Infocom.uz

Buxoroda UCG Beeline 2012 saralash turnirlari bo‘lib o‘tdi

FIFA 2011 o‘yini bo‘yicha turnirda 21 ta geymer ishtirok etdi.

Uchinchi o‘rinni Muhitdinov Suhrob egalladi, 24 iyunda “Buxoro Palas” mehmonxonasining katta zalida esa

Buxoro hududiy finalida birinchi va ikkinchi o‘rinlar uchun Bahriev Sulaymon va Shamsuddinov Shariflar bellashadilar.

Counter Strike 1.6 o‘yini bo‘yicha turnirda 24 ta jamoa ishtirok etidi.

Uchinchi o‘rinni Nabiyev Shahrom, Teshaev Alijon, Sanoev Akromjon, Abdullaev Ikromjon, Botirov Habib tarkibidagi Team BRK jamoasi egalladi.

Buxoro hududiy finalida birinchi va ikiinchi o‘rinlar uchun Sultonov Zafar, Sultonov Jamol, Rahmatov Shuhrat, Ashurov Zafar, Do‘sov Islom tarkibidagi The jamoasi va Muhsinov Bekzod (Sardor), Umitov Ulug‘bek, Sharipov Hislatilla, Yusupov Firdavs, Sultonov Akmal tarkibidagi United.UZB jamoasi bellashadilar.

24 iyunda “Buxoro Palas” mehmonxonasining katta zalida hududiy final bo‘lib o‘tadi, unda milliy finalga yo‘llanma olgan g‘oliblar aniqlanadi.

Chempionatning bosh homiysi – “Bilayn” hududiy saralash turnirlari uchun sovg‘alarni ta’sis qildi.

Eslatib o‘tamiz, chempionatda ishtirok etish mutlaqo bepul. O‘zbekistonning har bir fuqarosi chempionatda ishtirok etish uchun mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. Hududiy saralash turnirlarining o‘tkazilish manzili, sanasi, shuningdek ro‘yxatdan o‘tish tartibi bu yerda e’lon qilingan.

Samarqand, Farg‘ona, Qarshi, Nukus va Toshkentda hududiy saralash turnirlarini ro‘yxatga olish davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, chempionat tashkilotchilari Fond Forum, “Kelajak ovozi” YOTM, infoCOM.UZ jurnali bo‘ldi. O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi davlat ko‘magini ko‘rsatmoqda. Bosh homiy – “Bilayn”.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top