Infocom.uz

“Elektron tijorat” raqamli iqtisodiyot rivojlanishining istiqbolli omilidir

Dunyoning deyarli barcha davlatlarining tashqi iqtisodiy faoliyati an’anaviy savdo aloqalaridan uzoqqa chiqib ketishga ulgurdi. Elektron tijoratning rivojlanishi va Internetda savdo platformalarining paydo bo‘lishi tufayli yuzma-yuz uchrashuvlarga bo‘lgan ehtiyoj yo‘qolib bormoqda. Har qanday mahsulotni sotib olish uchun hatto oddiy iste’molchi ham uydan chiqmay turib tovar va xizmatlarni masofadan xarid qilish imkonini yaratadi. Bu nafaqat o‘z shahringiz yoki mamlakatingizda xarid qilish, balki boshqa mamlakatlardan tovarlarga buyurtma berish va yetkazib berish imkoniyati mavjudligini anglatadi. Yangi texnologiyalardan foydalanish ommabopligi tufayli iste’molchilar huquqlarini himoya qilish zarurati ortib bormoqda.

Elektron tijorat hamda marketpleyslardan foydalanish tranzaksiya xarajatlarini kamaytirishi, butun dunyo bo‘ylab yetkazib beruvchilar va xaridorlarni bog‘laydigan savdo kanali bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Bugungi kunda biznes uchun elektron tijoratning qiymatini baholab bo‘lmaydi: u kompaniyalarning iste’molchilar ehtiyojlarini tushunishini yaxshilaydi, mahsulot va xizmatlarni jahon bozoriga taqdim etadi. Hozirgi vaqtda jahon iste’mol tovarlari savdosining qariyb 12 foizi xalqaro elektron tijorat orqali amalga oshirilib kelinmoqda va bu ko‘rsatkich doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Yevropa Komissiyasi oʻz tadqiqotida taʼkidlaganidek, onlayn platformalar Yevropa Ittifoqi va butun dunyoning kelajakdagi iqtisodiy oʻsishini taʼminlovchi “raqamli qiymat”ni yaratishda yetakchi rol oʻynaydi.

Elektron tijoratning huquqiy masalalari

Elektron tijorat platformalari katta hajmdagi ma’lumotlarni jamlaydi, ularning sifatli tahlili, biznes modellarini takomillashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda, elektron tijorat oqimlarini yaxshiroq tahlil qilish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning tegishli darajasini ta’minlashdagi zaif tomonlarni aniqlash imkonini beradi. Anonimlashtirilgan ma’lumotlardan bepul foydalanish imkoniyatini va subyektning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligini olishning muqobil usullarini ishlab chiqishni nazarda tutadigan katta ma’lumotlarni tahlil qilish texnologiyalarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kerak, ya’ni (subyekt taqdim etganda). Bir necha maqsadlarda ma’lumotlarni qayta ishlashga bir martalik rozilik berish kifoya bo‘ladi. Platformalar, shuningdek, davlat idoralariga elektron tijorat muhitida savdo haqida ma’lumot olishga yordam berishda, shu jumladan soliq maqsadlari uchun ham. Misol uchun, Estoniyada hozirda bir nechta platforma operatorlari soliq organlari bilan platformalar orqali soliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ushlab qolish va soliq yig‘ishni osonlashtirish uchun platformalar va soliq o‘rganlari o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini yaxshilash uchun yechim topish ustida ishlashmoqda. Eng dolzarb savollardan biri – onlayn platformalar xizmatlaridan foydalanib kelayotgan iste’molchilar huquqlarini qanday himoya qilish mumkin? degan savol o‘rinli bo‘ladi. Ochiq Internet sharoitida iste’molchilar uchun faqat Internetda taqdim etilgan ma’lumotlarga tayanib, tovar yoki xizmatlar yetkazib beruvchini tanlash juda qiyin. Tadqiqotlarga ko‘ra, iste’molchilarning faqatgina 36 foizi oflayn rejimda bo‘lgani kabi, onlayn rejimda ham, bir xil huquq va himoyaga ega ekanligiga ishonishadi.

Elektron tijoratga ishonchni mustahkamlashning muhim vositasi, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatadigan onlayn platformalarning o‘zini o‘zi boshqarish tizimini rivojlantirish hisoblanadi. Masalan, Yevropa Ittifoqida Yevropadagi iste’molchilarga tovarlar va / yoki xizmatlarni onlayn sotadigan kompaniyalarni birlashtirgan “Ecommerce Europe” assotsiatsiyasi yaratilgan. Uyushma yevropalik iste’molchilarning elektron tijoratga ishonchini ta’minlaydi, Yevropa Ittifoqi va a’zo mamlakatlarning tartibga solish organlari bilan muloqotni yo‘lga qo‘yadi. Elektron tijorat subyektlari va bozorlarga ishonchni mustahkamlash uchun elektron tijorat platformalari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar tartibga soluvchilar va manfaatdor tomonlar bilan birgalikda ishlab chiqilishi kerak. Bunday chora-tadbirlar quyidagi jihatlarni o‘z ichiga olishi lozim: iste’molchilarning huquqlarini va ularni qanday himoya qilish to‘g‘risida xabardor qilish; iste’molchilarning shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash vazifalarini belgilash; sotuvchilarni aniqlash va tekshirishni amalga oshirish, nizolarni hal qilishning muqobil usullarini taqdim etish; reyting va mijozlar sharhlaridan foydalanish; foydalanuvchilarning fikr va mulohazalarini hisobga olishning shaffofligini ta’minlash nuqtai nazaridan o‘zini o‘zi tartibga solish vazifalarini belgilash; kontrafakt mahsulotlarni sotishga qarshi choralar ko‘rish, shu jumladan, mahsulotni markalash talablarini belgilash orqali iste’molchilar huquqlarini himoya qilish lozim.

Elektron tijoratning xalqaro statistik ma’lumotlari

  • Dunyo bo‘ylab 26 milliondan ortiq elektron tijorat saytlari mavjud bo‘lib, ularning soni kundan-kunga ortib bormoqda;
  • Birgina AQShda 9,5 milliondan ortiq elektron tijorat saytlari mavjud bo‘lib, ular kundan-kunga o’sib kelmoqda.
  • 2021 yilda butun dunyo bo‘ylab elektron tijorat chakana savdosi taxminan 4,9 trillion dollarni tashkil etdi.
  • Mobil elektron tijorat savdosi 2021 yilda 3,56 trillion dollarga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 15,2 foizga ko‘p.
  • 2021-yilda 2,14 milliard raqamli xaridorlar bor edi. Bu dunyodagi 7,74 milliard kishining 27,6 foizini tashkil qiladi.

Dunyodagi 10 ta eng yirik elektron tijorat bozorlari 2021 yil yakuniga:

  • Xitoy: 2,779 milliard dollar
  • Qo’shma Shtatlar: 843 milliard dollar
  • Buyuk Britaniya: 169 milliard dollar
  • Yaponiya: 144 milliard dollar
  • Janubiy Koreya: 121 milliard dollar
  • Germaniya: 102 milliard dollar
  • Frantsiya: 80 milliard dollar
  • Hindiston: 68 milliard dollar
  • Kanada: 44 milliard dollar
  • Ispaniya: 37 milliard dollar

Elektron tijorat korxonalari uchun o‘rtacha konversiya darajasi 1,53% ni tashkil etdi.

Marketpleyslardagi savatchalarning 69,57 % tashlab ketilgan.

Yuqori qo‘shimcha xarajatlar xaridorlarning aravadan yoki savatchadan voz kechishining №1 sababidir.

Shopify – bu eng mashhur elektron tijorat saytlarini yaratish texnologiyasi bo‘lib, bozor ulushi 15% dan oshadi va undan 4 millionga yaqin sayt foydalanadi.
Elektron tijorat ite’molchilari o’rtasida, Internet maydonida nima uchun elektron tijorat saytlari orqali onlayn xarid qilasiz degan so’rov o’tkazilganda, respondentlar bu savolga quyidagicha javob berishdi, iste’molchilarning yarmidan ko’pi (50,7%) bu elektron tijorat do’konlari tomonidan taklif qilinadigan bepul yetkazib berish ekanligini aytishdi. Boshqa asosiy sabablar qatoriga kuponlardan foydalanish va chegirmalarni qo’llash (41%), boshqa xaridorlarning sharhlarini o’qish (35%), tovarlarni osonlik bilan qaytarish (33%) va mahsulotlarni tezda buyurtma berish imkoniyati (30%), ite’molchilar tomonidan javob berildi.

Elektron tijoratning O‘zbekistondagi holati

AQSh Savdo vazirligi Xalqaro savdo departamentining yaqinda e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasidagi elektron tijorat bo‘yicha tahliliy hisobotida quyidagilar qayd etilgan:

Statista xalqaro ma’lumotlar bazasi, O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha quyidagi ma’lumotlarni taqdim etdi: 2020-yilda mamlakatning elektron tijorat yo‘nalishi 481,3 million dollar daromad keltirdi va mamlakat umumiy raqamli daromadining 68 % ni tashkil etdi. Qolgan 32% ni raqamli ommaviy axborot vositalari, elektron xizmatlar va elektron sayohatlardan iborat. O‘zbekistonda raqamli xarajatlar 2020-yilda aholi jon boshiga iste’mol xarajatlarining 1,2 % ni tashkil etdi, bu esa Osiyoda o‘rtacha 3,1 % ni tashkil etmoqda. 2025 yilga kelib, elektron tijorat daromadlari yillik 6,3% ga o‘sishi kutilmoqda. Odamlar asosan moda tovarlari (32%) va elektronika (31%)ni onlayn xarid qilgan, undan keyin oziq-ovqat va shaxsiy gigiyena mahsulotlari (14%), o‘yinchoqlar, sevimli mashg‘ulotlari va uy-ro‘zg‘or buyumlari (11,5%), mebel va texnologiya (11%).

O‘zbekistonda elektron tijorat sanoati rivojlanishning dastlabki bosqichida. 2022-yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, internetdan foydalanuvchilar soni 27,2 million kishini tashkil etdi, 35,5 million kishilik mamlakatda 25,3 million mobil internet foydalanuvchisi va 3,2 million doimiy keng polosali internet foydalanuvchisi mavjud. Xalqaro ma’lumotlarni uzatish kanallarining o‘tkazish qobiliyati 1800 Gbit/s ni tashkil etdi va 2022 yil oxiriga kelib 3200 Gbit/s gacha oshirilishi kutilmoqda. Mamlakat telekommunikatsiya infratuzilmasiga sarmoya kiritmoqda, biroq Speedtest.net xalqaro Internet tezligini baholab boruvchi indeksga ko‘ra, ma’lumotlarni yuklab olish tezligi 13,78 Mbit/s va yuklash tezligi 6,83 Mbit/s bo‘lgan mobil internet bo‘yicha 138 mamlakat ichida faqat 118-o‘rinni egalladi. U 40,16 Mbit/s yuklab olish va 37,92 Mbit/s yuklash tezligi bilan qattiq keng polosali internet bo‘yicha 174 mamlakat ichida 86-o‘rinni egalladi. Elektron tijoratni rivojlantirish uchun hukumat onlayn daromaddan faqat 2% soliq undirish tartibini joriy etdi, an’anaviy biznes uchun esa 4% etib belgilangan. O‘zbekiston qonunchiligi dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalarni onlayn sotishga ruxsat berdi, shuningdek, tovar va xizmatlar uchun to‘lovning qonuniy isboti sifatida elektron cheklar va schyot-fakturalarga ruxsat berdi. O‘zbekiston Markaziy banki 2019-yilda Visa bilan raqamli to‘lovlar uchun infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi va ko‘plab banklar onlayn to‘lovlarni qayta ishlashni osonlashtirish uchun elektron tijorat veb-saytlariga to‘lov dasturlari va xizmatlarini taklif qilmoqda. Elektron tijorat sohasida IT-mutaxassislar sonini ko‘paytirish maqsadida, 2018-yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi  Toshkent axborot texnologiyalari universitetida elektron tijorat yo‘nalishi ochildi. 2020-2022 yillarda hukumat elektron tijoratning o‘sishini tezlashtirish uchun bir qator muhim qadamlarni qo‘ydi. Unga ko‘ra:

2020-yil oktabr oyida “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasining qabul qilinishi: Hukumat butun mamlakat bo‘ylab qurilgan optik tolali aloqa tarmog‘i uzunligini hozirgi 118 000 kilometrdan (73 322 milya) 250 000 kilometrga (155 343 milya) ga oshirishni rejalashtirmoqda; 2030 – yilga borib yuqori tezlikdagi internet qamrovini hozirgi 67 foizdan 100 foizgacha oshirish; mobil keng polosali qamrovni 2022 – yilga kelib hozirgi 78 foizdan 100 foizgacha kengaytirish; axborot texnologiyalari yo‘nalishi bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish uchun yillik kvotalar miqdorini
2030 – yilgacha amaldagi 7 ming nafardan 20 ming nafargacha oshirish vazifalari ustuvor vazifalar etib belgilangan. O‘zbekiston 2021-2022-yillarda raqamli infratuzilmani rivojlantirishga 2,5 milliard dollar sarmoya kiritish rejasini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Eksportni qo‘llab-quvvatlash agentligi Xitoyning Alibaba elektron tijorat kompaniyasi bilan hamkorlikda 2020-yil oktabr oyida Alibaba.com platformasida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” bo‘limini yaratdi va unda tanlangan mahalliy kompaniyalar mahsulotlari namoyish etiladi; hukumat Alibaba.com platformasida 300 dan ortiq mahalliy kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun moliyaviy yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top