Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida interfaol xizmatlar rivoji OAV diqqat markazida
Bugun O‘zbekiton milliy axborot agentligida Aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda UZINFOCOM markazi hamkorligida “Aholiga xizmat ko‘rsatish sohasida interfaol xizmatlar rivojlanishi” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, UZINFOCOM markazi mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Aloqa va axborotlashtirish sohasida 2012 yil birinchi yarim yillik yakunlari sarhisob qilindi
Shu yilning 20 iyul kuni O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligida O‘zAAA Hay’atining yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda 2012 yil birinchi yarim yilligida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yakunlari ko‘rib chiqildi.
Ta’lim jarayonida AKT va undan foydalanishda pedagog-mutaxassislarning vazifalari
Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish jarayonlarini jadallashtirish sharoitlarida o‘quvchilar bilan dars mashg‘ulotlarini raqamli vositalardan foydalanib, zamonaviy raqamli kommunikatsiya muhitida o‘tkazish katta samara beradi. Kichik yoshdagi o‘quvchilarni axborot va kommunikativ texnologiyalarga (AKT) o‘rgatish va ularni to‘g‘ri qo‘llash qobiliyatini boshlang‘ich umumta’lim bosqichidagi universal o‘quv faoliyatlari bilan uyg‘unlikda shakllantirish, uning samaradorligini ta’minlashning muhim elementi hisoblanadi.
Televideniyaning rivojlanish istiqbollari
Hozirgi davrda butun olamdagi deyarli barcha oilalarning ham maslahatgo‘yi, ham hamkori va do‘stiga aylanib ulgurgan televideniya sohasi zamon talablariga monand tobora rivojlanib, mukammallashib bormoqda. Televizoringiz chiroyli ko‘rsatsa ovozi jozibali bo‘lsa rohatlanasiz, asablaringiz dam oladi, ayniqsa, dunyodagi ajoyib tabiat manzaralari, mo‘jizakor maaskanlarini raqamli televideniya orqali tomosha qilsangiz, bilimingiz, dunyoqarashingiz kengayib, dilingiz orom oladi.
Buxoro viloyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari
Buxoro viloyatida axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlari soha bo‘yicha qabul qilingan Hukumat qarorlarining bajarilishini ta’minlash doirasida olib borilmoqda. Jumladan: internetdan foydalanuvchilar soni 513,4 mingtani tashkil etib, yil boshiga nisbatan bu ko‘rsatkich 108,4 foizga o‘sdi. Internet xizmatlaridan foydalanish ko‘rsatkichi o‘rtacha har 1000 nafar aholi soniga 302 ni tashkil etmoqda. Aholi yashash punktlarining 45tasida jamoaviy Internet xizmati ko‘rsatuvchi shaxobchalar tashkil etildi.
Raqamli eshittirish tarmog‘ini rivojlantirish
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki davrlaridan boshlab axborot sohasidagi islohotlar tadrijiy va tizimli ravishda olib borilmoqda. Natijada O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularni demokratik va liberal islohotlarning harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba to‘plandi.
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga
Qadrli do‘stlar!
Siz, hurmatli jurnalistlarni, nashriyot va matbaa, radio va televideniye vakillarini, muhtaram faxriylarimizni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yangi izlanishlar samarasi
Inson va tabiatning o‘zaro aloqadorligi masalasi qadimgi davrlardanoq o‘rganila boshlangan. Insoniyat taraqqiyoti davrlarida ham odam salomatligining tabiat hodisalariga bogliqligi olimlar e’tiborida bolgan. Inson doimo tabiat qo‘ynida, uning o‘zgarishlari maydonida hayot kechiradi va faoliyat yuritadi. Shu sabab tabiat va obi-havo o‘zgarishlarini o’rganish har doim dolzarb masala hisoblangan.
Erkin Vohidov asarlarining elеktron kutubxonasi
O‘zbеkiston Rеspublikasi Fanlar akadеmiyasining Asosiy kutubxonasida 2012-yil 26-aprеl kuni O‘zbеkiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Voxidovning Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkеnt Davlat madaniyat institutiga Rеspublikamizning turli viloyatlaridan kеlgan axborot rеsurs markazlari rahbarlari, yеtakchi mutaxassislari hamda institutning profеssor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.