Infocom.uz

Ijtimoiy tarmoqlarning 100 000 dan ortiq foydalanuvchilari Beeline Uzbekistanni tanladilar

“Telekom – eng dinamik rivojlanayotgan sohalardan biri va bu bozorda axborot berish tezligi alohida ahamiyatga ega, – deydi Unitel MCHJ Bosh direktori Andrey Safronyuk. – Brendimizning ijtimoiy tarmoqlarda yetakchiligi “Bilayn”ga abonentlarni istalgan muhim voqealardan deyarli darhol xabardor qilgan xolda, oxirgi voqealardan voqif qilish imkoni kabi ajoyib afzallikni taqdim etadi”.

Eslatib o‘tamiz, “Bilayn” eng ommalashgan ijtimoiy tarmoqlardagi vakolatxonalarini 2010-2011 yillarda yaratdi va qisqa qisqa davr ichida ushbu sahifalar respublika internet-foydalanuvchilari ichida keng ommalashdi. So‘rovlarga tezkorlik bilan javob berish, eng yangi yangiliklar va ko‘plab tanlovlar Beeline Uzbekistanni Markaziy Oiyodagi eng yirik Facebook-hamjamiyatiga aylantirdi, “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘idagi bir xil nomdagi guruh esa TOP-50 ga kiradi va Rossiyadan tashqari barcha mamlakatlrning rasmiy sahifalari reytingida yetakchilik qiladi.

“Odnoklassniki” loyihasining Marketing va strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Aleksandr Izryadnov: “Beeline Uzbekistan – kommunikatsiyalarni ijtimoiy tarmoqlarda yirik brend bilan ishlatilishining a’lo darjadagi namunasi. “Odnoklassniki”dagi guruh nafaqat foydalanuvchilarga kompaniya yangiliklari haqida axborot berishga xizmat qiladi, balki mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan xizmatlarga bo‘lgan yuklarni kamaytirishga ham yordam beradi”.

Bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar obunachilarining soni 2 000 000 kishidan oshadi, bu mamlakatning barcha internet-foydalanuvchilarining chorak qichmidan ortig‘ini tashkil qiladi. Ulardan 1 600 000 dan ortig‘i mobil Internetdan foydalanadi, bu “Bilayn”ning ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini yanada dolzarb qiladi.

Mazkur voqeani sharhlar ekan, Vimpelcom Ltd MDH biznes-birligining Jamoatchilik bilan aloqalar departamenti rahbari Artem Minaev quyidagilarni qayd qildi: “Xizmatdan foydalanuvchilar bilan qayta aloqa biz uchun o‘ta muhim, shuning uchun ijtimoiy tarmoqlardagi ishlar MDH biznes-birligining barcha mamlakatlari va Gruziyada olib borilmoqda. O‘zbekistonda 100 000 do‘stlarimiz Unitel hayotida faol ishtirok etayotganligi, bizga shaxsiy takliflarimizni rivojlantirishga, yaxshilashga yordam berayotgani va o‘z yaqinlarini Facebook, “Odnoklassniki”dagi rasmiy guruhlar hamda Twitterdagi kanal orqali “Bilayn”ning tashabbuslaridan xabardor qilayotgani bizni juda xursand qiladi. Barchaga rahmat deya, oldinda bizlarni yanada ko‘proq yorqin tanlovlar, qiziqarli yangiliklar va qo‘shma aksiyalar kutayotganligini va’da qilmoqchiman!”

Batafsil ma’lumot www.odnoklassniki.ru/beeline.uz, www.facebook.com/beeline.uz va https://twitter.com/beeline_uz da.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top