Infocom.uz

Farg‘onada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirish istiqbollari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-1730-sonli qarori Respublikamizda AKT’ni rivojlantirish borasida muhim qadam bo‘ldi. Mazkur qaror asosida 2012–2014 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi hamda 2012-2014 yillar davrida davlat hokimiyati organlarining Milliy axborot tizimiga ulanadigan axborot tizimlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar va hujjatlarning bajarilishini ta’minlash borasida Farg‘ona viloyatida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, internetdan foydalanuvchilar soni 311,5 ming, mobil internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni qariyb 800 ming nafarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan bu ko‘rsatkich 107,0 foizga o‘sdi. Aholi yashash punktlarining 60 tasida jamoaviy Internet xizmati ko‘rsatuvchi shaxobchalar tashkil etildi. Aholi va yuridik shaxslarga internet xizmatlarini ko‘rsatish uchun olingan litsenziyalar soni 2012-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra 111tani, Internetdan jamoaviy foydalanish punktlarining (internet kafelar) soni 88tani tashkil etdi. Viloyat hududida faoliyat yuritib kelayotgan 11ta telekommunikatsiya operatorlari va Internet provayderlari tomonidan Internet xizmatlari ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining markaziy apparatida lokal kompyuter tarmog‘ining tashkil etilganlik darajasi 85 foizni va korporativ kompyuter tarmog‘ida esa 100 foizni tashkil etdi. Viloyatda 60 dan ortiq Davlat boshqaruv organlarining veb-saytlari mavjud. Mahalliy hokimiyatlar va davlat boshqaruvi organlarining 50,9 foizi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ko‘pchiligi Internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanmoqda. Viloyat hokimligi huzuridagi «Kompyuterlashtirish markazi» tomonidan ishlab chiqilgan «E-hujjat» — ijro nazorati va elektron hujjat almashinuvi dasturi viloyat hokimligi va barcha shahar, tumanlar hokimliklarida qo‘llanilib kelin-moqda. Hozirgi kunda viloyatning 85ta davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida ushbu dastur qo‘llanilmoqda. Viloyat hokimligi va barcha shahar, tuman hokimliklari o‘rtasida korporativ tarmoq tashkil etilganligi elektron hujjat almashishda E-hujjat dasturi va FTP tizimidan foydalanilanish imkonini bermoqda. Viloyat hokimligi tomonidan shahar, tuman hokimliklari va davlat boshqaruv organlari xodimlarining AKT’dan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha 80 soatlik o‘quv-seminar rejasi tasdiqlanib, shu kungacha 450 nafardan ziyod xodim o‘qitildi. Viloyatdagi davlat va boshqaruv organlari xodimlarining 1355 nafari elektron raqamli imzoga ega. Jumladan, viloyat hokimligida 39 nafar, shahar va tuman hokimliklarida 151 nafar, jami 190 nafar xodim elektron raqamli imzodan foydalanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-191-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 28-dekabrdagi «ZiyoNET» axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi 282-sonli qarorlariga muvofiq, 913ta umumta’lim maktablari, 152ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, 4ta oliy ta’lim muassasalari «ZiyoNet» ta’lim tarmog‘iga ulangan. Viloyatda aloqa xizmatlaridan foydalanayotgan mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali tomonidan Farg‘ona shahar 224-ATS, 226-ATS, Qo‘qon shahar 552/553-ATS, Marg‘ilon shahar 233-ATS binolarida zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi «Yagona oyna» markazlari ishga tushirildi. «Yagona oyna» markazlari orqali mijozlarga simli telefon aloqasi, Uzmobile-CDMA-450 standartidagi mobil aloqa va mobil Internet xizmatlari, Uzonline-yuqori tezlikdagi Internet xizmatlari hamda raqamli televideniye signallarini qabul qiluvchi tyunerlarni sotish yo‘lga qo‘yilgan. 2012-yil oxirigacha viloyatning Farg‘ona va Quvasoy shaharlarida hamda Oltiariq, Buvayda va Farg‘ona tumanlarida yana 6ta shunday xizmat ko‘rsatish markazlarining ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Agentlikning 2011-yil 20-oktabrdagi 312-sonli buyrug‘i va 2011-yil 3-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-yanvardagi «Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan kasb-hunar kollejlari va uning mos yo‘nalishlari bilan hamkorlik asosida o‘quv rejalarini takomillashtirish, sohaning malakali mutaxassislarini jalb etgan holda o‘quvchi yoshlarning o‘quv-amaliyotlarini mazmunli o‘tkazish hamda yoshlarning kasb mahoratini oshirib borishni tashkil qilish masalalari to‘g‘risida»gi 08/8-106-sonli bayoni haqidagi 18-f-sonli farmoyishiga asosan Farg‘ona aloqa kasb-hunar kolleji (KHK), Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari, Quva, Beshariq, Buvayda, Farg‘ona tumanlari kompyuter texnologiyalari kollejlariga O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tizimidagi viloyat korxonalari biriktirildi.

Aloqa, axborot va kompyuter texnologiyalari yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarida jami o‘quvchilar soni 7927 nafarni tashkil etadi, shundan 2012-yilda jami bitiruvchilar 1838 nafarni, aloqa va axborotlashtirish sohasi yo‘nalishi bo‘yicha 1151 nafarni tashkil etdi. Bitiruvchilarning 1141 nafari ishga joylashish bo‘yicha viloyatdagi soha korxonalari: «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Farg‘ona filiali, «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali, «Matbuot tarqatuvchi» SHK, viloyat AKM, TTT-2 bog‘lamasi, TATU Farg‘ona filiali bilan uch tomonlama shartnoma imzolandi. Kollejlarga O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan sohaga oid bo‘lgan elektron kitob, izohli lug‘at va «Internet tarixi, tuzilishi, xavfsizlik masalalari» o‘quv qo‘llanmasi va «Kompyuterni mustaqil o‘rganish» kitoblari topshirildi. Agentlikning 2011-yil 30-sentabrdagi 189-f-sonli farmoyishiga asosan Qo‘qon va Farg‘ona tuman kompyuter texnologiyalari kollejlariga kompyuterlar berildi. Shuningdek, TATU Farg‘ona filiali tomonidan Beshariq va Buvayda tumani kompyuter texnologiyalari kollejlariga o‘quv jarayonida foydalanish uchun kompyuter jamlamalari berildi. Viloyat aloqa korxonalari tomonidan soha yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida 2012-yilda jami 8,340 mln. so‘m miqdorida mablag‘ ajratish biznes rejalariga kiritildi. «O‘zbektelekom Mobayl» Farg‘ona uchastkasi mutaxassislari tomonidan Farg‘ona aloqa va Buvayda tuman kompyuter texnologiyalari va servis kasb-hunar kollejlari(KHK)da laboratoriya jihozi sifatida «DAMPS» mobil aloqasi qurilmasi montaj qilib berildi hamda soha yo‘nalishidagi 7ta kasb-hunar kollejlariga imtiyozli daqiqalar bilan aktivlashtirilgan CDMA-450 standartidagi stasionar terminallar taqdim etildi. «Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash markazi» tomonidan yuborilgan L-platalar o‘quv jarayonida foydalanish uchun Qo‘qon shahri, Quva, Beshariq va Farg‘ona tumanlari kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejlariga berildi.

«Telekommunikatsiya transport tarmog‘i» filiali 2-bog‘lamasi tomonidan Qo‘qon KT KHK’ga OSN-3500, OSN-2500, Optik kabellarni montaj qilish, o‘lchash, optik kabel muftalari, raqamli tarmoqlarning taqdimotlari, elektron shakldagi o‘quv qo‘llanmalari taqdim etildi. «Matbuot tarqatuvchi» SHK tomonidan Beshariq KT KHK’ga homiylik sifatida «Xabar» gazetasi va «AloqaInform» jurnaliga yillik obuna qilib berildi. «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Farg‘ona filiali tomonidan Farg‘ona Aloqa KHK’ga pochta sohasiga oid kitoblar, qo‘llanmalar va pochta blanklari berildi va aloqa bo‘limi tashkil etildi, Farg‘ona Aloqa KHK’ga 250 dona elektr aloqa, radio aloqa va fizika sohasiga oid adabi-yotlar, «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali tarixi to‘g‘risidagi adabiyot «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali tomonidan taqdim etildi. «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Farg‘ona filiali tomonidan Farg‘ona tumani kompyuter texnologiyalari KHK’ning 6 nafar iqtidorli talabalari moddiy rag‘batlantirildi. «Matbuot tarqatuvchi» SHK tomonidan Beshariq KT KHK’ning talabasiga moddiy yordam ko‘rsatildi.

«Elektron ta’lim milliy tarmog‘i» loyihasi doirasida 2011-yilda viloyatdagi 5ta oliy ta’lim muassasalarida videokonferensaloqa qurilmalari o‘rnatilib, ishga tushirilgan. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan joriy yilning 1–4 may kunlari TATU hamda uning filiallari miqyosida «Elektron ta’lim» tizimi orqali tashkil etilgan Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari direktorlarining «Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar yo‘nalishida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari» mavzusidagi o‘quv-seminari o‘tkazildi. Mazkur o‘quv-seminarda Farg‘ona, Andijon hamda Namangan viloyatlarida soha yo‘nalishidagi jami 21ta kasb-hunar kollejlari rahbar xodimlari qatnashdi va ulardan test-sinovlari olindi.

2012-yil 2-iyun kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali binosida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida viloyatdan qatnashgan «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona filiali, 2-SHMATB, «O‘zbekiston pochtasi» OAJ Farg‘ona filiali, Matbuot tarqatuvchi AK Farg‘ona SHK, TATU FF, «Alskom» sug‘urta kompaniyasi viloyat filiali, EMMM Farg‘ona bo‘limi viloyatdagi axborot kutubxona markazi hamda viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi, viloyat kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi, Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmalari uchun yetarli joy ajratilib, ish qidiruvchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida kelgan kor-xona va tashkilotlar tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari va boshqa ma’lumotlarni aks ettirgan stendlar alohida qatorlarga joylashtirildi. Yarmarkada viloyatdagi soha yo‘nalishidagi mutaxassislarga ehtiyoji bo‘lgan korxona, tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar. Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida soha yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarining, TATU Farg‘ona filialining bitiruvchilari va ish bilan band bo‘lmagan aholi ishtirok etdi. Yarmarka davomida ishtirokchilar bilan ish beruvchi korxonalar mutaxassislari tomonidan suhbatlashildi va ishga qabul qilish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yilning 17-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida» gi PQ-1741-sonli qaroriga muvofiq, Respublikamizda raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tish bo‘yicha tasdiqlangan Davlat dasturiga asosan 2011-yilning avgust oyida O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligi arafasida Andijon radiotelevizion stansiyasiga Yaponiya davlatining NEC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 2 kVt.li (DTU-52/2R7PQ rusumli) raqamli televizion uzatgich montaj qilinib ishga tushirildi. Ushbu teleuzatkich orqali Farg‘ona vodiysi hududida Respublikamizning 7ta: «O‘zbekiston», «Yoshlar», «Sport», «TV-M», «Toshkent», «ntt», «Sof-TS» hamda Rossiyaning 5ta teledasturi efirga uzatilmoqda. Bu bilan viloyatning Farg‘ona va Marg‘ilon shaharlari, Quva, Toshloq, Oltiariq, Qo‘shtepa, Yozyovon tumanlarida to‘liq, Buvayda, Rishton tumanlari aholisining bir qismi raqamli televideniyasini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Navoiy viloyatida tashkil etilgan «Telecom Innovations» QK tomonidan ishlab chiqarilayotgan raqamli televideniye signallarini qabul qiluvchi zamonaviy va yuqori sifatli tunerlari (Set-Top-Box) ni mijozlarga sotish, maslahat berish va shu yo‘nalishdagi tegishli boshqa xizmatlarni ko‘rsatish «Yagona oyna» markazlarida tashkil etilgan. 2012-yil yakuniga qadar Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumanida joylashgan Qo‘qon RTS’ga bir Raqamli teleuzatgich o‘rnatish va ishga tushirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, buning natijasida raqamli televideniye qamrov hududi yanada kengayadi va viloyatning Qo‘qon shahar, Buvayda, Bog‘dod, Uchko‘prik, Dang‘ara, Furqat, O‘zbekiston, Beshariq tumanlari aholisi raqamli televideniyedan bahramand bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, uni hayotga tatbiq etish, ishlab chiqarishda foydalanish, davlat boshqaruvida axborot texnologiyalaridan foydalanish, uning afzalliklarini keng ommaga yetkazish ushbu yo‘nalishda malakali mutaxassislar tayyorlashni talab etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005-yil 14-iyun 130-sonli buyrug‘iga muvofiq, Farg‘ona shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali tashkil etilgan. Filialda talabalar orasida O‘zbekiston Respublikasi Beruniy nomli Davlat stipendiati, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy texnika jamiyatining stipendiati, O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi jamg‘armasi, «Mehr nuri» jamg‘armasining 2011–2012 o‘quv yili iqtidorli talabalar uchun ajratilgan stipendiyasi sohiblari mavjud. TATU FF quyidagi ishlab chiqarish va soha korxonalari bilan hamkorlik shartnomasini imzolagan, jumladan, «O‘zbekiston pochtasi» OAK, «O‘zbektelekom» AK Farg‘ona, Andijon, Namangan filiallari, «Matbuot tarqatuvchi» OAJ, O‘znet Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyat bo‘limlari bilan, Farg‘ona neftni qayti ishlash zavodi, «Farg‘onaazot» OAJ, «Quvasoy sement» OAJ, Farg‘ona o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, Xalq ta’limi viloyat boshqarmasi, Farg‘ona mexanika zavodi. Talabalarni amaliyotga jo‘natish, bitiruv malakaviy va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini va ilmiy rahbarlarini tanlash, bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash ishlari mos ravishda olib borilmoqda. 2011–2012-o‘quv yilida 52 foiz bitiruv malakaviy ishlariga soha mutaxassislari rahbarlik qildilar.

Filial ARM fondida 2004 nomda 8568 nusxa kitob va 49 nomda gazeta-jurnallar mavjud. Darsliklar 750 nomda 3610ta, o‘quv qo‘llanmalar 643 nomda 4441 ta, badiiy adabiyotlar 210 nomda 517 tani tashkil etadi. ARM’da 22 ta kompyuter bo‘lib, ulardan 14 tasida barcha fanlar bo‘yicha mavjud adabiyotlarning elektron variantlari kiritilgan. Kompyuter sinfi ZiyoNET tarmog‘iga ulangan. ARM’da «IRBIS» dasturi asosida faoliyat yuritilmoqda. TATU xodimlari tomonidan SQL, JAVA asosida ishlab chiqilgan «TUIT elib» dasturi, filial olimlari va magistrantlari hamkorligida tayyorlangan elektron kutubxona ishlab turibdi. Hozirgi kunda mazkur elektron kutubxonada 80 Gb hajmdagi elektron darslik va qo‘llanmalar mavjud. Kutubxonada 68 ta fandan elektron ma’ruza matnlari, shu-ningdek, mazkur fanlar bo‘yicha elektron darsliklar va 44 fandan o‘quv mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan kliplar va elektron filmlar bor. 2012-yil boshida aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan Rossiya Federatsiyasida chop etilgan informatika, iqtisod fanlari, ingliz tiliga oid adabiyotlar sovg‘a qilingan. TATU Farg‘ona filialida 2012-yil iyun oyida Andijon hamda Namangan viloyatlari kasb-hunar kollejlari va akademik litsey informatika o‘qituvchilari uchun «Informatsion texnologiyalar va AT» yo‘nalishi bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi. Kasb-hunar kollejlarining informatika fani o‘qituvchilari malaka oshirish kursini o‘tashdi. Malaka oshirish kursiga filialdan 8 nafar professor-o‘qituvchilar jalb etildi.

Ahmad Al Farg‘oniy nomidagi viloyat Axborot Kutubxona Markazida AKT’dan foydalanish, uni AKM ish faoliyati bilan chambarchas bog‘lash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirda AKM fondi 314190 nusxani tashkil etadi. 2012-yil olti oyi davomida 2011-yil shu davriga nisbatan AKM veb-sayti bilan tanishganlar soni 6194 taga, virtual so‘rovlar soni 57 taga ortdi, axborot va nashr berilishi 1 foizga, ommaviy tadbirlar soni 3 taga ko‘paydi. Kutubxonada AKT’ni amalda qo‘llanilishi, muntazam ravishda xizmatlar sifatini yaxshilanishi natijasida xizmat turlari ko‘paymoqda va AKM faoliyati hamda taqdim etilayotgan xizmatlarni targ‘ib etish yangi imkoniyatlari yaratilmoqda. «Kutubxonachidan so‘rang» virtual ma’lumot xizmatining tashkil etilishi nafaqat sayt bilan tanishuvchilar sonining ko‘payishiga, balki bajarilgan so‘rovlar sonining ortishiga ham xizmat qilmoqda. 2012-yil 1-yarmida virtual xizmatga 70 foydalanuvchidan 77 so‘rov tushdi.

«Mustahkam oila yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, «2012-yil — Mustahkam oila yili» sahifasi o‘zbek va rus tillarida tashkil etildi va yangiliklar bo‘limi o‘zbek tilida 11ta, rus tilida 13 axborot bilan to‘ldirildi. Xorijiy adabiyotlar zali foydalanuvchilari tashabbusi bilan tashkil etilgan ikkita «Munozara klubi» va «Kinoklub» qatnashuvchilari Mustahkam oila yiliga bag‘ishlangan «Oilani qanday tashkil etish kerak?», «Mening ota-onam — mening do‘stlarim», «Mening jonajon uyim» kabi mavzularni o‘rganib chiqdilar. Shuningdek, O‘zbekistonning ta’lim tizimi, milliy udumlar, odatlar haqida suhbatlar uyushtirildi. Zamonaviy texnologiyalarni kutubxona faoliyatiga tatbiq etish xodimlardan muntazam ta’lim olish, xizmatlar turini ko‘pay-tirish va elektron resurslarni shakllantirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etadi. Shu maqsadda AKM’da kutubxonachi kadrlar malakasini oshirish katta ahamiyat kasb etadi. Xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida axborot texnologiyalari bo‘limi xodimlari AKM tarkibiy bo‘limlari xodimlarini yil davomida bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitib borildi. 22-mart kuni AKM 12 nafar tarkibiy bo‘limlar mudirlari TATU Farg‘ona filialida «Xorijiy kompaniyalar axborot resurslari taqdimoti» seminarida ishtirok etdilar.

AKM veb-saytining «Mustahkam oila yili»ga bag‘ishlangan maxsus sahifasida «Mustahkam oila yili» Davlat dasturi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, «Mustahkam oila yili» Davlat dasturi va dastur doirasida AKM’da amalga oshiriladigan ishlar rejasi o‘zbek va rus tillarida joylashtirildi.

Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida, AKM’da avtomatlashtirish tizimlarini tatbiq etish foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshiradi, AKM resurslarini qidirish va ularga taqdim etish vaqtini qisqartiradi. AKM’ning barcha bo‘limlari lokal tarmoqqa ulangan, kutubxona chati (UniChat v4. dasturi) faoliyat yuritmoqda. Har kuni AKM elektron katalogi to‘ldirib borilmoqda. Bugungi kunda elektron katalogning hajmi 117 171 yozuv bo‘lib, ulardan 114 449 — retrovvod va yangi adabiyotlar, 2237-nodir kitoblar, 485 elektron resurslar tashkil etadi. Kutubxona axborot texnologiyalarini rivojlantirish va tatbiq etish muammolari bo‘yicha viloyat kutubxonalariga amaliy va metodik yordamni amalga oshiradi. Elektron o‘quv zali sektori, huquqiy axborot sektori, axborot-bibliografiya bo‘limi, uslubiyat bo‘limi, ma’naviyat va ma’rifat sektori, xorijiy tildagi adabiyotlar zali Internet tarmog‘iga ulangan. Internet/ZiyoNET tarmog‘idan foydalanish xizmat ko‘rsatuvchi 5ta bo‘lim (jami 20 kompyuter) orqali taqdim etilmoqda. AKM’ning moddiy-texnika bazasi muntazam kengaytirib borilmoqda. Bugungi kunda kompyuterlar lokal tarmoq va Internet/ZiyoNET tarmog‘iga ulangan, bu esa nafaqat kitobxonlar uchun xizmatlar turining kengayishi, balki taqdim etiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash imkonini bermoqda. Foydalanuvchilarning kompyuter savodxonligini va Internet tizimidan foydalanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida kompyuter, printer, kseroks va skaner bilan jihozlangan Elektron o‘quv zali sektori kompyuter savod-xonligi va Internetdan foydalanish bo‘yicha muntazam ravishda mashg‘ulotlar o‘tkazib kelinmoqda.

AKT sohasida yaratilgan va yaratilayotgan shart-sharoitlar tufayli internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Bu esa mamlakatimizning jahon axborotlashgan hamjamiyatiga integratsiyalashuvini jadallashtirish, «elektron hukumat»ni shakllantirish va rivojlantirish borasida dadil odimlayotganimizdan dalolat beradi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top