Infocom.uz

“Faberlic” “Beeline Club” imtiyozli kartalari egalariga 30% gacha chegirmalarni taqdim etmoqda

“Faberlic” ning “Beeline Club” hamkorlik dasturida ishtirok etishi – hamkorligimizning yangi bosqichi hisoblanadi, – deya hodisani sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – O‘tgan yili Rossiyaning kosmetika sohasidagi giganti “Beeline Business”ning mijoziga aylangan edi. Endilikda biz ularning mahsulotiga klubimizning minglab ishtirokchilarida baho bera olish imkoniyati borligidan mamnunmiz. Sevishganlar kuni arafasida imtiyozli kartalar egalari kompaniya tomonidan ularga taqdim etilagan chegirmalardan unumli foydalanib qolishlariga ishonchim komil”.

Eslatib o‘tamiz 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bepul so‘rovni jo‘natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballni sovg‘a tariqasida olishi mumkin. Bundan keyingi ballar “Bilayn”ning xizmatlaridan odatiy foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro‘yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.faberlic.uz va www.beelineclub.uz saytlarida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top