Infocom.uz

“Eng zo’r kabelchi va KSU elektromontyori” musobaqasining g’oliblari aniqlandi

Musboqaga kiritilgan ob’ektlar Toshkent shahrida joylashgan bir qator telekommunikatsiya bog’lamalarida o’tkazilgan bo’lib, musobaqa vazifasiga muvofiq, aloqa bog’lamalarida elektr kabel xo’jaligini nazorat qilish, undagi kamchiliklarni aniqlash, tahlil qilish hamda tezda uni bartaraf etish yo’llari, shuningdek, ish jarayonida texnika xavfsizligiga rioya qilish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni samarali namoiysh qilishdan iborat edi.

Musobaqa bo’yicha tuzilgan maxsus komissiya guruhi, o’n kun davomida ishtirokchilarning topshirilgan topshiriqlari tartibi bo’yicha o’rganib bordi va unga tegishli qarorlarni musobaqa yakunida qabul qildi.
19 aprel kuni musobaqa yakuniga Toshkent shahrida ushbu musobaqa yakuni va undagi g’oliblarni taqdirlashga bag’ishlangan marosim bo’lib o’tdi.
Musobaqa natijalariga ko’ra:

“O’zbektelekom”AK-ning “Samarqand Telekom” filiali – birinchi o’ringa;
“O’zbektelekom”AK-ning “Toshkent Telekom” filiali – ikkinchi o’ringa;
“O’zbektelekom”AK-ning “Qashqadaryo Telekom” filiali – uchinchi o’ringa;
“O’zbektelekom”AK-ning “TShTT” filiali, “Yangiobod telekommunikatsiya bog’lamasi jamoasi– to’rtinchi o’ringa sazovor bo’ldilar.
Har bir o’rin egalari diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandilar:
1 – o’rin – 1,5 mln. so’m;
2 – o’rin – 1 mln. so’m;
3 – o’rin – 7 50 000 so’m;
4 – o’rin – 500 000 so’m.

Mazkur marosimda, g’oliblarni O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh diretorining birinchi o’rinbosari A.Izbosarov qutladi va mukofotlarni topshirdi. Shuningdek g’oliblarni “O’zbektelekom” AK, bosh direktori X.Muhitdinov “TShTT” filiali direktori A.Abdumo’minov, “TShTT” filialining direktor o’rinbosari U.To’xtaevlar va bir qator telekommunikatsiya bog’lamalri rahbarlari qutladilar.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Raqamli Valyuta.

Raqamli Valyuta. To‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakatlarning Markaziy banki tomonidan chiqarilgan virtual valyuta