Infocom.uz

Denis Kotlyarenko “Bilayn”ning Texnik direktori bo‘ldi

“Denis Vimpelcom Ltd. bo‘lgan turli mamlakatlarda “Bilayn” biznesining rivoji uchun katta hissa qo‘shgan, – voqeani sharhlaydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – 3G tarmog‘i kundalik hayotning bir qismiga aylangan, texnologiyalar yuqori tezlikda rivojlanayotgan va biz 4G ni tatbiq qilish ostonasida turgan hozirgi paytda yangi Texnik direktorning katta tajribasi bizga juda asqotadi”.

“Dinamik rivojlanib borayotgan tarmoqni kuchli raqobat hamda Internet texnologiyalarning shiddatli sur’atlarda o‘sib borayotgan sharoitlarda boshqarish – jiddiy taklif va men katta ishtiyoq bilan O‘zbekistonda faoliyat boshlayman. O‘tgan yili start olgan 3G tarmoqlarining faol yo‘lga qo‘yilishi davom etmoqda va biz mobil Internetning yangi sifat darajasini ta’minlovchi LTEning birinchi tarmog‘ini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ish boshladik”, – qayd qildi Denis Kotlyarenko.

Denis Kotlyarenko 1970 yilda Leningradda tug‘ilgan. 1992 yilda Leningrad elektrotexnik aloqa institutining radiotexnika fakultetini tamomlagan. Keyin u deyarli 9 yil jahonning eng yirik kommunikatsion uskunalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri LUCENT TEChNOLOGIES (Rossiya)da texnik qo‘llab quvvatlash muhandisi lavozimida ishlagan. U ishtirok etgan loyihalar ichiga – Rossiyaning ilk CDMA-tarmog‘ini ishga tushirishda muammaolarni oldini olish, shuningdek RF hududlarida AMPS tarmoqlarini ishga tushirish kiradi.

2002 yilda Denis “Bilayn”da Sankt-Peterburg filialining Ekspluatatsiya bo‘yicha texnik direktorining o‘rinbosari lavozimida o‘z faoliyatini boshladi. 2005 yilda NOKIA SIEMENS NETWORKS (Rossiya)da Texnik qo‘llab-quvvatlash Katta menejeri lavozimiga o‘tdi, 2008 yilda esa “VimpelKom”ga GTel Mobile (Vetnamda “Bilayn”) Tarmog‘ini boshqarish bo‘yicha direktor bo‘lib qaytib keldi.

Vetnamdagi faoliyat davomida Denisning rahbarligi ostida GTel Mobile uyali qo‘zg‘aluvchan aloqaning tayanch tarmog‘ini rejalashtirish va joriy qilish hamda Comverse One uskunasini mavjud tarmoqqa integratsiya qilish kabi loyihalar muvaffaqiyatli yakunlandi.

Denis ingliz tilida erkin gaplasha oladi. Bo‘sh vaqtlarida suratga olish bilan shug‘ullanadi. Oilali, bitta qizi bor.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top