Infocom.uz

Festivalning ochilishiga bag’ishlangan matbuot anjumani

Matbuot anjumanini InfoCOM.UZ jurnali bosh muharriri Ma’rufa Azizova ochdi va yig’ilganlarga tadbirga tashrif buyurganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Matbuot anjumanini festival tashkilotchilari- InfoCOM.UZ jurnali tahrir hay’ati raisi Aleksandr Suchkov, UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish Markazi direktori Jalolatdin Raximov va Mirada Software kompaniyasi direktori Rustam Valievlar olib borishdi.

Aleksandr Suchkov festival qanday o’tkazilishi, festivalning asosiy maqsad va vazifalari, Milliy “.uz”domeni Internet-festivalini o’tkazish Qoidalari, nominatsiyalari, avvalgi o’tkazilgan festivallardan farqli jihatlari, festival sayti hamda ariza berish tartibi haqidagi taqdimotni namoyish etib, ular haqda batafsil so’z yuritdi.

pic

Mirada Software kompaniyasi direktori Rustam Valiev festival tashkilotchilaridan biri sifatida festivalni onlaynda berilishi bilan bog’liq texnik masalalar ustida to’xtalib o’tdi.

Bundan tashqari, u o’z kompaniyasi haqida fikr yuritib, festival saytining ishi hamda “Jamoatchilik ovozi bo’yicha eng yaxshi sayt” nominatsiyasi onlayn va SMS-ovoz berish jarayonini qanday tashkil etilishi borasida so’zlab berdi.

Matbuot anjumani o’tayotgan vaqtda UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish Markazi direktori Jalolatdin Raximov festival saytiga kirib, yig’ilganlarga hali matbuot anjumani tugamasidanoq nominatsiyalarga ishtirokchilarni ro’yxatga olish boshlanganligi va festivalning birinchi ishtirokchi-sayti sifatida o’zbek tilini o’rganishga oid loyiha [url=http://www.onatili.uz]http://www.onatili.uz[/url] ro’yxatga olinganligini e’lon qildi.
Festival tashkilotchilari chiqishlaridan so’ng “TILLO- GARANT” MChJ (savdo belgisi WebMoney Uzbekistan) bosh direktori Bagrash Iminov so’z olib, internet-festivalni o’tkazish hamda zamonaviy axborot texnologiyarini, jumladan, elektron raqamli imzodan foydalanishni ommaviylashtirishda hamkorlik qilish maqsadida kompaniya maxsus “WebMoney LIDeR” nominatsiyasiga homiylik qilishi tashabbusini ko’rib chiqishni taklif etdi. Mazkur nominatsiya g’olibi WebMoney Uzbekistan tomonidan mustaqil aniqlanadi. G’oliblar festivalda ishtirok etish uchun qayd etilgan va Merchant WebMoney Transfer interfeysidan foydalanuvchi Milliy (.uz) resurslari orasidan tanlab olinadi.

“WebMoney LIDeR” maxsus homiylik nominatsiyasi g’olibiga .uz hududida (yillik) domen, xosting (yillik), internet-do’koni litsenzion skripti, WMT va eTM shaxsiy guvohnomasi (yillik) bilan birga, WebMoney Uzbekistan eTM to’lovlarni avtomatik qabul qilishInternet – do’koni sovrin sifatida taqdim etiladi.

pic

U hakamlar hay’ati tarkibida elektron tijorat bo’yicha mutaxassislar bo’lishi lozimligini taklif etdi. Tashkilotchilar Bagrash Iminovga minnatdorchilik bildirdilar va O’zbekiston biznes-hamjamiyati tomonidan ilgari surilgan mazkur tashabbus Uznetning rivojlanishiga hissa qo’shishiga ishonch bildirdilar.

Tashkilotchilar tomonidan festival sovrinlari fondi 5 million so’m etib belgilanganligini ma’lum qildilar. Har bir g’olibga diplom va oltin, kumush, bronzadan ishlangan taqa sovrin sifatida beriladi.

pic

Matbuot vakillari festivalni o’tkazish qoidalari, nominatsiyalar, OAV saytlarini baholash mezonlari, hakamlar hay’ati tarkibini shakllantirish tamoyillari borasida savollar bilan murojaat etdilar. Tashkilotchilar barcha savollarga batafsil javob berishga harakat qildilar.

Hozirgi vaqtda festival hakamlar hay’atini shakllantirish jarayoni bo’yicha ish boshlanganligi va 15 avgustga qadar davom etishi (saytlarni ilgari surish jarayoni yakunlanishi davriga) va hakamlar hay’atining tarkibi festival saytining “jyuri” bo’limida berilishi haqida aytib o’tildi.

pic

Bundan tashqari, festivalni o’tkazish bo’yicha barcha savollar maxsus [url=http://uforum.uz/forumdisplay.php?f=308]yuforum[/url] bo’limida muhokama etilishini ta’kidlab o’tdilar.

Festival ish boshladi! Festivalning birinchi kunidayoq 75 sayt qayd etildi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top