Infocom.uz

DUGONAJONLAR SIRLI OLAMI

Ushbu sahifada xotin-qizlarning kundalik hayotida kompyuter va Internet texnologiyalarining o‘rni, ularning imkoniyatlaridan: ta’limiy, kasbiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish va maishiy maqsadlarda foydalanish tajribalari haqida bilib olishingiz mumkin. Go‘zal xotin-qizlarimizning zamonaviy texnologiyalar olamini zabt etishdagi muvaffaqiyatlari yoki muammolari haqida ham ma’lumotlar berib borishni rejalashtirganmiz. Xotin-qizlarga bag‘ishlangan qiziqarli manbalar va imkoniyatlar bilan ham tanishtirib boramiz. Ushbu sahifa xotin-qizlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish yo‘lida dadil qadam tashlashiga yordam beradi, degan umiddamiz. Shuni ham ta’kidlashni istardikki, agar ayol kishiga yaxshi e’tibor berilsa, u hayotda albatta, ajoyib muvaffaqiyatlarga erishadi. Ayol qalbining o‘zi ajib bir olamdir, bu olamga yo‘l topa olganlar doimo muvaffaqiyatga erishadilar.

Dastlabki sahifamiz mehmonlari – O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Farida Shorahimovna Akbarova, Toshkent shahar 300- o‘rta umumta’lim maktabining ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi Nigora Umarova hamda Namangan shahar 34-o‘rta umumta’lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Marina Pankratovalardir.

Ushbu sahifa barchada qiziqish uyg‘otishi va o‘z tajriba hamda muvaffaqiyatlari borasida biz bilan o‘rtoqlashish istagi tug‘ilishiga umid qilamiz.

Taklif va istak hamda qiziqarli materiallaringizni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: [email]srakhmankulova@uzsci.net[/email]

Zamon bilan hamnafas

Jamiyatimiz yildan-yilga rivojlanish va taraqqiyotning qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Mamlakatimizda ijtimoiy hayot va turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan keng qamrovli hamda davomli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Ayolni e’zozlash va unga zarur hayotiy shart-sharoitlar yaratish masalasi doimiy ravishda davlatimiz e’tiborida bo‘lib kelmoqda. Respublika hukumati va yurtboshimiz tomonidan xotin-qizlar manfaatlariga oid masalalarga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004 yil 25 maydagi “O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va hayotga tatbiq etish maqsadida, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, davlat tuzilmalaridagi siyosiy faolligi, nodavlat-notijorat tashkilotlar bilan hamkorligi bo‘yicha xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan aniq vazifalar bajarilayotganligi katta ahamiyatga molikdir.

Bugungi kunda xotin-qizlarning kundalik hayotida kompyuter va Internet imkoniyatlaridan kengroq foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilayotganligi o‘ziga xos ahamiyatga ega ekangligini inobatga olib, joriy yilning mart oyida O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, Kamolot O‘zbekiston yoshlar ijtimoiy harakati, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, “infoCOM.Uz”, BMT rivojlanish loyihasining “O‘zbekistonda Internet texnologiyalarini rivojlantirish va ularni yoyish uchun potensial yaratish”, “O‘zbekiston Hukumatiga mamlakat rivojlanishi uchun AKT siyosatini shakllantirish va joriy etishda ko‘mak” va “Uzbekistan Development Gateway” loyihalari birgalikdagi tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Ayollar Internet festivali” juda katta qiziqish bilan kutib olindi.

“Ayollar Internet festivali”da ishtirok etish istagini bildirgan 200 nafardan ziyod ishtirokchilar orasida: o‘qituvchilar, talabalar, tibbiyot xodimlari, uy bekalari, turli korxona va tashkilotlarning kompyuter bo‘yicha mutaxassislari, hattoki buvijonlar ham bor ekanligi bizning asosiy yutug‘imiz bo‘ldi.

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy maqsadi shuki, Internet va kompyuterning keng imkoniyatlari va xususiyatlarini ayollar o‘rtasida targ‘ib qilish, axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishda xotin-qizlar malakasini oshirish, iqtidorlilarni izlab topish, xotin-qizlar tomonidan milliy tillarda ishlab chiqarilgan veb-saytlar va elektron resurslarini ommalashtirishdan iboratdir.

Bugun yurtimizning har qanday nuqtasidan Internetga ulangan xotin-qizlar o‘zini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha dunyoning turli yurt va mintaqalaridagi rang-barang mavzulardan bahramand bo‘la oladilar. Kompyuter va Internet bugungi O‘zbekiston ayoli hayotida muhim o‘rin tutib, zarur damlarda yaqin yordamchi, beminnat dastyor bo‘lib bormoqda.

Demak, xotin-qizlarning axborot kommunikatsiya texnologiyalari olamining ilg‘or vakili ekanligi, nafaqat uning o‘zi, balki oiladagi, jamiyatdagi taraqqiyot omilini ham belgilaydi. Bu esa kelajagi buyuk O‘zbekistonning taraqqiyoti, istiqboli- ishbilarmonlar, ziyolilar, zamon bilan hamnafas ayollar bilan ham asosli ekanligini namoyon etadi.

Farida Akbarova
O‘zbekiston xotin-qizlar
qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

Nigora Umarova, [url=http://zulfiya]http://zulfiya[/url] edunet.uz/ sayt muallifi, Xotin-qizlar Internet festivali go‘libi.

pic

Nigora Umarova 1978 yil 4 yanvarda Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi – Umarov Ahmadjon “Sardor” fermer xo‘jaligi rahbari. Onasi – Umarova Xosiyat uy bekasi. 1994 yilda Toshkent shahar Mirobod tumanidagi Mahmudho‘ja Behbudiy nomli 125-o‘rta umumta’lim maktabini, 1996 yilda 1-sonli Toshkent pedagogika bilim yurtini, 2003 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining filologiya fakultetini tugatgan, shu bilan birga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti magistratura bo‘limining o‘zbek tili yo‘nalishini tugatgan.

Bugungi kunda Toshkent shahar Sirg‘ali tumanidagi 300-o‘rta umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot fanidan dars berib kelmoqda.

Mumtoz adabiyot namoyondalari, Jahon adabiyoti vakillari va barcha hozirgi zamon o‘zbek adabiyoti vakillarining asarlarini sevib mutolaa qilishni yoqtiradi. Hayotdagi asosiy shiori – insonlarga faqat yaxshilik qilish, ilm-ma’rifat nuridan bahra olib, boshqalarga ham ziyo tarqatish.

Ustozlaridan Zaynab Odilova, O‘lmas Hoshimova, Omonilla Madayev, Mazluma Asqarovalarga havas qilib ularga o‘xshashga harakat qiladi. Inson o‘z oldiga asosiy maqsadni qo‘yib, yonib yashamog‘i darkor. Shu tufayli ham o‘qituvchilik kasbini egallagan bo‘lsa kerak, chunki o‘qituvchilarining har bir so‘zlari uni o‘ziga rom etib, sehrli olamiga tortar edi. O‘qituvchi -ustozlariga o‘xshab saboq berishga harakat qiladi. 2004 yilning avgust oylarida UNDP “School Goes Digital” loyihasi doirasida Sergeli tumanida tashkil etilgan “Kompyuter-axborot texnologiyalarini ta’lim tizimiga joriy etish kursi” da saboq olgan.

Kelajakda O‘zbekiston maktablarida kompyuter tizimini rivojlantirish ishlarida ishtirok etishni, o‘zbek tili bo‘yicha media- darslar ishlanmalarini va elektron darsliklar yaratishni- o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Bundan tashqari, hozir ayol.edunet.uz va utkir.edunet.uz saytlarini ham tuzib chiqqan.

Zulfiyaxonim haqidagi sayt yaratishingizga nima sabab bo‘ldi? – degan savolimizga u quyidagicha javob berdi:

“-Sayt yaratishdan oldin “Zulfiya-nafis kechinmalar kuychisi” mavzusida 7-sinflarda hamda 6-sinflarda media-darslar o‘tgandim. Qilgan ishlarim shunday qolib ketmasligini xohlab nima ish qilishim lozimligi, bu ishlarni qanday ommalashtirish mumkinligini so‘rab koordinatorimiz Liliya Nikolenkoga murojaat qilganimda, u menga sayt yaratishni taklif qildi. Shundan so‘ng, sayt yaratish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordim.”

Ushbu saytni yaratish jarayonida qanday Internet manbalari yoki boshqa manbalardan foydalandingiz?

“-Zulfiyaning hayoti va ijodi bo‘yicha dars o‘tish jarayonida Internetdan manba qidirdim, biroq [url=http://www.literature.uz]www.literature.uz[/url] da yozilgan ma’lumotdan tashqari, ma’lumot topa olmadim, shundan so‘ng o‘zim kutubxonalardan ma’lumotlarni topib, XX asr o‘zbek adabiyoti bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan va Nizomiy nomidagi TDPU da faoliyat olib borayotgan adabiyotshunos olimlar: Asil Rashidov, Hakimjon Karimovlardan maslahat so‘radim. Mashhura Sultonovaning Zulfiyaning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ilmiy ishlari bilan tanishdim. Kutubxonada Zulfiyaxonim haqidagi maqolalar, shoira bilan birga xizmat qilgan safdoshlari va shogirdlarining xotiralari bilan ham tanishib chiqdim.

Zulfiyaxonim nomidagi Davlat mukofoti haqidagi ma’lumotlarni olishda esa Toshkent shahar Sirg‘ali tumanidagi xotin-qizlar qo‘mitasi raisasi Rahimjonova Dilorom Eshboyevna yordam berdilar. Ma’lumotlarni to‘plab, umumlashtirib, saytning texnik jihatlarini ishlab chiqishga oid adabiyotlarni o‘qidim. Sayt yaratishda, shunga amin bo‘ldimki, har bir inson biror-bir ishni qilishdan avval, o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ya bilishi, shundan kelib chiqqan holda, natijani ham oldindan ko‘ra olmog‘i hamda bu ishni qilishga qodirman, degan kuchli ishonchga ega bo‘lishi darkor ekan.

Bundan bir necha yil oldin kompyuterdan foydalana bilish – men uchun orzu edi, xolos. Kompyuterdan hamda Internetdan foydalanuvchilarga havas qilardim va kompyuterda ishlashni albatta o‘rganaman, degan maqsadni o‘z oldimga qo‘ygan edim.”

Sayt Siz va boshqa barcha foydalanuvchilar uchun qanday foyda keltirishi mumkin?
“2004 yil 3 may kuni hech qachon yodimdan chiqmasa kerak. Chunki bu kun birinchi saytim [url=http://zulfiya.edunet.uz]http://zulfiya.edunet.uz[/url] dunyo yuzini ko‘rdi. Bugungi kunda saytdan nafaqat ona tili va adabiyot fanlari o‘qituvchilari, o‘quvchilar, balki barcha adabiyot ixlosmandlari, talabalar keng foydalanmoqdalar. Buni mehmonxona sahifasidagi fikr-mulohazalardan ham bilib olish mumkin.

Bugungi kunda kompyuter va Internetdan yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o‘tish usullarini o‘rganish uchun manba qidirish maqsadida foydalanmoqdaman. Kelajakda ona tili va adabiyot fanlaridan media-darslarni o‘tish metodikasini ishlab chiqib, elektron darslik yaratmoqchiman.”

Yaqinlaringiz kompyuter hamda Internet imkoniyatlarini o‘rganishda sizga yaqindan yordam beradilarmi?

“-Ha, albatta, ular kompyuter hamda Internet imkoniyatlarini o‘rganishimni qo‘llab-quvvatlashmaganida hozirgi kunda egallagan natijalarimga erisha olmasdim. Dadam hamda oyijonimning fikrimga, aniq maqsadga qaratilgan harakatlarimga to‘sqinlik qilmasliklari – ularning menga bergan eng katta ruhiy madadlari bo‘ldi. Buning uchun men ulardan bag‘oyat minnatdorman.”

Kompyuter va internetdan foydalanishda yana qanday bilim va malakalarni egallashni xohlardingiz?

“-Kelajakda kompyuter va internetdan foydalanishni dasturlovchi sifatida o‘rganmoqchiman. Ingliz tilini mukammal bilmoqchiman. Sababi tillarni bilish, AKT sohasidagi bilimlarni yaxshi egallashda muhim o‘rin tutadi deb o‘ylayman. Kelajakda albatta, maqsadlarimga erishaman.”

Foydali va qiziqarli sahifalar

pic

[url=http://www.connect.uz/e-lib/resources/res_1088_AII_1.rar]http://www.connect.uz/e-lib/resources/res_1088_AII_1.rar[/url] – “Kasb faoliyatda kompyuter va Internetdan foydalanish” mavzusidagi Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti 3 kurs talabasi Nogoraxon Badalbayevaning flesh taqdimoti. Ushbu taqdimotda kompyuter va Internetdan foydalanish usullari berilgan.

[url=http://www.connect.uz/e-lib/resources/res_1087_AII_2.rar]http://www.connect.uz/e-lib/resources/res_1087_AII_2.rar[/url] –

– “Kasperskiy antivirus dasturi” mavzusidagi Andijon muhandislik iqtisodiyot instituti 1-kurs talabalari Nodira Abdurahmonova va Shohida Madaminovalarning flesh taqdimoti. Ushbu taqdimot yordamida dasturning maqsadi va vazifalari bilan tanishish mumkin.
[url=http://www.connect.uz/e-lib/resources/res_1089_AII_3.rar]http://www.connect.uz/e-lib/resources/res_1089_AII_3.rar[/url]

– “Komputer viruslari va ularning turlari” mavzusidagi Andijon muhandislik iqtisodiyoti instituti 3 kurs talabasi Sevara Akbarovaning flesh taqdimoti. Ushbu taqdimot yordamida komputer viruslari tushunchasi va ularning turlari bilan tanishish mumkin.

[url=http://yulduz.uz/]http://yulduz.uz/[/url] – Yulduz Usmonova sahifasi. Ushbu sahifada san’atkorning musiqa yangiliklari, fotogalereya, albomlar ro‘yxati va qo‘shiqlar matnlari berilgan. Saytning muloqat bo‘limida san’atkor bilan muloqat qilishingiz mumkin.

pic

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top