Raqamli savodxonlik raqamli iqtisodiyot rivojlanishining negizidir

Jahon iqtisodiyoti ulkan, jadallashtirilgan raqamli transformatsiyani boshdan kechirmoqda, natijada yangi biznes modellari, innovatsiyon mahsulotlar va xizmatlar hamda biznes yuritishning juda xilma-xil usullari yaratilmoqda. Smartfon ilovalari internet iqtisodiyotining o‘sishini rag‘batlantirishda davom etmoqda. Tovar va xizmatlar onlayn platformalar orqali yetkazib berilmoqda. Iste’molchi sarf-xarajatlari tobora ko‘proq onlayn savdoga o‘tmoqda. Raqamli IT-yechimlar apparat o‘rnini egallab kelishi jadallik bilan o‘sib bormoqda. […]