Infocom.uz

Davlat sektorida sun’iy intellektning qo‘llanilishi

Ushbu yuqori texnologik dunyoda jismoniy shaxslar, korxonalar va hukumatlar o‘z ish oqimlarini avtomatlashtirish va ortiqcha vazifalarni minimallashtirish uchun sun’iy intellektdan (AI) foydalanadilar.

2022-yilning iyun oyida, «Bloomberg» agentligi AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy va Kanada kabi turli davlatlar hukumatlarining sun’iy intellekt rivojlanishiga ajratilgan xarajatlari sezilarli darajada oshganini ma’lum qildi. Jumladan, AQSh hukumati 2020-yilda sun’iy intellektni rivojlantirish maqsadida 1 milliard dollardan ortiq mablag ajratdi. Shu bilan birga, 2021-yilning mart oyida Kanada hukumati o‘zining sun’iy intellekt tashabbuslarini ilgari surish uchun yarim milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishga va’da berdi.

Davlat sektori katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlaydi, shuning uchun SI samaradorlikni oshirish uchun asosiy omili hisoblanadi.

«Deloitte» soroviga kora, davlat xizmatchilarining vazifalarini avtomatlashtirilishi 96,7 milliondan 1,2 milliard ish soatini tejashga imkon beradi, bu esa har yili 3,3 milliarddan 41,1 milliard soatgacha tejashga olib kelishi mumkin.

Hukumatlar tomonidan sun’iy intellektdan foydalanishning asosiy holatlariga quyidagilar kiradi:

Transport oqimlarini tahlil qilish. Yo’l-transport hodisalari haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilishga va baxtsiz hodisalar ehtimoli yuqori bo’lgan joylarni aniqlashga yordam beradi. SI kelajakdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun qo‘shimcha yo‘l harakati xavfsizligi choralarini qo‘llashi ham mumkin. Davlat sektorida SI-dan foydalanish misollari: AQSh-dagi «Transportation State Assessment Capability» (TranSEC) va  «GRIDSMART».

Sogliqni saqlash xizmatlarini takomillashtirish. SI real vaqt rejimida bemorlarning sog‘lig‘ini kuzatish imkonini beradi. Shu jumladan: vazn, bo‘y, qondagi glyukoza, stress darajasi, yurak urish tezligini kuzatish va ushbu ma’lumotlarni sog‘liqni saqlash tizimlariga yetkazib berish, hamda shifokorlarning harqanday xavf haqida xabardor qilishi mumkin. Davlat sektorida SI-dan foydalanish misollari: Buyuk Britaniyadagi «NCCID», Avstraliyadagi «PHREDSS».Katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash. Kognitiv avtomatlashtirish asosida sun’iy intellekt tizimi, nutqni aniqlash, tarjima qilish va kompyuterlik ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lib, hukumat vazifalarini ko’rilmagan tezlik, miqyos va hajm bilan avtomatlashtirishi mumkin. Davlat sektorida SI-dan foydalanish misollari: OCR (Optik belgilarni aniqlash tizimi).


Chat-botlar yordamida hukumat vazifalarni avtomatlashtirish. Sun’iy intellekt chat-botlari amaldorlarning ishini samarali avtomatlashtirishi mumkin, bu esa ularga yanada murakkab vazifalarga e’tibor qaratish imkonini beradi. Chat-botlar fuqarolarga ko‘p tilli va keng qamrovli bilimlar bazasini taqdim etadilar, hamda ular keng miqyosda fuqarolarning fikr-mulohazalarini to‘playdilar. Davlat sektorida SI-dan foydalanish misollari: AQSh-dagi «SGT STAR» va «EMMA», Birlashgan Arab Amirliklaridagi RAMMAS.

Kiberhujumlarning oldini olish. SI yordamida hukumat o‘zini kiberhujumlardan va aholining muhim ma’lumotlarini himoya qilishi mumkin.

Siyosatni oqilona shakllantirish. Turli hil agentliklar va siyosatchilar sun’iy intellektdan foydalanib fuqarolarga yo‘naltirilgan oqilona siyosatlarni amalga oshirish uchun foydalanishlari mumkin. Sun’iy intellekt vositalari siyosatchilarga o‘z hududlari va saylovchilari bilan bog‘liq yuzaga keladigan muammolarni aniqlash imkonini beruvchi keng tarqalgan ma’lumotlar bo‘yicha ilg‘or tahlillarni taqdim etishi mumkin. Davlat sektorida SI-dan foydalanish misollari: Belgiyadagi Citizen Lab tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy intellektni kraudsorsing vositasi.

Keng kolamli infratuzilma monitoringi. Ko‘chmas mulk monitoringi va boshqaruvini avtomatlashtirish uchun hukumat sun’iy intellektdan foydalanish yordamida yer uchastkalarida noqonuniy qurilishlarni aniqlashga yordam beradi. Davlat sektorida SI-dan foydalanish misollari: Frantsiyaning Google bilan hamkorlikda Capgemini konsalting kompaniyasining dasturiy ta’minoti, Avstraliyaning NearMap kompaniyasi infratuzilmani kuzatish uchun sun’iy intellekt vositasi.

Ozbekiston Respublikasining davlat sektorida sun’iy intellekt texnologiyalarining qo’llanilishi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sun’iy Intellekt Texnologiyalarini Jadal Joriy Etish Uchun Shart-sharoitlar Yaratish Chora-tadbirlari To‘g‘risida»  2021-yilda tasdiqlangan bo‘lib, uning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: sun’iy intellektni rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish; me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish; sun’iy intellekt texnologiyalaridan keng foydalanish; innovatsion ishlanmalarning mahalliy ekosistemasini yaratish; dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari uchun sharoit yaratish; sun’iy intellekt sohasidagi ilmiy ishlar va ishlanmalarning investitsiyaviy jozibadorligini shakllantirish; mahalliy korxonalar va mutaxassislarning sun’iy intellekt sohasidagi axborot resurslari va vakolatlariga kirishini ta’minlash; zarur ta’lim muhitini rivojlantirish; sun’iy intellekt va uni qo‘llash texnologiyalari sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish[1].

Pilot loyihalarni amalga oshirish jarayonida quyidagilar ham tashkil etildi va tasdiqlandi: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi huzuridagi «Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti»; O‘zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalar Vazirligi Markaziy Apparati tarkibida «Sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish departamenti»; «Sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma alyans».

2021-yilda Ozbekiston Resbunlikasining Axborot Tehnologiyalari va Kummunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi (hozirgi Raqamli Texnologiyalar vazirligi), «Alokabank» va «O‘zbekiston Respublikasining Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki», Rossiyaning «Сбер» (Сбербанк) guruhi bilan SI texnologiyalarini, xususan, ovozli biometrikani joriy etish bo‘yicha hamkorlikka kirishdi, bu esa bank mijozlariga biometrik identifikatsiya (Face-ID) asosida call-markazlar orqali masofadan turib xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Shuningdek, SI texnologiyalaridan kredit xatarlarini va bank xizmatlarini sifatini tahlil qilish uchun foydalanish rejalashtirilgan.

Keyinchalik, 2022-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun amaldagi identifikatsiya tizimi va vositalariga qo‘shimcha ravishda Mobile-ID jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish tizimi joriy etildi.

Shu yilning o’zida respublikaning 15 ta oliy oquv yurtida SI-ni iqtisodiyot tarmoqlarida va sektorlarida, shuningdek, davlat boshqaruvida amaliy qollash boyicha kurslar va fanlar joriy etildi. Respublikaning yirik oliy o‘quv yurtlarida «Sun’iy intellekt» yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash jarayoni boshlandi.

2023-yilda O‘zbekiston Respunlikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi» va Birlashgan Arab Amirliklarining «G42» (Presight) kompaniyasi o‘rtasida sun’iy intellektni raqamlashtirish va joriy etish sohasidagi hamkorlikka qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, O‘zbekistonda tashkilotlar va shaxslarning moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’sirini, manfaatlar to‘qnashuvini, jinoiy daromadlarni legallashtirishni va davlat xaridlari sohasidagi qonununiy hujjatlarini buzishni oldini olish uchun elektron platformalar yaratilishi suhbatlandi. Hozirda, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu turdagi maxsus dasturlarni keng joriy etish bilan shug‘ullanmoqda. Ular orasida davlat organlarining korruptsiyaga qarshi faoliyatini baholaydigan «e-antibody» resursi va sun’iy intellekt yordamida ijtimoiy tarmoqlarni monitoring qilish imkonini beruvchi platforma mavjud.


Manbalar: 1 2 3

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top