Infocom.uz

Facebookda “Bilayn” sahifasi har oyda 60 000 martadan ko‘p ko‘rib chiqilgan

2010 yil “Bilayn” uchun jahonning eng yirik tarmog‘idagi debyutdagi yil bo‘ldi. Bugun mingdan ortiq kishi operatorning abonentlarga axborotga to‘laligi va so‘rovlarga tez javob qaytarishi bilan ma’qul bo‘lgan http://www.facebook.com/beeline.uzb sahifasining doimiy foydalanuvchisi hisoblanadi. Yanvar oyi yakunlariga ko‘ra korporativ resursning yozuvlarining har oyda ko‘rish soni 60 mingdan oshgan.

beeline_21_02_2011

“Ko‘pchilikka aynan Facebookda “Bilayn” yangiliklaridan xabardor bo‘lish odatiy hol bo‘lib qolgan edi, chunki ijtimoiy tarmoq formati axborotning maksimal operativligini ta’minlaydi, – yakunlarni sharhlaydi “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov. – Har kuni biz ko‘p, ba’zan kutilmagan savollarni qabul qilamiz va hatto dam olish kunlari ularning har biriga tez va to‘liq javob berishga harakat qilamiz. Bundan tashqari, “Bilayn” doimiy ravishda Facebookda sovrinli aksiyalarni o‘tkazib turadi, ularning eng ko‘lamlisi hozir ketmoqda”.

2011 yilning fevral oyi oxirigacha http://www.facebook.com/beeline.uzb ga qo‘shilgan Facebookning har bir foydalanuvchisi kompaniyadan sovg‘a oladi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top