Infocom.uz

Classmate PC maktab kompyuteri InfoCOM.UZ jurnali tahririyatida

Bu kompyuter axborotlar va Internet bilan ishlash bo’yicha asosi operasiyalarni bajara oladi, juda kam energiya sarflaydi va pulsiz tekin OC Linux asosida ishlay oladi. Qurilmaga qo’l bilan ishga solishga imkon beruvchi prujinali mexanizm o’rnatilgan. Bu elektr energiyasi bo’lmagan (yoki mavjud, lekin har doim emas) mamlakatlar uchun muhim. “Har bir bolaga – bitta noutbuk” loyihasini dunyoning yirik kompaniyalari qatoridan ko’plab ishlab chiqaruvchilar ma’qulladilar. Shu bilan birga 100 dollar turadigan qo’l bilan ishga solinadigan noutbuk loyihasidan tashqari boshqa muqobil loyihalar ham taklif etildi. Bu loyihalarda bolalar noutbukning narxi ikki va undan ortiq bo’ldi, biroq bolalar shaxsiy kompyuterlari Negroponte jamoasi ishlab chihhan va hozircha ommaviy sotuvga olib chiqilmagan namunaga qaraganda haqiqiy noutbuklarga o’xshab ketadi.

Bugungi kunda hech bo’lmaganda uchta nisbatan muvaffaqiyatli amalga oshirilgan bolalar kompyuteri loyihasi mavjud. Xususan, noutbuk loyihasining o’zi One Laptop Per Child assosiasiyasi bilan hamkorlikda MIT kompaniyasi ishlab chiqqan yuz dollar turadigan noutbuk loyihasi, Children’s Machine 1 (CM 1) loyihasi va Classmate PC loyihasi Quanta kompaniyasi zavodlarida ishlab chiqariladigan Children’s Machine 1 (CM 1) noutbukiga 400 MGs takt chastotasi, 128 Mb operativ xotira, 512 MB flesh-xotirasi bilan AMD Geode prosessori o’rnatiladi va Linux Fedora operasion tizimi maxsus versiyasi boshqaruvida ishlaydi. CM 1 da 1200×900 pikselllar zichligi va bir dyuymga 200 nuqta aniqlik bilan 7,5 dyuymli suyuq kristalli displey o’rnatiladi, bu ko’pchilik zamonaviy portativ kompyuterlarga qaraganda ancha yaxshi, yaratuvchilar CM 1 narxini yuz dollar chegarasila saqlab qola olmadilar – seriyali namunasi 140 AQSh dollari narxiga ega. Shunga qaramasdan Braziliya, Nigeriya, BAA va Tayland kabi mamlakatlar hukumatlari bir necha million CM 1 yetkazib berishga buyurtma berdilar.

Lekin baribir CM 1 ni to’laqonli noutbuk deb aytish qiyin.

Uchinchi va eng istiqbolli loyiha deb Intel korporasiyasi ilgari surgan Classmate PC (ilgari Eduwise kabi ma’lum bo’lgan) loyiha hisoblanadi. Classmate PC konsepsiyasi boy bo’lmagan iste’molchi uchun oddiy va eng keng tarqalgan dasturiy ta’minot bilan ishlaydigan arzon kompyuter zarurligiga asoslanad.

Ishchi holatidagi Classmate PC noutbuki 2006 yil kuzida taqdim etildi, uning ommaviy ishlab chiqarilishi esa 2007 yil 3-choragiga mo’ljallangan. Rasmiy manbalar ma’lumotlariga qaraganda Intel kompaniyasi bir necha Xitoy OEM-etkazib beruvchilari bilan 2007 yil III choragidayoq Xitoy bozorlariga Classmate PC arzon maktab kompyuterlarini yetkazib berish bo’yicha muzokaralar o’tkazgan. Ma’lumki, birinchi navbatda rivojlanayotgan mamlakatlar ta’lim tizimiga yetkazib berilishi ko’zda tutilgan mana shu arzon qurilmalarni Intel birinchi bor Meksika va Braziliyada shu yil mart oyi oxirlarida taqdim etgan.

pic

Sentyabr oyi oxirlarida O’zbekiston poytaxtiga Intel ning Rossiya va MDH boshqa davlatlaridagi bosh menejeri Dmitriy Konashning rasmiy tashrifi rejalashtirilgan. Ushbu tashrif davomida o’quv muassasalari uchun maxsus ishlab chiqilgan Classmate PC mobil kompyuteri taqdimoti bo’lib o’tadi.

Bizning tahririyatiizga mintaqamiz bo’yicha Intel vakolatxonasi tomonidan tanishish uchun Classmate PC namunasi taqdim etildi.

Umuman olganda bolalar noutbuki emas???

Haqiqiy noutbukdan qolishmaydi???

Yoqimli jajji Classmate PC jurnalimiz xodimlarida birinchi ko’rishlaridayoq yaxshi taassurot uyg’otganligi diqqatga sazovor. Xali operasion tizimito’la ishga tushishga ulgurmasdan barcha xodimlar (ayniqsa otalar va onalar) qaerda sotib olish mumkinligi va qancha turishini qiziqib so’ray boshladilar. To’g’risini aytish kerak bajarilishi sifati va dizayni hamda ko’plab texnik ko’rsatkichlari bo’yicha Classmate PC unchalik bolalar, maktab va ha tto arzon noutbuk emas, biroq Intel loyihasi bo’yicha u shunday hisoblanadi.
Konstruksiyasi bo’yicha Classmate PC – klassik subnoutbuk. Korpusi oq va kul rangli mustahkam plastikdan ishlangan. Moviyrang (yoki pushti) charm o’rnini bosuvchi materialdan g’ilof ko’rinishidagi ko’tarib yurish uchun tutgichi juda chiroyli va qulay bajarilgan. Ochib qo’yilgan holatida tutgichi taglik rolini ham bajaradi. Classmate PC zamonaviy, kiritilgan grafik kontrolleri bilan Intel 915GMS+ICH6-M chipseti asosida qurilgan. Prosessor sifatida 900 MGs takt chastotasi bilan va juda kam energiya sarflaydigan bir yadroli Celeron M ULV dan foydalaniladi. Operativ xotirasi hajmi 256 Mb ni tashkil etadi (DDRII256M SO-DIMM standart modullari). Noutbukda 800×480 zichlik bilan 7 dyuymli LCD-displeyi o’rnatilgan. Qattiq disk sifatida 2 Gb sig’imli flesh-xotiradan (NAND) foydalaniladi.

Bu faqat qurilmani arzonlashtirishga emas, balki noutbukning ishonchliligini oshirishga (silkinish va zarbalardan qo’rqmaydi) hamda avtonom ishlash vaqtini oshirishga imkon beradi. Bizga taqdim etilgan Classmate PC namunasida Windows XP Professional 2002 (Service Pack 2) operasion tizimio’rnatilgan, biroq ishlab chiqaruvchi OS Linux ham o’rnatilishi mumkinligini xabar qiladi.

Classmate PC ning kommunikasion imkoniyatlari xursand qiladi. Simli 10/100 Ethernet tarmoq adapteridan tashqari noutbukda WLAN 802.11 b/g simsiz adapteri ham o’rnatigan. Yonida chap va o’ng tomonlarida ikkita standart USB 2.0 portlari mavjud.
Classmate PC ixcham klaviaturasi noutbuklar uchun standart tugmalar to’plamiga ega va bolalar barmoqchalari uchun mo’ljallangan. Umuman olganda ushbu maqola hatto katta kishilar barmog’i bilan hech qanday qiyinchiliksiz mana shu klaviaturada terilgan? Kursorni harakatlantirish qurilmasi (sichqoncha) sifatida ikkita tugmalari bilan dumaloq shakldagi juda sezuvchan tachpeddan foydalaniladi.

Klaviatura yuqoridasida ancha baland tovushli stereo dinamika joylashgan. Chap yon tomonida mikrofon va quloqqa taqib eshitish qurilmasi ulash uchun raz’yomlar mavjud. Classmate PC da diskovodlar yo’q, shuning uchun ma’lumotlar almashtiriladigan vositalari sifatida faqat USB-flash drive qurilmasidan foydalanish mumkin.

pic

Standart noutbuklardan farqli ravishda tashqi monitor yoki televizorni ulash uchun portlar ham yo’q. Intel kompaniyasi ijodkorlari Classmate PC noutbukining asosiy vazifasi mobilligi, ishonchliligi va uzoq vaqt avtonom ishlashi hisoblanishini aytadilar. Ushbu “maktab” noutbuki kattaliklari 24,5 x 18,5x 4 sm ni, og’irligi – 1,45 kg ni tashkil qiladi. Umuman olganda A.S. Pushkinning bir kitobidek keladi. Noutbuk ancha tez ishlaydi, biroq flesh xotiraga murojaat etish oddiy vinchestedagidan ancha ko’p vaqtni oladi. Classmate PC ish paytida shovqin chiqarmaydi, biroq prosessor yuklanish paytida ba’zan baribr ventilyator ishlaydi. U issiqlik trubkasi va radiatordan haydaladigan issiq havoni korpus tashqarisiga chiqaradi.

Biz noutbukka kiritilgan WLAN 802.11 b/g Wi-Fi-adapteri ishini sinab ko’rdim. Sozlash hech qanday qiyinchiliklar keltirib chiqarmadi, adapter samarali ishladi, shu bilan birga hatto ulanish nuqtasidan turli qavatlarda ham yaxshi ishladi. Classmate PC ning mobilligini tekshirib ko’rish uchun biz Sharq Telekom YoAJ Wi-Fi simsiz tarmoq zonasida, Chorsu bozori, Toshkent sirki, Abdulla Qodiriy bog‘i va yangi “Bolalar uyi” atrofida aylanib yurdik.
Eslatib o’tamiz, ushbu tarmoq 2005 yil sentyabr oyidan faoliyatini boshlagan. Tarmoqqa ulanish bepul, shuning uchun biz osongina ulandik va uning butun ta’sir doirasida ishonchli aloqaga ega bo’ldik. Classmate PC ning avtonom ishlash vaqti ham tekshirib ko’rildi. Bizda displey doim ishlab turganida va turli ishlarni bajarishda noutbuk 3 soatdan ko’p ishladi. Classmate PC matrisasi juda yorqinligini, ko’rish burchagi uyda ham, yorug’ kunda ham mos keladi. Classmate Note Taker qurilmasi alohida ta’riflab o’tishga munosib, u simsiz raqamli radioruchkadan iborat bo’lib uning yordamida grafik axborotlarni kompyuterga kiritish mumkin. Klassik grafplanshetlar yoki ruchka-digitayzerlardan farqli ravishda Classmate Note Taker haqiqiy ruchka kabi yozadi va qog’oz varag’ini ushlab turuvchi rolini ham bir vaqtda bajaruvchi maxsus resiver orqali ruchkadan ma’lumotlar kompyuterga o’tkaziladi. Classmate PC ning o’zida rasmlar va matn bilan ishlashga imkon beruvchi maxsus qo’shimcha o’rnatilgan. Classmate Note Taker qurilmasi juda qulay va uni boshqarish oddiy. O’quvchilar uchun esa uning kompyuterda mavjudligi rasm chizish va ijodning boshqa turlariga o’rganishda juda foydali hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi Classmate Note Taker opsional, yetkazib berishini ko’rsatadi. Ya’ni uni qo’shimcha sotib olish kerak bo’lad.

Bizning test sinovlarimiz “o’quvchi” Classmate ko’pchilik qimmat bo’lmagan noutbuklar bilan bir xildagi, qoniqarli mahsuldorlikka ega ekanligini ko’rsatdi. Hech bir qiyinchiliksiz foto va videofayllar bilan ishlash uchun qo’shimchalar ishga solinadi. Hatto ba’zi zamonaviy 3D-o’yinlar ham o’ynash mumkin, biroq kiritilgan videokarta va ayniqsa qattiq disk o’rnini bosuvchi flesh-xotiraning mahsuldorligi albatta haqiqiy geyming uchun yetarli emas. Umuman olganda Classmate PC ni hech kim o’yin uchun kompyuter deb aytayotgani yo’q, lekin o’quvchi yoshlarning ishchi qurollari sifatida maktab, kollej yoki liseyda Classmate PC ning imkoniyatlari bemalol yetarlidir. Bizning fikrimizcha kiritilgan doimiy xotiraning 2 Gb sig’imi kamroq, biroq 4 G gacha sig’imli bo’lgan tashqi USB-flesh sotib olish mumkin, shunda ma’lumotlarni saqlash masalasida muammolar bo’lmaydi.

pic

Classmate PC dan umumiy taassurotlar eng ijobiy. Sifatli bajarilgan korpus, qulay klaviatura va tachped, ishonchli ishlaydigan Wi-Fi-adapter, uzoq vaqt avtonom ishlashi – Intel ning maktab mobil kompyuteri shu kabi ustunliklarini davom ettirish mumkin.
Agarda yetkazib berish to’plamiga Classmate Note Taker qurilmasini ham qo’shsak unda o’z farzandi uchun shunday noutbukni olib berishni xohlamaydigan ota-onalarni topish qiyin bo’lsa kerak.

Har bir bola unga qachon Classmate olib berishlarini bilishni istaydi

Classmate PC narxlari to’g’risida qisqacha ma’lumotlar berib o’tamiz. Ushbu noutbukning bahosi 100 dollar bo’lmasligi tushunarli hol. Avvaliga uning narxi 400 AQSh dollari atrofida bo’lishi xabar qilingan edi. Bugungi kunda u $250-225 dollargacha pasaydi. Intel uch million dona yetkazib berish bilan Classmate PC narxini 200 dollargacha pasaytirishni rejalashtiradi. Hatto 225 dollarga yaqin narxni olsak ham bu mana shunday yuksak sifatli komponentlari va yig’ilgan mahsuldor hamda foydali mobil kompyuter uchun arzon va munosib narxdir.endi bu ajoyib “o’quvchi” O’zbekiston bozorlarida paydo bo’lishini bilib olish qoldi. Hozirgi kunda O’zbekistonda sentyabr-oktyabr oylarida 1000 dan 2000 donagacha sonli Classmate PC birinchi partiyasini yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.

Barchasi bunday buyurtmani zavod-ishlab chiqaruvchi bajara olishiga bog’liq bo’ladi. Classmate PC noutbukini O’zbekiston o’quvchilari uchun sotib olishdan manfaatdorliklarini hukumat hamda tijorat tashkilotlari aytishga ulgurdilar.

Nima ham derdim, yaqin kunlarda O’zbekiston o’quvchilari va talabalari o’zlari uchun bemalol Classmate PC sotib oladilar deb ishonamiz. Test sinovlari va fotosessiya jarayonida O’zbekiston o’quvchilari ishtirok etganlarini aytib o’tamiz. Ulardan hech biri zarar ko’rmadi, agarda yangi o’quv yili arafasida Classmate PC dan ajralishni xohlamaganliklarini aytmaganda.

Jurnal tahririyati Classmate PC noutbukini test sinovlaridan o’tkazish uchun taqdim etgan Intel kompaniyasiga minnatdorchilik bildiradi.

pic

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top