Infocom.uz

«GOOD’OK» xizmatining qo‘shimcha noyob imkoniyatlari

MTS-O‘zbekiston O‘zbekistonda birinchi bo‘lib kompaniyaning abonentlari ajoyib «GOOD’OK yarating» va «GOOD’OK o‘ynang» yangi servislaridan foydalana olishlari haqida ma’lum qiladi, ushbu servislar «GOOD’OK» xizmatidan foydalanishda yangi imkoniyatlarni ochib beradi.

«GOOD’OK yarating» servisidan foydalangan kompaniya abonentlari mustaqil ravishda audio-fayl yaratishlari (o‘z musiqasi, tabiat shovqini, ovozlar va hokazolarni yozib olishlari1) va kiruvchi qo‘ng‘iroqlardagi kutish gudogi o‘rniga uni o‘rnatishlari mumkin. Ya’ni qo‘ng‘iroq qilgan abonentga o‘rnatilgan uzun gudoklar o‘rniga audio-fayl eshitiladi. «GOOD’OK yarating» servisidan foydalanish uchun abonent «GOOD’OK» xizmati WEB-portalidagi «Shaxsiy kabinet»ga kirishi kerak.

Ko‘chiriladigan Shaxsiy kontent parametrlari:
• Ko‘chiriladigan faylning maksimal hajmi – 0,47 Mb,
• Fayl formati – wav,
• Musiqa vaqti – 40 soniya.

Har bir Shaxsiy musiqani ko‘chirish va undan foydalanish narxi har oyda QQS bilan birga (ushbu soliq to‘lovchilari uchun) $3,00, (musiqa moderatsiyadan o‘tgandan keyin har 30 kunda 1 marta).

«GOOD’OK o‘ynang» servisidan foydalangan abonent chiquvchi qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirganda u uzun gudoklar o‘rniga o‘ziga yoqqan musiqani o‘rnatib (o‘z musiqasini yozib olishi, GOOD’OK xizmati katalogidan o‘ziga yoqqan musiqani tanlashi) tanlagan musiqasini eshitishi mumkin.

Abonent www.goodok.mts.uz saytidagi o‘zning shaxsiy kabinetida chiquvchi qo‘ng‘iroq uchun musiqa o‘rnatishi mumkin. Buning uchun saytda avtorizatsiyadan o‘tgandan keyin «Mening musiqalarim» – «Sozlashlar»ga o‘ting, chapda «Good’Ok o‘ynang» – «YOQISH/O‘CHIRISH “GOOD’OK” o‘ynang» opsiyasini tanlang.

Chiquvchi qo‘ng‘iroq qilganingizda gudok o‘rniga musiqa yangraydigan qilib uni sozlash uchun «Musiqalar o‘rnatish» bo‘limida «Kengaytirilgan sozlashlar» bandini tanlang va kerakli sozlashlarni tanlang.

Good’Ok xizmatini va «Good’Ok o‘ynang» opsiyasini yoqish – $0

Abonent ko‘chirib olingan musiqa haqini to‘laydi xolos.

Izoh
1 Foydalanuvchi ko‘chirgan Shaxsiy kontent O‘zR qonunchiligiga muvofiq kelishi operator tomonidan albatta tekshiriladi (haqorat so‘zlari, reklama va hokazo).

Chiquvchi qo‘ng‘iroq qilganingizda yangrashi kerak bo‘lgan musiqa faqat Good’Ok xizmatidan foydalanuvchi MTS-O‘zbekiston abonentiga qo‘ng‘iroq qilgandagina yangraydi.

GOOD’OK xizmati va yangi servislar hamda musiqa buyurtma qilish narxi haqida batafsilroq ma’lumotni www.mts.uz saytida, 0890 raqami orqali Aloqa markazida yoki abonentlarga xizmat ko‘rsatuvchi ofislarda olish mumkin.

Abonent telefon o‘rniga o‘rnatib olishi mumkin bo‘lgan musiqalarning to‘liq ro‘yxatini www.goodok.mts.uz saytida ko‘rish mumkin.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top