Infocom.uz

Intel kompaniyasi va rossiyalik yetakchi IT-jurnalistlarining O‘zbekistonda Press-turlari

Press-tur dasturi juda sermazmun bo‘ldi. Ikki davra suhbati o‘tkazildi, mehmonlar Toshkent aloqa tarixi muzeyi bilan tanishdilar, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent teleminorasiga tashrif buyurdilar.

12-may kuni Toshkentda, Toshkent aloqa tarixi muzeyida Intel korporatsiyasi tomonidan «Intel Korporatsiyasi – texnologik yetakchi va jamiyatning mas’uliyatli a’zosi» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Bu o‘zgacha tashkil etilgan birinchi davra suhbati edi, chunki O‘zbekiston jurnalistlari, Intel matbuot-xizmati va Rossiyaning yetakchi IT-nashriyotlari muloqotlari uchun maxsus tashkil etildi.

Intel Korporatsiyasini Rossiyada va MDH davlatlarida Intel matbuot-xizmati direktori Mixail Ribakov taqdim etdi.

intel_22_05_2010_1

Rossiyaning yetakchi IT-nashriyotlarini taqdim etganlar: Pavel Sokolov, www.iXBT.com bosh muharriri, Mixail Panyushkin, www.FERRA.ru bosh muharriri, Pavel Sinyakov, www.FerraLabs.ru va www.DigiMedia.ru bosh muharriri, Vladislav Biryukov, «Chastniy korrespondent» (www.chaskor.ru) resursi muharriri, Aleksandr Semenov, www.THG.ru va ITNews muxbiri, «Kompyuter Press» bosh muharriri o‘rinbosari, Sergey Paxomovlardan iborat guruh bo‘ldi.

intel_22_05_2010_2

O‘zbekiston OAV’larini bosma OAV, radiostansiyalar, internet-loyihalar, bloglar, TJ va televideniyedan 40 dan ortiq jurnalistlar taqdim etdilar. Bunday davra suhbati birinchi bor o‘tkazilmoqda va shuning uchun uning ishtirokchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

intel_22_05_2010_3

Tadbir Intel‘ning «Bizning qorako‘llar sizning qorako‘llaringizga o‘xshamaydi» quvnoq reklama rolikini namoyish etishdan boshlandi. Ushbu rolik darhol ishtirokchilarni zerikarli hisobotlar va so‘zlarga chiqishlarga emas, balki do‘stona va erkin muloqotga yo‘naltirdi.

Shundan so‘ng, Mixail Ribakov «Biz, Intel kelajak homiylarimiz» taqdimotini taqdim etdi, unda kompaniyaning tuzilishi, uning bo‘linmalari va zavodlari, kompaniyaning mahsulot turlari haqida fikr yuritildi. Mixail Ribakov Intel korporatsiyasi faqatgina texnologik yetakchi bo‘lib qolmasdan, jamiyatning mas’uliyatli a’zosi ekanligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi. U Intel‘ning ta’lim sohasidagi loyihalari, iqtisodiyotning istiqbolli sohalariga investitsiyalar, jamiyat hayotining turli sohalarida raqamli innovatsiyalar haqida so‘zlab berdi.

Hisobotda Intel‘ning ta’lim sohasidagi tashabbuslariga alohida e’tibor qaratildi. Korporatsiya kelajakka bugundan tayyorlanish kerak deb hisoblaydi va har yili ta’lim sohasiga 100 mln. dollar investitsiyalar kiritadi. Bugungi kunga kelib, jahonning 60 dan ortiq mamlakatlarida 7 mln. nafar o‘qituvchi o‘qitildi. 60 mamlakatlarda korporatsiya tomonidan 2 mln. nafar o‘quvchiga ShK’lar yetkazib berildi va bu hali boshlanishi, chunki Intel‘ning maqsadi, jahondagi har bir bola o‘qishi uchun o‘z kompyuteriga ega bo‘lishidan iborat.

Bundan tashqari, ta’lim loyihalari doirasida Intel tomonidan jahonning 70 ta mamlakati 1000 universitetlarida 100 000 talaba–pedagoglar o‘qitildi.

Intel xodimlari o‘zlarining bo‘sh vaqtlari 3 mln. soatini kam ta’minlanganlar, shu jumladan, keksalarni o‘qitishga bag‘ishladilar, ular kompyuterdan foydalanish ko‘nikmalarini egallab yana jamiyatning faol hayotida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar.

Taqdimot oxirida, IntelTeach ta’lim pilot loyihasi O‘zbekistonda ham start olgani e’lon qilindi. Uning doirasida o‘qituvchilar birinchi guruhini tashkil qilish boshlandi. Taqdimotdan so‘ng, mahalliy va rossiyalik IT-junalistlari o‘rtasida fikr almashish bo‘lib o‘tdi.

intel_22_05_2010_4

OAV vakillari bilan davra suhbatidan so‘ng, mehmonlar Toshkent teleminorasiga tashrif buyurdilar, bu yerda ekskursiya davomida bizning teleminoramiz Markaziy Osiyoda eng baland va jahonda balandligi bo‘yicha 9-o‘rinni egallashini bilib oldilar. Bundan tashqari, ularga O‘zbekistonda yer yuzi orqali raqamli teleko‘rsatuvlarni tatbiq etish borishi haqida so‘zlab berildi.

intel_22_05_2010_5

Kunning ikkinchi yarmida davlat tashkilotlari (O‘zAAA, Oliy Majlis, UZINFOCOM markazi), xalqaro tashkilotlar (PROON ICTP loyihasi va YUNESKO’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi) va jamoat tashkilotlari (O‘zbekiston IT-assosiatsiyasi) vakillari bilan davra suhbati tashkil qilindi.

intel_22_05_2010_6

O‘zAAA bosh direktori o‘rinbosari A.Xodjayev O‘zbekistonda AKT rivojlanishi haqida so‘zlab berdi va jahonning yetakchi IT-kompaniyalarining O‘zbekiston axborot jamiyatining tashkil topishi va rivojlanishidagi rolini ta’kidlab o‘tdi.

intel_22_05_2010_7

Davra suhbatida Intel‘ning ta’lim dasturlari masalalariga, raqamli uzilishni bartaraf qilishga, internetdan foydalanuvchilar sonini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

intel_22_05_2010_8

Mixail Ribakov «Axborotlar almashish erkinligi va innovasion ta’lim» taqdimotini taqdim etdi. Unda korporatsiyaning faoliyati haqida hamda ta’lim sohasidagi Intel‘ning tashabbuslari, xususan «Bir o‘quvchi – bir kompyuter» dasturi haqida so‘zlab berildi, buning uchun Intel tomonidan maxsus Classmate loyihasi ishlab chiqilib, uning doirasida arzon mobil maktab noutbuki ishlab chiqarilmoqda.

Davra suhbati ishtirokchilarining fikrlari bo‘yicha Classmate noutbuklarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yib va O‘zbekiston o‘quvchilari uchun arzon mobil ShK’larni sotib olish uchun ota–onalarga kreditlar taqdim etish bilan shunday dasturni O‘zbekistonda ham amalga oshirilsa, yaxshi bo‘lardi.

Davra suhbati O‘zbekiston tomoni ishtirokchilari O‘zbekistonda AKT rivojlanishi bo‘yicha o‘z yo‘nalishlaridagi ishlar haqida so‘zlab berdilar hamda rossiyalik IT-jurnalistlar savollariga javob berdilar.

Davra suhbati yakunlanganidan so‘ng mehmonlar Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdilar, IT-ta’lim sohasidagi Markaziy Osiyoda yetakchi oliy ta’lim muassasasining laboratoriyalari va yangi o‘quv korpusi bilan tanishdilar. Ular talabalar bilan va universitet o‘qituvchilari bilan muloqotda bo‘ldilar.

Rossiyalik IT-jurnalistlarining umumiy fikrlari bo‘yicha ushbu press-turdan so‘ng ular O‘zbekistonni o‘zlari uchun yangidan kashf etdilar. Ular mamlakatimizda AKT mana shunday jadal rivojlanganligini va uning rivojlanishiga katta e’tibor berilishini ko‘rishni kutmagan edilar.

Intel press-turi haqidagi hikoyamizni yakunlar ekanmiz, www.THG.ru va ITNews muxbiri Aleksandr Semenovning fikrini keltirib o‘tamiz:

intel_22_05_2010_13

“O‘zbekiston, aniqrog‘i Toshkent va Samarqand menga o‘zining toza yam-yashil ko‘chalari bilan yodimda qoladi. Ruslarga to‘la do‘stona munosabat (umuman barcha chet elliklarga) – bu sezilib turibdi, buni «yasama» qilib bo‘lmaydi. Ta’limga an’anaviy (Ulug‘bek davridan boshlab) kuchli e’tibor mavjud. Toza, shinam maktablar va kollejlar, ular katta kompaniyalar ofislaridan ham qolishmaydi, bularni Samarqandga borguncha butun yo‘lda kuzatib bordik. Maktab formalari kiygan quvnoq bolalar (yoshligimizni yodga soldi).

intel_22_05_2010_14

Aloqa tarixi Muzeyi ajoyib, u juda shinam va tomosha qiladigan eksponatlar ham ko‘p.

Davlat xodimlari yaxshi taassurot qoldirdilar, ular tadbirlar yakunlanganidan so‘ng ham biz bilan chin ko‘ngildan va qiziqib munosabatda bo‘ldilar. TATU prorektor va professorlari yodimizda qoldilar, ular o‘zlarining universisetlaridan barcha yaxshi tomonlarini so‘zlab berishga shoshildilar – haqiqatda qiziqarli va eng yuksak».

intel_22_05_2010_15

MDH davlatlarida Intel matbuot-xizmati direktori Mixail Ribakov, press-tur yakunlari bo‘yicha Intel juda jiddiy tarzda bizning mintaqadagi ishlarni faollashtirilishi zarrurligini aytdi va ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston tomonidan ham faol ishlar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top