Infocom.uz

ICTExpo-2008 ko’rgazmasi ish boshladi

Ko’rgazma ochilishida O’zbekiston respublitkasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar bo’yicha axborot tahlil departamenti mudiri A.Ishanxo’jaev va Birlashgan Millatlar tashkilotining Doimiy koordinatori, O’zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturinining doimiy vakili j-b E.Murat ishtirok etdilar.

pic

Ta’kidlanishicha, mamlakatimizda har yili o’tkazib kelinayotgan Milliy ko’rgazma axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi eng so’nggi yangiliklarni namoyish qilishning nufuzli maydoniga, hamda aloqa va axborotlashtirish sohasi mutaxassislarining uchrashuv joyiga aylanmoqda. Keng jamoatchilik qatlamlari: olimlar, o’qituvchilar, talabalar va boshqalar ko’rgazmaga katta qiziqish uyg’oitb kelinmoqda.

Shuningdek, aytishlaricha, yil sayin ko’rgazma maydoni va qatnashuvchilar soni ortib bormoqda va bugungi ko’rgazma stendlarining umumiy maydoni bir yarim ming kvadrat metrni tashkil etadi, eksponatlar soni o’tgan yildagidan 22 foiz ortiq bo’lib 110 taga etdi.

Ishtirokchi-kompaniyalar ko’rgazma qatnashchilari uchun axborot texnologiyalari sohasidagi eng so’nggi ixtirolarni, shu qatorda yangi vujudga kelayotgan xizmat turlari va qarorlar bilan yaqindan tanishtirmoqda. Ko’rgazmada qatnashayotgan mahalliy kompaniyalar bilan bir qatorda Rossiya, Ukraina, Xitoy, Avstriya, Germaniya, Koreya, Vengriya va boshqa qator kompaniyalarning vakillari faol qatnashmoqda.

Ko’rgazmaning dasturlari keng va xilma –xil bo’lib, o’z ichiga ta’limga yo’naltirilgan seminar, davra so’hbatlari va ko’ngilochar dasturlar rejalashtirilgan.

pic

Toshkent va Andijon shaharlaridagi ko’rgazma zallari orasida video-aloqa tashkil etildi. Bu esa, o’z navbatida ko’rgazmaning ikkala tomonidagi eksponantlar bilan yaqindan tanishishga imkon yaratdi. Ko’rgazmaning Andijon shahridagi ochilishida Andijon viloyati hokimi o’rinbosari Sh.Ibrogimov ishtirok etdi.

Ko’rgazmada jahonning ilg’or brendlari sanalgan Motorola, Nokia Siemens Networks, Xitoynnig Huawei va ZTE Co. Kompaniyalar o’z stendlari orqali keng namoyish etdi. Ular qatorida mahalliy AT kompaniyalari, jumladan USD-Micros, Agata-Impex, Sharifa-T, Fido-bizness, PAYNET, e-karmon, KOINOT, FORTEK, NetDec va boshqalar ham qatnashmoqda. Ko’rgazmada shuningdek, «MTS-Uzbekiston», «Bilayn», Coscom (U cell), East Telecom, Shark Telecom, «Uzbektelekom mobile» kabi aloqa operatorlarining stendlari ishtirokchilarni diqqat e’tiborini keng jalb etmoqda.

pic

O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tizimidagi kompaniya va tashkilotlari ham o’zlarining ko’rgazmalarini keng namoyish etishmoqda. Jumladan, Fan texnika va marketing tadqiqotlari markazi, «UZINFOCOM» markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo’llab –quvvatlash markazi va boshqalardir.

O’zbekistondagi Oliy o’quv yurtlarining ilm fan sohasidagi salohiyati keng namoyish etildi. Ko’rgazmada ishtirokchilar e’tiboriga mahalliy telemeditsina sohasidagi erishilgan yutuqlarni atroflicha so’zlab berilmoqda.

Ko’rgazmaning ikkinchi kunida “O’zbektelekom” AK stendida R.Qosimjonov va Andijon shaxmatchilari bilan o’rtasida on-layn turnir o’tkazilishi rejalashtirilgan.
Ko’rgazma davomida turli doiradagi masalalarga bag’ishlangan ilmiy-texnikaviy konferentsiya, simpozium va davra so’hbatlari o’tkazilishi, dastur taqdimotlari va sohadagi so’nggi yutuqlar haqida tajriba almashish kabi tadbirlar o’rin olgan.

Ko’rgazmaning uch kunlik ishi davomida 20 ming kishi qatnashishi rejalashtirilgan.

pic

«ICTExpo-2008» ko’rgazmasi axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishida erishilgan yutuqlarni namoyish qilish, axborotlashtirish jarayonlarini rivojlantirish uchun imkon yaratadi.

Ko’rgazma 2008 yil 26 sentyabrga qadar davom etadi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top