Infocom.uz

Davriy nashrlarga 2010 yilgi obuna boshlandi

Tadbir davomida “Matbuot tarqatuvchi” AK va “O’zbekiston pochtasi” OAJ rahbarlari 2009 yil 20 iyulidan “Matbuot tarqatuvchi” AK ning barcha kiosklari va “O’zbekiston pochtasi” OAJ ning pochta aloqa bo’limlari va obunani qabul qilish shohobchalarida davriy nashrlar 2010 yil Obuna kampaniyasi boshlanishini ma’lum qildilar.

2010 yil obuna kampaniyasini o’tkazish “Matbuot tarqatuvchi” AK va “O’zbekiston pochtasi” OAJ ning turli nomdagi gazeta va jurnallar kiritilgan kataloglari asosida amalga oshiriladi. Obuna kataloglarida foydalanuvchilar e’tiboriga 400 dan ortiq nomdagi gazeta va jurnallar, tarix va madaniyat masalalariga bag’ishlangan turli tematik yo’nalishdagi kitoblar, hamda soliq solish va buxgalteriya bo’yicha qo’llanmalar taqdim etiladi. Rossiya vaqtli matbuot nashrlariga obuna alohida obuna katalogi asosida qabul qilinadi.

03006

2010 yil obuna kampaniyasining o’ziga xosligi matubot nashrlarni markazlashgan tarzda tarqatish, ekspeditsiya etish va viloyatlarga yetkazib berish tariflari o’tgan yil miqdorida saqlab qolindi.

Kataloglarda ijtimoiy ahamiyatga molik respublika gazetalari va bolalar davriy nashrlariga imtiyozlar qo’llanilgan. Tushirilgan narxlarda obuna bo’lish vaqtli matbuot nashrlarini yetkazib berishni ko’zda tutmaydi, ularni “Matbuot” kiosklari, shuningdek pochta aloqasi bo’limlari abonent qutilari hamda so’rab olish orqali olish mumkin.

Bundan tashqari faol obunachilar va jamoatchilik asosida davriy nashriyot tarqatuvchilarni rag’batlantirish tizimi ishlab chiqilgan. Unga asosan ularni o’zlari tuzgan obuna shartnomasi summasidan 3%gacha moddiy rag’batlantirish ko’zda tutilgan.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top