Infocom.uz

Haqiqiy UzNet mana shu yerda!

Afsuski, UzNet doirasida faqatgina o’zbek tilidagi resurslarni jamlangan holda ko’rsatib beruvchi katalog-sayt ham mavjud emas, yoki faqatgina o’zbek tilidagi resurslarni indeksatsiya qilgan qidiruv tizimi ham mavjud emas. Shuning uchun ma’lum bir yo’nalish bo’yicha o’zbek tilidagi saytlarni topish yetarli muammolarni tug’dirmoqda.
Ko‘pchilik internet foydalanuvchilariga ma’lum bo’lgan [url=www.banya.uz]banya.uz[/url] sayti mavjud. Bilmaganlar uchun eslatib o‘tmoqchiman, ushbu sayt UzNet doirasidagi rus tilida bo‘lgan turli xil verbsaytlarning so‘nggi maqolalarini bir yerda jamlangan holda ko‘rsatib beradi. O‘quvchi esa sayt orqali qaysi saytlarda yangi maqolalar paydo bo‘lganligi, uning mazmunini mavzu nomlari orqali bilib, hohlasa to‘liq o‘qish uchun kerakli saytga o‘tadi. Xorijiy saytlarning to‘plami sifatida esa mashhur [url=www.popurls.com]popurls.com[/url] sayti mavjud. Shunga o’xshash vebsaytlar juda ham ko’p, lekin o’zbek tilida bunday sayt mavjud emas edi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, o‘zbek tilidagi resurslarning ham mana shunday jamlanmasini tuzish maqsadida, tajriba sifatida yangi bir loyiha ishga tushirildi. Loyihaning manzili – [url=http://www.uzblogger.com/uznet]www.uzblogger.com/uznet[/url].

pic

Hozircha ushbu sahifada o‘zbek tilidagi bir nechta resurslar tegishli mavzu bo’yicha bo’limlarga biriktirilgan. Ayni damda [url=http://uzblogger.com/uznet/index.php]IT/Hi-Tech[/url], [url=http://uzblogger.com/uznet/news.php]Yangiliklar[/url], [url=http://uzblogger.com/uznet/sport.php]Sport[/url], [url=http://uzblogger.com/uznet/entertainment.php]Shou-biznes[/url] hamda [url=http://uzblogger.com/uznet/religion.php]Din va madaniyat[/url] bo’limlar mavjud. Ushbu bo’limlarda o’zbek tilidagi ko’zga ko’ringan vebsaytlar va bloglar ko’rsatib o’tilgan. Bundan tashqari foydalanuvchilar uchun oz bo’lsa ham, foydali qulayliklar yaratilgan. Masalan, har bir foydalanuvchi o’z hohishiga ko’ra saytdagi matn hajmini kattalashtirish yoki kichiklashtirish imkoniga ega, yoki o’zi hohlagan boshqa-bir resursni mavjud saytlar ro’yxatiga kiritishi mumkin; buning uchun saytning quyi qismida joylashtirilgan bog’ orqali sayt muallifiga o’zi hohlagan sayt manzilini yuborishi kifoya.

Bu kabi qulayliklar doimiy ravishda qo’shib boriladi. Chunki bu loyihadan umidim juda ham katta. Kelgusida ushbu loyihaning qulayliklarini yana ham kengaytirilishi kutilmoqda. Masalan, har bir foydalanuvchi uchun alohida hisob ochib, saytning to’la nazoratini foydalanuvchining o’ziga beriladi. Bunda foydalanuvchi istagan sayt manzilini kiritishi yoki olib tashlashi, o’ziga yoqqa maqolani do’stlari bilan o’rtoqlashishi, unga ovoz berishi va shunga o’xshash yana bir qancha harakatlarni amalga oshirishi mumkin bo’ladi. Bundan tashqari istagan foydalanuvchi mana shu resursni rivojlantirish jarayoniga o’z hissasini qo’shishini hohlar edim. Buning uchun qanday qulayliklar lozim, qanday o’zgartirishlar kiritish kerakligi haqida yozib yuborishsa, [url=http://www.uzblogger.com/2008/03/29/uznet-blogroll.html]loyiha muhokamasida[/url] ishtirok etishsa, bag’oyat hursand bo’lar edim.

Yuqorida aytib o’tganlarimga qo’shimcha qilib shu narsani takidlamoqchimanki, ushbu loyihadan ko’zlangan maqsad endigina Internet olamiga kirib kelayotgan o’zbek foydalanuvchilari uchun qulay va foydali resurs yaratib berishdir. Umid qilamanmki, ushbu loyiha Internetga yangi kirib kelayotgan o’zbek foydalanuvchilari uchun muhim resurs bo’lib qoladi va ularning keying rivojlanishiga, ushbu sohada bilimlarini oshirishiga turtki bo’ladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top