Infocom.uz

Endilikda Beeline Business mijozlari o‘zlari tarif rejalarini joriy qilishlari mumkin

Endilikda ulanuvchi opsiyalar yordamida o‘zingiz va o‘z kompaniyangiz uchun aniq biznes xususiyatini va xizmatlarga bo‘lgan real ehtiyojlarni hisobga oluvchi tariflarni joriy qilishingiz mumkin.

“Bilayn” bugungi kunda xizmatlarning keng spektrini taklif qiluvchi eng yirik birlashgan telekom-operator. Ba’zida “ko‘nglingizdagidek” optimal tarifni tanlash qiyin kechadi, – voqean sharhlaydi “Unitel” MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – “Tarifniy konstruktor” kompaniyamiz doimo ajralib turgan aynan shu individual yondashuvni ko‘zlaydi. Demak, mijozlarimiz real zarur bo‘lgan servislar uchun haq to‘laydilar”.

“Tarifniy konstruktor” asosiy rejadan tashkil topgan bo‘lib, unga istagan quyidagi turli xizmatlar ulanadi:
Yopiq guruhlar ichidagi so‘zlashuvlar uchun daqiqalar paketi

Tarmoq ichidagi so‘zlashuvlar uchun daqiqalar paketi

Shahar va O‘zbekistonning boshqa operatorlari raqamlariga bo‘lgan qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi

O‘zbekiston bo‘yicha istalgan yo‘nalishdagi qo‘ng‘iroqlar uchun daqiqalar paketi

Xalqaro so‘zlashuvlar uchun daqiqalar paketi

Internet-paketlar

Mahalliy SMS-paketlar

Xalqaro SMS-paketlar

Bundan tashqari, Beeline Business sotib olingan paket va xizmatlardan kelib chiqqan holda bonuslarni taqdim qiladi. Batafsil ma’lumot http://b2b.beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top