Infocom.uz

Elektron tijorat O‘zbekistonda

So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyotning drayver yo‘nalishlaridan biriga aylanib kelayotgan elektron tijoratda O‘zbekistonda ham o‘ziga xos natijalarga erishib kelinmoqda. “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tomonidan ushbu sohada tahliliy tadqiqot olib borildi. Unga ko‘ra:

  • O‘zbekiston Respublikasining statistika portali ma’lumotlariga asosan, yurtimizda elektron tijorat va chakana savdo hajmlarini yildan yilga o‘sishi kuzatilgan. 2022-yilda elektron tijorat savdo hajmi 2021-yilga nisbatan 1.8 barobar oshib, chakana savdo hajmini 4 foizdan (10886.8 mlrd. so‘m) ortiqroq ulushini tashkil etgan;

  • Soliq xizmati portali ma’lumotlariga asosan, xaridorlarga elektron fiskal belgili chek taqdim qilish joriy etilgan elektron tijorat subyektlari soni, joriy yilning 1-avgust holatiga ko‘ra, 159 tani tashkil etib, ulardan elektron to‘lov tizimi 52 ta, bank mobil ilovalari 35 ta hamda internet do‘kon va marketpleyslar 72 tadir. Yil boshidan 1-avgustga qadar taqdim etilgan cheklar summasi miqdori umumiy hisobda 28 438,8 mlrd. so‘m bo‘lib, undan 7,4 foizi (2 119,5 mlrd. so‘m) internet do‘kon va marketpleyslar tomonidan taqdim etilgan.
  • “Research Group Central Asia” tadqiqot agentligi ekspertlari O‘zbekistonlik aholi tomonidan kunlik xaridlar amalga oshiriladigan platformalarni aniqlash maqsadida so‘rovnoma o‘tkazgan. Tadqiqotda 18 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lgan mahalliy aholi ishtirok etib, so‘rovnoma mamlakatning butun aholisini ifodalaydigan tarzda ishlab chiqilgan. Natijalarga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etgan insonlarning 72 foizi “Uzum market” marketpleysni tanslashgan, keyingi o‘rinlarda “Instagram” (45 foiz), “Telegram” (44 foiz), “Zoodmall” (43 foiz), “OLX” (32 foiz), “Texnomart” (28 foiz) va “Alif” (28 foiz) ijtimoiy tarmoq hamda platformalar joy olgan;
  • Mahalliy logistika hamda pochta xizmatlarini ko‘rsatuvchi O’zbekiston pochtasi, ya’ni “Uzpost” savdo belgisi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston pochtasi hozirda:
  • 14 ta hududiy filial;
  • 21 ta tumanlararo pochta aloqasi bog‘lamasi;
  • 143 ta tuman pochta aloqasi bog‘lamasi;
  • 1804 ta pochta aloqasi bo‘limi;
  • Shaharlar va shahar tipidagi aholi punktlarida 1414 ta yetkazib berish uchastkasi;
  • Qishloq joylarda 2274 ta yetkazib berish uchastkasi;
  • 25 ta havo yo‘nalishi;
  • 300 dan ortiq avtomobil yo’nalishi;
  • 7,9 mingdan ortiq xodim;
  • 2150 dan ortiq pochtachilarga ega.
  • O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy marketpleyslardan biri “Zoodmall” platformasi hozirga qadar 3 yo‘nalishda, Fintex (ZoodPay), marketpleys (ZoodMall)va logistika (ZoodShip), raqobatdosh muhitni yaratib elektron tijorat sohasini rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Hozirda ushbu platformada 6 mln. dan ortiq mahsulotlar, 12 oygacha bo‘lib to‘lash, butun Respublika bo‘ylab (Toshkent shahri bo‘ylab 4 soat ichida) yetkazib berish kabi imkoniyatlar mavjud.
  • “Узбекский Ритейл” telegram kanali tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning I yarim yillik natijalariga ko‘ra, mahalliy mashhur marketpleyslardan biri bo‘lgan “Uzum market” platformasida hozirda 500 mingdan ortiq mahsulotlar, 5 mindan ortiq tadbirkorlar, 60 dan ortiq aholi punktlari, 230 dan ortiq buyurtma tarqatish punktlariga ega bo‘lib, joriy yilning iyun oyining o‘zida 1 mln. dan ortiq buyurtmalar qabul qilishga erishdi. Yurtimizda faoliyat olib borayotgan “Wildberries” xorijiy marketpleysi orqali ushbu davr mobaynida $130 mln. miqdorida tovarlar sotilgan bo‘lib, yillik o‘sish ko‘rsatkichi 59 foizni tashkil etgan. Ushbu platformada ko‘p sotilgan top tovarlar: kiyim-kechak ($88 mln.), uy-ro‘zg‘or buyumlari ($13,6 mln.), ichki kiyim ($12,5 mln.), sport-kiyimlari ($9,2 mln.) va idish-tovoq va uy jihozlari ($3,2 mln.).

Yuqorida ta’kidlangan ko‘rsatkichlarga asoslanib, O‘zbekistonda elektron tijorat sohasi yildan yilga rivojlanib, mahalliy hamda xorijiy marketpleyslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish natijasida kelajakda bundanda katta natijalarga erishish kuzatilmoqda.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top