Infocom.uz

Facebookdagi Beeline Uzbekistan sahifasi foydalanuvchilari Ispaniya terma jamoasining g‘alabasini bashorat qilmoqdalar

Hafta davomida so‘rovda 12 665 kishi ishtirok etdi, ularning ovozlari pley-off bosqichiga o‘tgan 8 ta jamoa o‘rtasida taqsimlandi. Futbol bo‘yicha Yevropa birinchiligining finalchilari aniqlanganidan so‘ng, ko‘plab ishtirokchilar Ispaniya va Italiya terma jamoalari o‘rtasida tanlab, Yevropaning amaldagi hamda jahon chempioni – ispaniyaliklar tomonidalar va ularga Facebookning 2840 ishtirokchisi ovoz berdi.

So‘rov yakunlarini sharhlar ekan, Unitelning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Facebookdagi do‘stlarimizning Yevropa chempionatiga bo‘lgan qiziqishini bizni juda mamnun qildi. Biz ushbu ijtimoiy tarmoqda boshlagan “EUROmaniya” sovrinli tanlov minglab ishtirokchilarni birlashtirdi, turnirning g‘olibi bo‘yicha so‘rovimizga esa rekord sondagi ishtirokchilar javob berdi. To‘g‘ri, kechagina ko‘plab respondentlar Germaniya terma jamoasining g‘alabasini kutgan edilar, biroq uning yarim finaldagi mag‘lubiyatidan so‘ng, ispaniyaliklar favoritga aylandilar. Bugun biz yana bitta so‘rovni boshladik, unda ikkida jamoa o‘rtasida ehtimolli g‘olibni tanlashni taklif qilamiz va hozircha unda ham Ispaniya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, Facebookda Beeline Uzbekistan korporativ sahifasi 2010 yilda joriy qilingan va bugungi kunda u qariyb 40 000 kishini birlashtib, Markaziy Osiyoda eng yirik Facebook-hamjamiyati hisoblanadi.

Batafsil ma’lumot http://www.facebook.com/beeline.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top