Infocom.uz

Foydali va zamonaviy. “Ucell” “Samsung Galaxy S III” flagmanli smartfonni taklif etadi

Koreya ishlab chiqaruvchisining eng yangi ishlanmasi qanday qiziqarli tomoni bilan maqtashga arziydi? Mutaxassislar dasturiy qulayliklar borasida “Samsung” flagmanli smartfoni raqobatdan tashqarida, degan fikrda to‘xtalmoqdalar – boshqa bitta ham android-apparat unga teng kela olmaydi. “Galaxy S III” egasining ovozini taniy oladi va uning so‘zlariga javob qaytaradi. “S Voice” texnologiyasi ilg‘or ovozli foydalanuv inerfeysni taklif etadi. U ovoz bilan uyg‘otadigan soatni boshqarish, smartfon ovozini balandligi sozlash, uchrashuvlar jadvalini tuzish, matnli xabar va elektron xatlarni jo‘natish, yoqtirgan qo‘shiqni qo‘yish, kameraga suratga olish imkonini beradi.

Smartfon, shuningdek egasining harakatlari va imolariga ham javob beradi. Masalan, agarda siz kimgadir matnli xabar jo‘natishni istadingiz, lekin keyin bu fikrdan qaytdingiz va buning o‘rniga qo‘ng‘iroq qilishga qaror qildiz. Bu holda apparat shunchaki quloqqa yaqinlashtirilganida o‘zi raqam terishni boshlaydi.

Takomillashtirilgan “S Beam” texnologiyasi Wi-Fi-ulanuvni va mobil tarmoqlar orqali ma’lumotni yetkazishni talab etmay, atigi smartfonlarga tekkan holda, turli fayllarni yetkazish imkonini beradi.

“AllShare Cast” nomli yana bir funksiya – katta displey yoki ekranda yozib olingan video-kontentni aks ettirish imkonini beradi.

Smartfon va planshet, shaxsiy kompyuter hamda televizor kabi uskunalar o‘rtasida lahzalik fayllar almashinuvi masalasi o‘ta osonlashmoqda. Buning uchun “AllShare Play” funksiyasi amal qiladi.

Umuman olganda, yangi telefonda qulayliklar va imkoniyatlar juda ko‘p. Ularning barchasidan maksimal sondagi abonentlar bahramand uchun, “Ucell” smarfonni maxsus – raqobatchi uyali aloqa operatorlari narxidan 100 ming so‘mga arzon narxda taklif qiladi. Jismoniy shaxslar uchun narxlar so‘mda, korporativ mijozlar uchun esa AQSH dollarida, QQS kiritilgan holda (buning ahamiyati kam emas) va O‘zbekiston Respublikasi MB to‘lov kuniga bo‘lgan kursi bo‘yicha taqdim etiladi.

Biroq jozibador narx – “Ucell” abonentlik paketining yagona xususiyati emas. “Galaxy S III” smartfoni xaridorlari uchun kompaniya “VIP” tarif rejasini uning aktivlashtirilgan paytidan boshlab, olti oyga bepul taklif etadi.

Faol internet-foydalanuvchilar uchun “Dropbox” onlayn-servisida 50 GB hajmdagi fayllarni ikki yil mobaynida saqlash imkoniyati yaxshi sovg‘a bo‘ladi, – qayd qiladi “Ucell”ning korporativ kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Davron Azizov. – Lekin bu bilan “Galaxy SIII” xaridorlari uchun bonuslar ro‘yxati chegaralanmaydi. Biz ularga 3000 MB bepul GPRS-trafik taqdim etamiz, bu O‘zbekiston bozorida navbatdagi noyob taklif hisoblanadi. Kompaniya korporativ mijozlarni ham unutgani yo‘q – ular ham 3000 MB bepul trafik va 3000 minut bepul daqiqa oladilar.

Shunday qilib, “Ucell” brendi yana bir bor o‘zini innovatsiyaga hamda o‘zbekistonliklarga maksimal qulayliklar yaratishga bo‘lgan intilishini tasdiqlamoqda. Mamlakat aholisiga yetakchi kommunikatsion uskunalar ishlab chiqaruvchilarining eng oxirgi ishlanmalarni taqdim qilar ekan, “Ucell” O‘zbekiston mobil aloqasi bozorini uning barcha aholisi farovonligi uchun rivojlantirishni bosh maqsad qilib qo‘yadi.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top