Infocom.uz

“Dasturiy ta’minot sohasida mualliflik huquqlarini himoya qilishning aktual muammolari: qonunchilik va uni amalga oshirish mexanizmi”

Muhokama qilingan asosiy mavzular- dasturiy ta’minotga bo’lgan mualliflik huquqlarini himoya qilish huquqiy mexanizmiga tegishli va mazkur sohada qonunbuzarlikning oldini olishda samarali o’zaro tajriba almashish.

Davra suhbatida O’zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligining Bosh direktor o’rinbosari A.Xafizov ma’ruza qildi. Shuningdek, ma’ruzada O’zbekiston Respublikasining dasturiy ta’minot hamda dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilarning huquqlari sohasidagi normativ-huquqiy bazasi to’g’risida aytib o’tildi.
Davra suhbati davomida O’zbekiston qonunchiligida belgilangan dasturiy ta’minotga bo’lgan mualliflik huquqlarini himoya qilish mexanizmi davra qatnashchilarining katta qiziqishini uyg’otdi, mazkur sohada qonunchilikni takomillashtirish takliflari kiritildi.

pic

Dasturiy ta’minotga bo’lgan huquqning buzilishi bo’yicha umumiy yondashuvni ishlab chiqarish, dasturiy ta’minot sohasidagi buzilishlariga qarshi kurashishda umumiy mexanizmini ishlab chiqish, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ishini yengillashtirish uchun dasturiy mahsulotlarning yagona ma’lumotlar bazasini yaratish, davra suhbatining maqsadi bo’ldi.

Davra suhbatining natijalari umumlashtirib, tegishli ijro va qonunchilikni hukumat davlat organlariga ko’rib chiqilishi uchun beriladi. Olingan tajribadan huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari uchun o’qitiladigan dasturiy ta’minot sohasidagi buzilishlarga qarshi kurashishda seminarlarda foydalanish rejalashtirilgan.

O’zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi.

Tel. 1446055; [email]info@uzraap.uz[/email]

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top