Matbuot anjumani anjumani ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi aloqa axborotlashtirish agentstligi bosh direktorining o‘rinbosari A.A.Xodjayev olqishladi. U O‘zAAA festivalni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda yordam berishini, domen Festivali
O‘zbekistonimiz uchun muhim hodisa hisoblanishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, Festivalni o‘tkazish bo‘yicha taklif bilan chiqqan tashabbuskorlan guruhiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
Festival tashkiliy qo‘mitasiga O‘zAAA barcha sohalarda yordam ko‘rsatishini, biroq agentlikning birorta O‘zAAA ham xodimi hakamlar hay’atiga kiritilmasligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Uning fikricha, festival hakamlar hay’atiga salohiyatli mustaqil mutaxassislar kiritilishi zarur. Davlat hokimiyati organlari saytlarni baholash jarayoniga aralashishlariga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidladi..
Festival tashkilotchilari nomidan UZINFOCOM markazi va infoCOM.UZ jurnalidan so’zga chiqdilar.
UZINFOCOM markazi direktorining birinchi o’rinbosari Ibrohim Jo’reyev o’z so’zida u xizmat qilayotgan tashkilot Internet milliy segmentini rivojlantirishga zoni UZ UZ zonasi domeni administratori sifatida bevosita katta qiziqish bilan qarashi to’g’risida so’zladi, UZINFOCOM markazi domen nomlarini ro’yxatga olishda va ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishda raqobat muhitini ta’minlashni choralarini amalga oshiradi. Uning fikricha, Internet- festivalini o’tkazishdan asosiy maqsad .UZ domenini rivojlantirishdan iborat. .UZ domenin Internet-resurslarini ommalashtirishdan iborat infoCOM.UZ jurnali tahrir hay’atining raisi A.A.Suchkov so’zga chiqib, Festivalning maqsad va vazifalari, tanlovlar qanday nominasiyalar asosida o’tkazilishi, mukofot va sovrinlar, ishtirokchilar huquqlari to’g’risida gapirdi. U Festival sayti ish boshlaganligini ma’lum qildi, kechaning o’zida ikki ishtirokchi arizasi- [url=http://www.beer.uz]www.beer.uz[/url] va [url=http://www.edoctor.uz]www.edoctor.uz[/url] bo’yicha ro’yxatga olinganligini ma’lum qildi. Tashkilotchilar festivalning qanday o’tkazilishi haqida batavsil so’zlab berganlaridan co’ng savol-javoblarga o’tildi.
Festival tashkiliy qo’mitasi va hakamlar hay’ati tarkibida kimlar b‘lishi, Veb-saytlarni baholash mezonlari, festival tanlovlarini o‘tkazish bo‘yicha masalalar qanday muhokama etilishiga oid savollar eng ko‘p berilgan savollarni tashkil etdi.
Hozirgi vaqtda tashkilotchilar hakamlar hay’ati tarkibi shakllanish bosqichida, 15 kishi hakamlar hay’atida ishlashga o’zining xohishini bildirdi. tashkiliy qo’mitasi ularning nomzodini tasdiqladi.
Bundan tashqari, tashkilotchilar hakamlar hay’ati tarkibiga barcha xohlovchilarga o’z nomzodlarini ko’rsatishlari taklifini e’lon qildi, chunki festival hakamlar hay’atiga eng salohiyatli mustaqil mutaxassislar kiritilishi zarur.
Saytlarni baholash mezonlarini muhokamasi bo’lib o’tdi va ishtirokchilarni festivalning u yoki bu nominasiyalari bo’yicha ajratish, yangi nominasiyalar va maxsus mukofotlar qo’shimcha qilinishi imkoniyatlari kabi masalalar muhokama etildi. Tashkilotchilar agar Festival maqsad va vazifalariga xizmat qilsa, har qanday o’zgarish va qo’shimchalar kiritilishi mumkinligini yana bir bor ta’kidladilar.
Matbuot anjumanidan so‘ng festivalning tashkiliy qo‘mitasi a’zolari, hakamlar hay’atiga nomzodlar, salohiyatli homiylardan iborat tashabbuskorlar guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi. Tashkiliy masalalarni batafsil muhokamasidan so‘ng hakamlar hay’atining birinchi yig‘ilishini 15 avgustdan kechiktirmay o‘tkazishga kelishib olindi.
Bu vaqtga qadar, infoCOM.UZ jurnali xodimlari a’zolaridan tashkil etilgan ekspert komissiyasi festivalda ishtirok etuvchi saytlarni yig‘ish, kelib tushgan arizalarni ro‘yxatga olish hamda hakamlar hay’ati ishi uchun axborot materiallarini tayyorlash kabi muhim ishlarni amalga oshiradilar.Ekspert guruhi hakamlar hay’ati o‘z faoliyatlarida zarur bo‘lgan tayyorgarlik va boshqaruv ishlari b o‘yicha ko‘rsatmalariga binoan ish yuritadi Bundan tashqari, ekspert guruhi [url=http://www.if.uz]www.if.uz[/url] sayti tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza berganlarni ishtirokchilar safida ro‘yxatga oladi. Ariza tushganidan boshlab ko‘pi bilan bir kun mobaynida ishtirokchilar ro‘yxatga olinadi Shunday qilib, festival tanlovida ishtirok etish uchun butun festival o’tkazilishi mobaynida faoliyat yurituvchi va UZ domenida qayd etilgan veb-saytlar (ishtirokchilar shaxsiy tarkibi festival hakamlar hay’ati tasdiqlaydigan bloglar va TJ dan tashqari) ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etishga taqdim etish hakamlar hay’ati a’zolari va saytlar egasi, har qanday xohlovchi tomonidan Internetda festivalning rasmiy [url=http://www.if.uz]www.if.uz[/url] veb-saytida e’lon qilingan qayd etish shakli bo’yicha amalga oshiriladi. Har bir ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan veb-saytlar soni cheklanmaydi. Veb-sayt egasi sababini tushuntirmay, tanlovda ishtirok etishdan o’z resursini olib tashlashni talab qilish huquqiga ega. Ariza buruvchi o’z taqdim etgan resursini ishtirok etish nominatsiyasini belgilaydi. Hakamlar hay’ati ariza beruvchining imkoniyatini kamaytiruvchi noto’g’ri baholash yoki yakuniy bahoga ta’sir ko’rsatishi aniqlangan taqdirda, veb-sayt ishtirok etadigan nominatsiyaga o’zgarish kiritishga taklif kiritish huquqiga ega.
Festivalning o’kazilishi to’g’risidagi masalalar bo’yicha Festival forumlari o‘tkazildi: [url=http://www.uforum.uz]www.uforum.uz[/url] и [url=http://www.itforum.uz]www.itforum.uz[/url] , alohida топикlar yaratildi.
Festivalning o’kazilishi to’g’risidagi masalalar bo’yicha e-mail: [email]if@infocom.uz[/email] yoki 171-10-80 telefoni orqali murojaat etishingiz mumkin.