Infocom.uz

Elektron to‘lov tizimi ATTO dagi tranzaksiyalar

Avtomatlashtirilgan yo’l haqi tizimi NFC kontaktsiz texnologiyaga ega bo’lgan transport kartalaridan foydalangan holda umumiy foydalanuvdagi transportda yo’lovchilarni tashish bo’yicha xizmatlar ko’rsatishda axborot va texnologik hamkorlikni ta’minlash, qatnovlarning miqdori va vaqti bo’yicha hisobotlarni shakllantirish uchun mobil va statsionar validatorlarni, shuningdek, transport vositasining marshrut raqamini shakllantirish uchun billing tizimini ta’minlash uchun mo’ljallangan

Avtomatlashtirilgan to’lov tizimi operatorining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Fuqarolarning ayrim toifalarini manzilli ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimini joriy etish imkoniyati;
  • Yo’lovchilarga katta zarar yetkazmasdan (ko’chib o’tish bilan tashish uchun tarif rejalarini joriy etish) va yo’lovchi tashish xarajatlarini kamaytirmasdan, uzoq marshrutlarni qisqartirish bilan joriy marshrut tarmog’ini optimallashtirish imkoniyati;
  • Yo’lovchilarni tashish bo’yicha joriy statistika asosida jamoat transporti faoliyatini samarali rejalashtirish;
  • jamoat transportida to’lovlarni amalga oshirish jarayonining shaffofligini oshirish;
  • To’lovning yagona usuli va barcha turdagi shahar xizmatlari uchun to’lov vositasi sifatida yagona to’lov kartasini yaratish imkoniyati: jamoat transporti, avtosaroy, pullik yo’llar, muzeylar va h.k.;
  • Jamoat transporti tizimining samaradorligini oshirish ,yo’l tirbandliklarini kamaytirish(chiqarish/tushirish uchun kamroq vaqt sarflash, transport oqimini rejalashtirish);
  • Turistik jozibadorlik va shahar muhitining qulayligini oshirish (maxsus sayyohlik tariflarini joriy etish orqali);

Respublikaga kelgan barcha turistlarga respublika ichidagi jamoat transporti, taksi, temir yo’l va havo transportida qatnovlarni to’lashda Mir, UPI, VISA, MasterCard xalqaro bank kartalaridan foydalanish imkoniyatini berish

ATTO raqamlarda

2024-yilning birinchi choragi mobaynida Jamoat transportida 86,3 milliondan ortiq tranzaksiya amalga oshirildi.

 Hammasi bolib transport kartalari orqali 37.3 million tranzaksiya amalga oshirildi, shundan 15,4 million tarif kartalari orqali amalga oshirildi.

Bank kartalari bo‘yicha to‘lovlar 16,5 million tranzaksiyani tashkil etdi.

Metroda QR-chiptalardan 17,2 million martadan ortiq foydalanilgan.

Avtobuslarda QR-to‘lovlar yordamida 790 ming tranzaksiya amalga oshirildi, metrolarda QR-tolovlari yordamida 509 ming tranzaksiya amalga oshirildi.

Yo‘lovchilar jamoat transportida virtual kartalar yordamida 329 ming  tranzaksiya amalga oshirildi.

ATTO statistik maʼlumotlari respublika hududlari boʻyicha quyidagicha: avtobuslarda amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni:

ATTO statistika ma’lumotlari respublika hududlari boyicha quyidagicha:avtobuslarda amalga oshirilgan tranzaksiyalar soni Samarqand – 1 036 137, Urgench – 485 417, Qarshi – 306 669, Andijon – 115 007, Qo’qon – 24 172, Yangiyo’l – 6 217, Zarafshon – 4 270, Nukus – 2 175, Namangan – 587, Buxoro – 1 165 tani tashkil etgan.

Manbalar: 1 2

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top