Infocom.uz

Carlsberg Uzbekistan kompaniyasi o‘zining rasmiy sayti ishga tushganligini ma’lum qildi

Ushbu sayt Carlsberg Group kompaniyasining platformasi asosida yaratilgan bo‘lib, u o‘z navbatida 2007- yil Daniyada 19 ta yetakchi korporativ saytlar orasida o‘tkazilgan tanlovda nufuzli mukofotni qo‘lga kiritgan edi. 1000 dan ortiq foydalanuvchilar har kunlik biznes nashr hisoblanuvchi «Borsen» tomonidan o‘tkazilgan on-layn so‘rovda saytning dizayni va foydalanishdagi qulayligi uchun ijobiy ovoz bergan edilar.

[url=http://www.carlsberguzbekistan.uz]www.carlsberguzbekistan.uz[/url] sayti. Yevropadan tashqaridagi amalga oshgan birinchi loyihalaridan hisoblanadi. Carlsberg Uzbekistan kompaniyasining korporativ aloqalar bo‘yicha direktori Farhod Niyazov: “Xalqaro Carlsberg guruhida kirish hamda o‘zining korporativ nomini o‘zgartirish bilan birga biz kompaniyaning virtual yuzi ham jahon standartlariga javob berishi lozim degan qarorga keldik. Ish sifati hamda bajarish muddati bizni to‘liq qanoatlantirdi. Bir qancha jihatlarni alohida ko‘rsatib o‘tishni istar edim – zamonaviylashtirilgan interfeys, doimiy yangilanadigan yangiliklar bazasi, kompaniya, uning tarixi va savdo belgilari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar. Bunda barcha ma’lumitlar uch tilda taqdim etilgan. Bizning rejalarimizda mintaqamiz uchun dadil hisoblangan bir nechta rejalar o‘rin olgan, yaqin kelajakda biz ularni amalga oshiramiz”.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top