Infocom.uz

Endi “Bilayn” abonentlari Twitter xizmatidan SMS orqali foydalanishlari mumkin

Eslatib o‘tamiz, Twitter o‘z foydalanuvchilariga web-interfeys, SMS, tezkor xabarlar xizmati yoki mijozning boshqa dasturlaridan foydalangan holda qisqa (140 taga belgilar) matnli xabarlarni yuborish imkonini beradi.

beeline_8_02_2011

Mazkur hodisani sharhlar ekan, “Unitel” MCHJning marketing bo‘yicha xizmati rahbari Shavkat Berdiev quyidashilarni ta’kidladi: “Biz abonentlarimiz MDH hududida birinchi bo‘lib bunday qulay servisdan foydalana olishlaridan xursandmiz. Twitter O‘zbekistonda jadallik bilan ommaviylashib bormoqda, buni biz www.twitter.com/beeline_uz sahifamizdan ko‘rib turibmiz. Yaqin kunlarda yangi xizmatning bir talay muxlislari paydo bo‘lishiga ishonchimiz komil”.

“Unitel” va “Twitter, Inc.” kompaniyalari o‘rtasida imzolangan shartnoma shartlariga ko‘ra “Bilayn”ning O‘zbеkistondagi abonеntlari 89338 (TWEET) qisqa raqamiga SMS-xabar yuborib, o‘z tеlеfonlaridan Twitterda xabar joylashtirishlari mumkin. Bundan tashqari, Twitterga do‘stlari uchun xabar yuborishlari, Twitterda birga bo‘lgan kishilaridan qisqa xabar bilan tvitlar olishlari hamda Twitterdan SMS orqali do‘stlarining xabarlarini olishlari mumkin. 89338 (TWEET) raqamiga bitta xabar yuborish narxi atigi $0,02.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top