Infocom.uz

Eng yaxshi o‘quv-axborot resurslari

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktablarni kompyuter texnikasi bilan ta’minlash, zamonaviy klasterlarni tashkil etish, axborot-resurs markazlari faoliyatini davr talabiga mos yo‘lga qo‘yish, bilim maskanlarida “ZiyoNET” jamoat ta’lim axborot tarmog‘idan samarali foydalanish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Respublika ta’lim markazi, Multimedia va umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan turli loyihalar, anjumanlar, seminarlar o‘quvchilar hamda pedagoglarning kompyuter savodxonligini yanada oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. “Eng yaxshi elektron axborot-ta’lim resurslari – 2012” respublika ko‘rik-tanlovi ham ayni maqsadlarga xizmat qilmoqda.

Ko‘rik-tanlovda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan o‘ttizdan ziyod muallif ishtirok etdi. Ular tomonidan topshirilgan ijodiy ishlar asosan o‘quv-intellektual o‘yinlar, bolalarning bilimi va o‘zlashtirishini nazorat qiluvchi dasturlar, ma’rifiy taqdimotlar, elektron qo‘llanmalar, didaktik materiallar, dars jarayoni va maktab boshqaruviga doir avtomatlashtirilgan ishlardan iboratdir.

“Kompyuter o‘quv o‘yinlari, trenajyorlar hamda videoroliklar” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘ringa Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 235-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Jahongir Akromov loyiq topildi. “Elektron ma’rifiy dasturlar – elektron qo‘llanmalar, dars ishlanmalari, videoroliklar, didaktik materiallar” yo‘nalishida Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 13-maktab o‘qituvchisi Rahimjon Fozilov 5-sinfga mo‘ljallangan “Informatika” elektron darsligi bilan birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. “Nazorat qiluvchi dasturlar, dars jarayoni va maktab boshqaruvini avtomatlashtirish” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin Buxoro shahridagi 17-maktab o‘qituvchisi Hakim Rustamovga nasib etdi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top