Bir zumdalik raqamli Polaroid Z2300 fotokamerasi

Polaroid kompaniyasi o‘zining «Bir zumda» fotokameralari qatorini yangi Polaroid Z2300 modeli bilan to‘ldirdi. Ushbu fotokamera Nyu-York shahrida 2012 CEA Line Show ko‘rgazmasida taqdim etildi.

Beeline Uzbekistan Facebook-hamjamiyatining 50 000 dan ortiq do‘stlari bor

Yagona aloqa operatori “Bilayn” (Unitel MCHJ va Buzton QK) Beeline Uzbekistan Facebook-hamjamiyatiga 50 000-foydalanuvchi qo‘shilganligi haqida e’lon qiladi. Shunday qilib, Beeline Uzbekistanning “Odnoklassniki”, Facebook va Twitter saytlaridagi korporativ sahifasi muxlislarining umumiy soni 115 000 kishidan oshdi.

Point and Click Dictionary portativ lug‘ati

Qog‘ozli, jumladan, chet tillardagi kitoblar bilan ko‘p ishlashiga to‘g‘ri keladiganlar uchun Point and Click Dictionary portativ lug‘ati juda qulay bo‘lishi aniq. Umuman olganda, mazkur qurilma cho‘ntak skaneridan iborat, u surib chiqariladigan kamerasi yordamida u yoki bu so‘zni o‘qiydi va displeyda uning izohini yoki tarjimasini aks ettiradi.

Foydalanuvchilarni qog‘ozdan mahrum qiluvchi yangi virus aniqlandi

Symantec kompaniyasi «chiqindi» topshiriqlarni chop etishga yuboruvchi yangi chuvalchang aniqlanganligini xabar qildi. Kompaniya ushbu chuvalchangni W32.Printlove sifatida belgilaydi. Zararli kod 2010-yildayoq aniqlangan Microsoft Windows Print Spooler Service Remote Code Execution zaifligidan foydalanadi.

Diablo III kompyuter o‘yini haqiqiy o‘limga olib keldi

40 soat davomida virtual janglarni tasvirlovchi «go‘sht qiymalagich» o‘yinining yosh ishqibozlaridan biri olamdan bevaqt ko‘z yumdi. Bu hol o‘smir shaxsiy kompyuterda hack and slash RPG-janrida («go‘sht qiymalagich») eng ommaviy o‘yinlardan biri, Diablo III o‘yinini 40 soat davomida o‘ynagandan so‘ng yuz berdi.

Telefondan ko‘p foydalanish so‘lak ajralishini kuchaytiradi

Ehtimol, kuzatuvchan odamlar ba’zi mobil telefon egalarining so‘zlashayotganlarida og‘izlaridan so‘lak oqishini ko‘rgandirlar. Mazkur holat albatta, yoqimsiz. Biroq aniqlanishicha, bu tasodifiy holat emas ekan. Hindistonlik olimlarning yangi tadqiqotlariga muvofiq, mobil telefondan ko‘p foydalanadigan insonlarda faol so‘lak ajralishi kuzatiladi.

TEGwear: sport gadjetlari foydalanuvchilardan quvvat oladi

Zamonaviy inson faoliyatining deyarli barcha sohasida elektronikadan foydalanadi, bu holat sport bilan shug‘ullanadiganlarga ham taalluqli. Turli elektron gadjetlar barcha zarur ko‘rsatkichlarni, hattoki haqiqiy vaqt davomida ishlatiladigan kaloriyalargacha aniq aks ettiradi. TEGwear texnologiyalari loyihachilari inson ener-giyasidan quvvat oluvchi qurilmalar keyingi qadam bo‘lib qoladi deb ishonadilar.