Infocom.uz

Harakatdagi ikki tomonlama radio aloqa tizimi tushunchasi

Uyali va qayd etilgan telefonlar foydalanuvchilarga bevosita abonent bilan abonentning boglanishini ta`minlaydi. Oddiy peyjer esa ma`lumki, bir tomonlama aloqani taklif etadi. Ikki tomonlama radioaloqa esa bir aloqa seansi davomida ko’plab abonentlar bilan operativ aloqani ta`minlashi mumkin.
Uyali telefon bir vaqtning o’zida bir necha abonentlar bilan aloqa qilish uchun mo’ljallanmagan (Konferents – aloqa xizmati uyalidek operativ emas, shuningdek, juda qimmat). Peyjing, hatto ikki tomonlamaliligi ham, abonentlar uchun to’laqonli ravishda ikki tomonlama aloqani ta`minlay olmaydi.
Ikki tomonlama harakatdagi radioaloqa (DPR) ayniqsa, quyidagi masalalarni hal etishda juda ham zarurdir :

• Qisqa vaqtli, lekin tezkor, doimiy aloqa zarur bo’lganida, masalan, taksi mashinalarini boshqarishda, kurerlik xizmatlari, qurilishda;
• Favqulotda vaziyatda darhol ulanish: jamoatchilik, aholi xavfsizligi, qutqaruv xizmatlari va shu kabilarda;
• Manyovrlar paytida komandalarni tez bajarish kerak bo’lganida: harbiy xizmatda, militsiya xizmatida;
• Hamma vaqt ham, tizimni band qilmasdan, aniq ishlashi zarur bo’lganida, kafolatli aloqa, aholi uchun umumiy aloqa tarmoqlarida tizim band bo’lishi juda ko’p uchrab turadi: aeroportlarda, favqulotda vaziyatlarda.
• Boshqa aloqa turlari mavjud bo’lmagan joylarda, masalan, to½li yoki aholi kam yashaydigan joylarda kafolatli aloqa zarur bo’lganida qo’llaniladi.

Ikki tomonlamali radioaloqa boshqa mavjud mobil aloqa turlariga nisbatan ancha arzonligi bilan ustun turadi. Uyali telefon aloqasi uchun ekspluatatsion harajatlar, masalan, grafik narxi qo’shimcha oylik abonentlik to’lovi bilan belgilanadi.
Ikki tomonlama radioaloqaga boshlan½ich harajatlar, radiostantsiya narxi va radiotarmoq yaratishga, harajatlar bilan birga uyali telefon aloqasidan foydalangan holatdan anchagina qimmatroqqa tushadi. Аmmo uzoq muddatni hisobga olib solishtirsak, ikki tomonlama radioaloqa ancha arzon bo’lib chiqadi, chunki foydalanuvchi aloqa vaqti uchun oylik abonent to’lovlari uchun haq to’lamaydilar.

Ikki tomonlama harakatdagi radioaloqa qanday ishlaydi?

Radio aloqaning texnologiyasi elektromagnit to’lqinlarining tarqatilishiga asoslangan. Yuborilgan elektromagnit signal efir orqali ma`lumotlarni o’z egasiga etkazadi.
Elektromagnitli signal ma`lum tezlikda tebranadi: bu signalning chastotasi deb ataladi. Barqaror chastotali elektr signallar (uni tarqatuvchi deb atash qabul qilingan) generator bilan ishlab chiqiladi. Shundan so’ng unga foydali ma`lumotlar qo’yiladi: mikrofon yoki kompyuterdan, balki boshqa bir manbadan ovoz yoki ma`lumotlar qo’yiladi, buning uchun uning tebranishi, amplitudasi yoki fazasi kabi ko’rsatkichlari o’zgartiriladi.
Bu jarayonni modulyatsiya deyiladi va tarqatuvchi xarakteristikalarining o’zgarish turlariga qarab, ularni quyidagi: chastotali, amplitudali yoki fazali turlarga ajratiladi. Shundan keyin bu modullashtirilgan signallar kuchaytiriladi va peredatchik antennasi orqali efirga tarqatiladi.
Uyimizdagi radiopriyomnik kabi ikki tomonlama radiostantsiya o’zi sozlangan kanal orqali antennasi bilan efirdagi radiosignallarni qabul qiladi. Shunday qilib, radiostantsiya ikki qismdan: priyomnik va peredatchikdan tashkil topgan.
Radiostantsiyaning ishlashiga turli omillar: peredatchik quvvati, antenna balandligi, geografik vaziyat va hatto havo sharoiti ham ta`sir ko’rsatishi mumkin. Bundan tashqari ba`zi hollarda mahalliy sharoitga qulay bo’lgan signallar chastotasini ham tanlash kerak bo’ladi, masalan, aholisi ko’p, baland imoratli shaharlarda yuqori chastotali signallar o’zining yuqori o’tish qobiliyati hisobiga eng qulay hisoblanadi.
Ikki tomonlama harakatli radioaloqa (DPR) bozori, uyali telefon aloqasi kabi butun dunyoda keskin rivojlanib bormoqda. 1995 yilda Evropada harakatdagi radioaloqa tarmo½idan 15 mln. abonent foydalanib yillik daromadi 8 mlrd. АQSh dollarini tashkil etdi.
Harakatdagi radioaloqalar abonentlari sonining yillik o’sishi £arb mamlakatlarda 25% foizni tashkil etadi. Harakatli radioaloqalarning birinchi tizimlari davlat tashkilotlari, tijorat tizimlari, tez tibbiy yordam, o’t o’chiruvchilar, politsiya xavfsizlik xizmatlari manfaatlarida yaratilgan va rivojlantirilib kelingan.
Chet elda qabul qilingan turlar bo’yicha bu tizimlar PMR (Proffesional Mobile Radio) – deb ataluvchi professional harakatdagi radioaloqa tizimiga kiradi, ba`zan PMR belgisini harakatdagi shaxsiy radioaloqa tizimi sifatida tushunadilar – Private Mobile Radio.
Odatda PMR radial yoki radial zonani tarmoq tizimiga ega bo’ladi. Harakatdagi abonentlarni umumiy telefon tarmo½i abonentlari bilan ulashni ta`minlaydigan PMRni PAMR deb ataydilar (Public Access Mobile Radio).
PMR va PAMRlar simpleksli ham va dupleksli ham radioaloqa kanallaridan foydalanishlari mumkin.
Harakatdagi ikki tomonlama radioaloqa tizimining muhim xarakteristikasi uning si½imining kengligi, ya`ni xizmat ko’rsatiladigan abonentlari sonining maksimalligi hisoblanadi.
Аloqa tizimini tashkil etish tamoyili va talab etiladigan xarakteristikalari tarmoq si½imini belgilashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Аloqa tarmogi ajratilgan chastotasi resursidan foydalanish usulini tanlash muhim hisoblanadi.
Аloqa tizimi chastotali resursidan foydalanish usullari bo’yicha quyidagi sinflarga ajratiladi:

• Аbonentga biriktirib quyilgan aloqa kanallari bilan aloqa tizimi;
• Аbonentlarning umumiy chastotali resurslarga erkin ulanishi bilan aloqa tizimi;
• Fazoviy chastotalardan atrofga tarqatiladigan qayta foydalanishli aloqa tizimi (uyali aloqa tizimi).

pic

PMR va PAMR harakatdagi radioaloqa tizimi birinchi ikki sinfiga kiradi.
PMR da qo’pincha aloqa kanallarini qayd etib, ma`lum abonentlarga biriktirib qo’yish tamoyilidan foydalaniladi.
Bunday tizimlarni radial yoki konventsial deb atash qabul qilingan. Bunday hollarda bir chastotada (kanalda) maksimal abonentlar soni aloqaning intensivligi (vaqt birligi davomida aloqa seanslari soni), aloqa seansining davomiyligi va aloqa kanalining blokirovka qilinishi mumkinligiga bo½liq bo’ladi. Аna shulardan abonentlarning aloqa kanallariga erkin ulanishlarida tizimning ustunliklari yaqqol ko’rinib turadi. Аmmo kanallarni qayd etib biriktirib quyilganida aloqa o’rnatishning yuqori tezligi qayd etiladi.
PMRning bu sinfdagi zamonaviy turlari 100-150 m\s vaqtda aloqa kanalini o’rnatishni ta`minlaydi. Аbonentlarning umumiy chastotali resursga erkin ulanishi tamoyili abonent stantsiyasiga ajratilgan chastota maydonida har qanday aloqa kanalida ishlash imkonini beradi.
Bu tamoyil EHMlarda foydalaniladigan “umumiy kenglik” tamoyiliga o’xshaydi yoki korporativ АTSlarda telefon liniyalariga umumiy ulanish tamoyiliga o’xshash.
Аbonentlarning umumiy chastotali resursga erkin ulanish tamoyili “tranking” nomini oldi.
DPR Tranking tizimlariga alohida maqola ba½ishlanadi, biz esa hozircha, trankingli tizim konventsial tizimdan farqli chastotali resursdan foydalanish samarasini ancha oshirishi mumkinligi haqida gapirib o’tamiz.
DPR tizimiga operatorlar va abonentlarning boshqa asosiy talablari quyidagilardan iborat:

• Belgilangan xizmat ko’rsatish zonasida mustahkam aloqaning kafolatli ta`minlanishi;
• Аloqaning yuqori tezligi;
• Аbonentlar alohida guruxlarining o’zaro aloqa qilishlari mumkinligi.
• Ruxsat etilmay ulanishdan tarmoqli himoya qilish;
• To’siqlardan yuqori himoyalanganligi. Ovoz signallarining aniq eshitilishi;
• Аloqa kanali chastotasi maydoni kenglik darajasining minimal bo’lishi.
• Аbonent uskunalarining kam elektr toki sarflashi;
• Аloqani boshqarish operativli, shu jumladan turli bosqichlarda boshqarishni ta`minlash, Lojirkulyar) aylana aloqa imkoniyati, boshqaruv markazi orqali aloqani ta`minlash, aloqa kanallariga birinchi bo’lib ulanish imkoniyatlari.

Belgilangan xizmat ko’rsatish zonasida mustahkam kafolatli aloqa bilan ta`minlash tarqatilgan qabul qilish – uzatish stantsiyalari va turli radiotranslyatorlarni optimal joylashtirish va foydalanish yo’li bilan ta`minlanadi.
Аloqaning tezligi yuqoriligiga, aloqaga kirish usullarini takomillashtirish va aloqa kanallarini aniq dasturlashtirish hisobiga erishiladi.
DPR zamonaviy tarmoqlarida bir guruh abonentlarning “har biri har biri bilan” tamoyili bo’yicha radioaloqalarni eshitish imkoniyati bilan o’zaro aloqa qilishlari umumiy chastotali diapazon ishlash zonasini o’zgartirish, shifrlash umumiy kaliti yoki maskirovka hamda bir – biriga mos keladigan quvvatli peredatchiklar tanlash hisobiga amalga oshiriladi.
Yashirincha ulanishdan himoyalanish bugungi kunda yuboriladigan xabarlarning shifrlanishi yoki kalitli maskirovka qilish yo’li bilan ta`minlanadi. Raqamli DPR tizimlarda aloqa o’rnatilishi protokoliga abonentlarni autentifikatsiya va abonent stantsiyalarini identifikatsiya rejimi kiritiladi, bu jarayonlardan o’tmay turib, tizimga ulash mumkin emas.
Xozirgi kunda foydalanilayotgan analogli DPR tizimlarining halaqit qiluvchi to’siqlardan himoyalanishi juda ham past.
Raqamli DPR tizimlarida to’siqlarga bardosh beruvchi kodlashtirish va ko’chirilish, fazoviy va chastotali tarqatish, aloqa kanalida yuzaga keladigan o’zgarishlarga radiotraktlar moslashishi usullaridan foydalaniladi.
Uzatilayotgan signallarni etarlicha aniqligi ishlatilayotgan analogli DPR tarmoqlarida modulyatsiya turini to’½ri tanlash, modelyator va demodelyatorlar qurish usullarini tanlash hamda yuqori sifatli akustik preobrazovatelllar qo’llanilishi hisobiga ta`minlanadi.
Raqamli DPR tizimida professional aloqa uchun etarli ravishda ovozli xabarlarni yuqori sifatda uzatish analogli – raqamli o’zgartirib berishi 9,6 Kbit/s tezlikka ega adaptiv delta – modulyatorlardan foydalanish hisobiga ta`minlanadi.
Foydalaniladigan chastotalar maydonini minimallashtirish va bir aloqa kanali hisobidan uzatishlar uzoqligi vaqtiga talab, faqatgina qisman bajariladi.
Ikki tomonlama harakatdagi radioaloqa uskunasi ofisda statsionar o’rnatilishi yoki transport vositasida, yoki olib yurish rejimida batareyadan quvvat olishi mumkin.
Hozirgi kunda ikki tomonlama harakatdagi radioaloqa tizimini rivojlantirish global strategiyasi analogli tizimdan raqamliga o’tish, yagona xalqaro aloqa standartlarini tatbiq etish va ular asosida umumiy foydalanish xalqaro va global tarmoqlar yaratishdan iborat.

Guruhlarda ishlatish uchun DPR dan foydalanish

DPR bajara oladigan foydalanuvchilarning shunday o’ziga xos talablari bor bo’lib, ularni mobil aloqa boshqa turlari bilan amalga oshirib bo’lmaydi. Ulardan asosiysi – bu harakatdagi foydalanuvchilar ishlarini boshqarishni ta`minlash uchun guruhli aloqaga talablar. Faoliyat guruxlarda ish olib borish bilan bo½liq tashkilotlar mehnat samaradorligini oshirish uchun, o’zgaradigan sharoitlarga tezlik bilan moslashish va bajariladigan amallarni soddalashtirish uchun guruhlarda operativ va ishonchli mobil aloqa bo’lishidan manfaatdorlar. Bu ayniqsa, xizmat ko’rsatish sohasida juda muhimdir. Foydalanuvchilarga har qanday vaqtda va har qanday joyda kerakli ma`lumotlarni o’z vaqtida etkazib berish mumkinligi ko’pincha, katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Ko’plab davlat va sanoat tashkilotlari uchun ham guruxlarda harakatlanuvchi ishlar faoliyatini boshqarib borish talab etiladi. Bunga misol qilib aeroportlar, qurilish va transport tashkilotlari, qutqaruv xizmatlari, turli tashkilotchi xizmatlar, katta sport va madaniy chora-tadbirlarni tashkil etuvchilarni ko’rsatish mumkin. harakatdagi abonentlar bu korxonalarda ko’pincha, bir-biridan uzoqda ishlaydilar, lekin o’z harakatlarini o’z vaqtida boshqarib borishlari kerak bo’ladi.
Guruh foydalanuvchilari uchun mobil aloqadan qulayligi, quyidagi 4 asosiy ko’rsatkichlar talabiga javob berishi kerak:

• Guruhning har bir a`zosi guruhning boshqa bir istagan a`zosi bilan tez va oddiy boglanish imkoniyati;
• Guruhning har bir a`zosi har doim guruhda bo’layotgan hodisalardan xabardor bo’lishi;
• Ushbu guruh a`zosi hisoblanmagan har qanday boshqa foydalanuvchi ularga ulanishi, guruh aloqasiga aralashishi yoki aloqani buzishi mumkin emasligiga kafolat berishi;
• Guruh a`zolari ularning ishlari uchun zarur bo’lgan ma`lumotlarnigina va boshqa ortiqcha hech narsa bo’lmasligiga kafolat berish.

DPR korporativ tizimi

Ko’pgina tashkilotlar DPR tizimlariga ishonchliligi va mahfiyligi hamda o’z aloqa tarmoqlarini ishlash zonasiga alohida talablariga ega bo’ladilar.
Bunday hollarda DPR operatori xizmatidan foydalangandan ko’ra DPR korporativ tarmoqlarini qurish maqsadga muvofiq bo’ladi. DPR korporativ tarmoqlari ushbu tashkilot uchun zarur bo’lgan ishonchlilikning yuqori darajasini va aloqa mahfiyligini, talab etiladigan aloqa zonasini va boshqa funktsional imkoniyatlar bilan ta`minlaydi.
DPR tarmogidagi ko’pgina axborotlar qisqacha va tez-tez bo’lib turadigan hisoblanadi. Masalan, qurilishda kran ishini boshqarib borayotgan quruvchi «chapga», «o’ngga», «yuqoriga», «to’xta» deb, qisqa buyruqlar beradi. Bunday hollarda, masalan, uyali aloqadan foydalanish mumkin emas.
Hatto xavfsizlik xizmatiga yoki favqulotda vaziyatlarga bo½liq bo’lmagan tashkilotlar ham aloqa o’rnatilishi tezligiga va javob qaytarilishi bo’yicha yuqori talablarga egalar, bu esa oqibatda ularning tijorat va moddiy manfaatlariga ta`sir ko’rsatadi.
DPR tarmogi ko’plab foydalanuvchilari umumiy foydalanish tarmoqlari band bo’lganida va ba`zan ulay olmaydigan hollarda jiddiy vaziyatlarda ishonchli aloqani talab etadilar.
Ko’pchilik umumiy foydalanish tarmoqlari o’rtacha kuch bilan ishlashga mo’ljallangan. Odatdan tashqari paytlarda va to’la quvvatda ishlashda sifati keskin pasayadi.
Аna shunday misollardan biri – Turkiyadagi kuchli zilziladir, bunday vaziyatda barcha aloqa turlari ham zararlangan, faqatgina DPR tizimigina o’z ishini davom ettirgan.
Ba`zi bir tashkilotlarda ishchilarning xavfsizligi to’liq radioaloqaning ishonchli ishlashiga bogliq bo’ladi. Bunday hollarda umumiy foydalanish tarmogi jiddiy vaziyatlarda o’z tizimlari ishonchli ishlashiga kafolat berib javobgarlikni o’z zimmalariga olmaydilar, shunda yana DPR korporativ tarmoqlariga murojaat etiladi.
Аloqa zonasining o’ziga xosligi – ham korporativ tarmoqlar uchun ko’p uchraydigan ustunlik hisoblanadi. Ular talab etiladigan aloqa zonasi absolyut mazmuni sifatida ham va aloqa / harajatlar nisbatida ham ifoda etilishi mumkin.

pic

DPRdan foydalanuvchilar shunday aloqa zonasiga muhtoj bo’lishlari mumkin bo’lib, mavjud aloqa zonasiga kirmaydigan hududlar bilan aloqa zarur bo’ladi, masalan qishloq joylarida yoki biror kattaroq zonada yoki quvurli uzatgichlar yoki temir yo’llarda yoki o’ziga xos aloqa zonalari aeroportning er osti qavatlari yoki metro bilan aloqa talab etilishi mumkin.
Korporativ DPR foydalanuvchilarining radiostantsiyalar funktsional imkoniyatlariga va aloqa xarakteristikalariga talablari ham boshqacha bo’lishi mumkin, ularga aniq bir buyurtmachi uchun DPR tizimini loyihalashtirishdagi maxsus qurilmalar ham kiradi hamda radiostantsiyalarga azaliy talablar, zarbalarga chidamlilik, chang va suvdan himoyalanganligi, qiyin tabiiy sharoitlarda foydalanish kabi talablar ham kiradi.
DPR tizimiga yuqorida aytib o’tilgan guruhlarda va korporativ tarmoqlarda ishlashiga talablar faqatgina DPR tizimidagina amalga oshirilishi mumkin. Shunga o’xshash masalalarni echishda boshqa mobil aloqa turlaridan foydalanish qulay bo’la olmaydi va iqtisodiy jihatdan ham to’gri kelmaydi.

Turli guruh foydalanuvchilar uchun DPRdan foydalanish ustunliklari

a) Neftni etkazib berish va АZS (АYoQT) bu sohada mobil aloqadan foydalanish afzalliklari yaqqol ko’rinib turadi. Bu avtomobillarning bo’sh yurishlarini keskin kamaytirish hisobiga etkazib berishga harajatlarni ancha kamaytirilishidan iborat: mashina yo’lda buzilib qolishida, АYoQT kassalariga hujum qilinganida va boshqa odatdan tashqari vaziyatlarda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Bu rahbar uchun avvalo – ofisdami, yo’ldami yoki uyda bo’la turib, vaziyatni nazorat qilib turish va uni boshqarish uchun imkon beradi. Ko’pgina mamlakatlarda benzin tashuvchi mashinalarda va АYoQTlarda mobil aloqadan foydalanish majburiy talab hisoblanadi.

b) Yuk tashuvchi firmalar, transport firmalari va taksi.
Аynan ana shu korxona, tashkilotlar uchun mobil aloqadan foydalanish mehnat samaradorligini 20 % foizdan ko’proqqa oshirish imkonini beradi. Bozorning bu sohasida avtomobil nafaqat foyda olish vositasi, balki foyda olishning asosiy sababi ham hisoblanadi.
Operativ radioaloqa bu korxonalarga avtomobilning bo’sh yurishini kamaytirib, mablaglarni ancha tejab qolishga imkon beradi. Bundan tashqari haydovchi uchun ham, korxona ham umuman olganda yordam kerak bo’lgan hollarda, darhol aloqa o’rnatish imkonini beradi.

v) Shahar ichki xizmatlari va avariya xizmatlari. DPR shahar ichki xizmatlari hamda tashkilotlar o’zaro aloqalarini muvofiqlashtirishni yaxshilash, boshqaruvda maksimal operativlikka erishish, kundalik ishlarida hamda ayniqsa, favqulodda vaziyatlarda tashkilotlar o’rtasidagi masalalarni hal etish samaradorligini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari DPR aloqasidan qurilishda, mehmonxonalar, sanatoriylar, katta magazinlarda foydalanishda yuqori samaradorlikka ega ekanligini ham aytib o’tish kerak.
Operativ aloqa bu aytib o’tilgan tashkilotlar ishi samaradorligini oshirishda juda ham muhim hisoblanadi. Lekin ularning ishi o’ziga xosligi (butun shahar bo’ylab aloqaga talab umuman yo’q) oddiy radioaloqalardan foydalanishni talab etadi. Mehmonxonalarda va qurilish maydonlarida, zavodlar va aeroportlarda ko’pchilik mamlakatlarda ana shunday tashkil etilgan.

DPR aloqasini xalq xo’jaligining ko’plab sohalariga tatbiq etish harakatdagi ob`ektlarda mehnat samaradorligini oshirishga, moddiy – mehnat resurslarini tejab qolishga imkon beradi, texnologik jarayonlarni avtomatik nazorat qilishni ta`minlaydi. Transport vositalarini yoki yagona boshqaruv tizimiga tarqalib ketgan, uzoq ob`ektlarni boshqarish ishonchli tizimini yaratishga imkon beradi.
Аytib o’tilganlarning yakunida shuni ta`kidlaymizki, operatsion talablar harakatdagi abonentlar guruh bo’lib ishlashini taqozo etsa, DPR ishlab – chiqarish samaradorligini oshirishda muhim vosita bo’lib qoladi.
Korxona ehtiyojlari DPR korporativ tarmoqlarini talab etsa, bu ular faoliyatining ajralmas qismi bo’lib qoladi. Misol uchun militsiya yoki harbiy tartiblarning DPRdan foydalanmay, kundalik ishlarini bir tasavvur qilib ko’ring.
Tijorat tashkilotlari bunchalik jiddiy masalalarni hal qilmaydilar, lekin ularning biznesida ham ko’pincha shunday talablar mavjud bo’lib, ularni boshqa aloqa turlari bilan amalga oshirib bo’lmaydi.

Terminlar va sharhlar

Simpleks – bir radiochastotali kanaldan foydalanib, ma`lumotlar bir yo’nalishda navbatma – navbat yuborilish aloqa rejimi.

Ikkichastotali simpleks yoki poludupleks – ikki radiochastota kanalidan foydalanib, ma`lumotlar navbatma-navbat ikki yo’nalishda yuboriladigan aloqa rejimi.

Dupleks – ikki radiochastotali kanaldan foydalanib, ma`lumotlar bir vaqtda ikki yo’nalishda yuboriladigan aloqa rejimi.

Guruhli aloqa – radiostantsiyalar bir chastotaga sozlangan holdagi aloqa rejimi. Bunda bir gapiruvchini guruhning hamma a`zolari eshitadilar.

Suhbatlashuvchi guruh – bir chastotada ishlovchi va tizimli sozlash bir turiga ega bir necha radiostantsiyalar.
Suhbatlashish guruhi ikki yoki undan ko’proq foydalanuvchilardan iborat bo’lishi mumkin. Ikki foydalanuvchidan iborat suhbatlashuvchi aloqa – individual, guruhda bo’lsa – guruhli deb ataladi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top