Infocom.uz

Davlat boshqaruvida AKTni qo‘llashga bag‘ishlangan trening bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonni rivojlantirishda AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga ko‘maklashish” loyihasi (ICTP) hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyatdagi shahar va tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnomoligida barcha sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining yutuqlarini joriy etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Mazkur treningdan ko‘zlangan maqsad davlat idoralarida AKTdan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda xodimlarning bu boradagi bilimini oshirishdan iborat.

Treningda AKT sohasidagi axborot resurslari va xavfsizlik, AKTga oid qonunchilik, davlat interaktiv xizmatlarini rivojlantirish, shakllantirish va joriy qilishga oid me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatiga doir ma’ruzalar tinglandi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top