan yoki raqamli to‘lovlar orqali o‘z hisoblariga pul mablag‘larini olishgan. Raqamli to‘lovlarni amalga oshirish yoki ularni qabul qilib olishda Janubiy Afrika Respublikasida 81%, Braziliyada 77% va Hindistonda 35% ulush bilan Xitoyga nisbatan biroz pastroq ko‘rsatkichga ega bo‘lgan.

Braziliyada onlayn tranzaktsiyalarni bajarishda asosiy usullar kredit kartalari va raqamli to‘lovlar bo‘lsa, raqamli hamyonlar (QIWI, Yandex Money va Web Money kabilar) tobora ko‘proq foydalanilayotgan bir vaqtda Rossiyada hali ham mahsulotni yetkazib berishda naqd pul orqali hisob-kitob qilinmoqda. Hindistonda kartalar va naqd pul orqali yetkazib berish afzal ko‘rilgan usullardan hisoblanadi. Visa, Mastercard va American Express kartalari Hindistonda RuPay (ichki karta) kabi keng tanilgan va ko‘p foydalaniladigan kartalardandir. Xitoyda esa mahalliy raqamli hamyonlar (asosan WeChat Pay, Tenpay va Alipay) afzal ko‘rilgan onlayn toʻlov usuli boʻlib qolmoqda.

8. Kelgusi yillarda global sun’iy intellekt (AI) bozori tez sur’atlar bilan o‘sishi 2025-yilga kelib 126 milliard dollarga yetishi taxmin qilinmoqda. Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data)ning kengroq o‘zlashtirilishi 2027-yilga kelib 103 milliard dollargacha o‘sishi kutilmoqda.

BRIKSga a’zo mamlakatlaridagi yirik va kichik kompaniyalar ko‘plab an’anaviy tarmoqlarni, jumladan energetika, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va moliya sohalarini tubdan o‘zgartirishi kutilayotgan AI (sunʼiy intellekt) texnologiyalarini qo‘llashni boshlaydi.

Braziliya yalpi ichki mahsuloti 2030-yilga borib sunʼiy intellektni keng koʻlamda joriy etish natijasida 7,1 foizga oʻsishi mumkin.

Rossiya AI bozorining qiymati 2021-yilda 3,8 milliard dollarga baholandi, shuningdek, bozor o‘sish sur’ati 9,6 foizni tashkil etdi. 2020-yilda 168 ta AI startaplari va 480 ga yaqin sunʼiy intellektni rivojlantirish firmalari mavjud edi.

Sberbank 2024-yilgacha AIni (sunʼiy intellektni) rivojlantirish uchun 112 milliard rubl (1,96 milliard dollar) ajratdi. Celsius loyihasi doirasida COVID-19 tashxisi uchun AI texnologiyalaridan foydalanadi. Kaspersky Cybersecurity Lab yangi sun’iy intellekt yordamida xavfsizlik monitoringi tizimini ishlab chiqdi. 2019-yildan boshlab bir qancha AIdan (sun’iy intellektdan) foydalanuvchi yetakchi yirik firma va kompaniyalar, jumladan Yandex, MTS, Sberbank, Gazprom va Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasini o‘ziga qamrab olgan holda “Ixtiyoriy axloq kodeksi”ga qo‘shildi.

2025-yilga borib Hindistonning sunʼiy intellekt bozori 7,8 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. AI (sunʼiy intellekt) texnologiyalari va xizmatlarining asosiy isteʼmolchisi Hindiston chakana savdosi bo‘lsa, undan keyin ikkinchi oʻrinda  telekommunikatsiya va fintech (moliyaviy texnologiya kompaniyalari) hisoblanadi.9. 2025-yilgacha BRIKS tashkikloti tarkibiga a’zo mamlakatlar raqamli texnologiyalarning quyidagi sohalarida, masalan, raqamli tafovutni bartaraf etish (raqamli infratuzilma sohasida axborot almashinuvi, loyihalarni moliyalashtirish, kompyuter savodxonligi kabi yo‘nalishlar) sohasida, raqamli boshqaruv masalalarini muhokama qilishni osonlashtirish va yordam berish (xalqaro forumlarda), raqamli iqtisodiyotning o‘lchov me’zonlarini yaxshilash va takomillashtirish, xususiy sektor bilan hamkorlikni kengaytirish, yangi raqamli texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishda o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish ko‘zda tutilgan.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top