Infocom.uz

Elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazi ro’yxatdan o’tganligi haqida guvohnoma topshirildi

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazi ro’yxatga olish organi tomonidan “Tillo-garant” (WebMoney Uzbekistan) mas’uliyati cheklangan jamiyati elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazining Davlat ro’yxatidan o’tganligi haqidagi guvohnomani topshirdi.

WebMoney Uzbekistan Elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazi yopiq va ochiq elektron raqamli imzoni tayyorlash, elektron raqamli imzo sertifikatlarining elektron xujjat va qog’oz shaklidagi xujjatlarini topshirish, elektron raqamli imzoning elektron xujjatlarda va boshqalarda haqiqiyligini tasdiqlash kabi pullik xizmatni ko’rsatadi.

Bugungi kunda Respublikamizda to’rtta mana shunday elektron raqamli imzo kalitlarini ro’yxatga olish markazlari faoliyat yuritmoqda. Bular O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi, Davlat soliq qo’mitasining yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi, “Multisoft Solutions” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Tillo-garant” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisoblanadi. Elektron raqamli imzoning kalitlari va sertifikatlarining 30 mingga yaqini topshirilgan.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top