Infocom.uz

Intel kompaniyasidan yangiliklar

pic

Bu haqdagi yangilik darhol Internet orqali tarqaldi, albatta konferensiya ishtirokchilariga savollar tug’dirdi. Quadriga Capital Russia (fondning asosiy investorlari – Yevropa rekonstruksiya va rivojlantirish banki va xalqaro moliyaviy korporasiya) to’g’ridan-to’g’ri moliyaviy investitsiyalar fondi va Intel korporasiyasining Intel Capital Venchur investitsiyasi bo’yicha bo’linmasi Sharqiy Yevropa o’yinlar avtomatlari bozoridagi eng ulkan kompaniyalardan biri bo’lgan “Akella” kompaniyasini rivojlantirishga investitsiyalar kiritdi. Xoldingga investorlarning birgalikdagi ulushlari 50 % dan kamni tashkil etadi, aksiyalar nazorat-paketi avvalgidek “Akella” kompaniyasi asoschisiga tegishli. Kiritilgan investitsiya mablag’lari “Akella” kompaniyasini rivojlantirishga, xususan shaxsiy kompyuterlar uchun sifatli, yuqori texnologik o’yinlar va keyingi avlod o’yin konsollarini ishlab chiqish dasturlarini kengaytirishga yo’naltiriladi. O’yinlar loyihalari ustida ishlar kompaniyaning shaxsiy kuchlari bilan va “akella” kompaniyasi professional menejerlari rahbarligi ostida tashqi loyihachilar bilan birgalikda ham olib boriladi. Ushbu mablag’larni kompaniyaning MDH va Sharqiy Evropa mamlakatlarida kompaniyaning nashriyot ishlarini kengaytirishga va ushbu regionda mahsulot sotishni kengaytirishga yo’naltirish rejalashtirilgan.

Birinchi bo’lib jurnalistlar oldida Rossiyada Intel korporasiyasining Prezidenti Stiv Cheyz so’zga chiqdi. Intel kompaniyasining faoliyati haqida qisqacha gapirib o’tib, u kompaniyaning faoliyati asosiy yo’nalishlaridan biri ilmiy-texnik loyihalar hisoblanashini ta’kidladi. 2004 yilda NIOKR (ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-konstruktorlik loyihalari) ishlariga sarflangan harajatlar 4,7 milliard dollarni tashkil etdi. 2005 yilda esa 5,2 milliard dollarni tashkil etishi kerak. 2000 yildan boshlab jami Intel kompaniyasi NIOKR va o’zining ishlab chiqarish kuchlarini kengaytirishga 40 milliard dollardan ko’p mablag’ sarfladi. Stiv Cheyz faoliyatining global masshtabini ham aytib o’tdi, shu jumladan Rossiyada 5 ta ilmiy-tadqiqotchilik markazlari ish olib borayotgani, ularda 1100 ta injenerlar ishlashlarini aytib o’tdi. Bunlan tashqari Intelning PO (DT) loyihalarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha dasturi (Intel So’ftware Network) dasturi amalga oshirilmoqda, shu jumladan Rossiyada ham, Intelning 20 xodimlari 60 dan ortiq PO (DT) lokal ishlab chiqaruvchilari bilan ish olib bormoqdalar.

pic

Asosiy yo’nalishlari – raqamli uy , mobil qurilmalar, raqamli medisina va raqamli korxonalar. Shundan keyin MDH davlatlarida investitsiyalar bo’yicha Intel Capital bo’linmasi direktori Roman Simonov so’zga chiqdi. U investitsiyalar ob’ektlari ikki omilga qarab – korporasiya strategik rejalari va ko’zlangan moliyaviy foydali hisobga olish bilan tejashini aytib o’tdi. Investitsiyalar faqatgina raqamli texnologiyalar bilan bog’liq istiqbolli kompaniyalarga yo’naltiriladi, shu bilan birga kompaniyani qurishda Intel faol ishtirok etadi, o’zining boy tajribalari bilan raqobatchilik ustunligi va mablag’lardan cheklanmay foydalanish imkonini beradi. Hammasi bo’lib 30 dan ortiq mamlakatlarda, shu jumladan Rossiya va Ukrainada mingdan ortiq kompaniyalarga 4 milliard dollardan ko’p mablag’ investitsiya qilinadi. 2004 yilda 130 million dollar hajmda 62 yangi investitsiyalar amalga oshirilib ulardan 40 foizi AQShdan tashqarida 20 mamlakatlarda. Shu jumladan, Rossiya va Ukraina davlatlarida amalga oshirildi.

Yordam ko’rsatilgan kompaniyalarni yuksak darajaga ko’tarilgandan keyin ular to’la yoki qisman sotiladi, bu Intel Capitalga sarflangan harajatlarni katta foyda bilan qaytarib olishga imkon beradi. O’z kompaniyalari uchun Intel Capital turli tadbirlar o’tkazadi, masalan Intel Capital texnologiyalari kuni, loyihachilar uchun Intel forumi, portfelli kompaniyalar direktorlari uchun sammitlar va kichik hamda o’rta biznes uchun ko’chma ko’rgazmalar. Roman Simonov chiqishidan esda qolgan asosiysi – bu investitsiyalar uchun mablag’ning cheklanmaganligi haqidai gapi bo’ldi, bu investitsiya kiritish uchun mos keladigan kompaniyani tanlashdagi muammo hisoblanadi. Mablag’ investitsiya qilish uchun ekspertlar va auditorlar kompaniya ishini puxta o’rganib chiqadilar, ushbu holatda “Akella” investitsiyalar kiritish uchun eng qattiq talablarga javob bera oladigan bo’lib chiqdi. Intel Quadriga Capital Rossia fondi bilan birgalikda investitsiyani amalga oshiradi, bu fondning direktori Aleksandr Savinov so’zga chiqib o’zining fonddagi ishlari haqida gapirib berdi.

pic

Fond istiqbolli kompaniyalarga mablag’ investitsiya qiladi keyin o’z ekspertlarini jalb etish bilan kompaniyaga rahbarlik qilishda ishtirok etadi va menejerlar tajribalari va malakalari hisobiga kompaniyani muvaffaqiyatli ish olib borishga olib chiqadi, shundan so’ng foyda bilan aksiyalar o’z ulushini sotadi. Oxirgi bo’lib “Akella” kompaniyasini vise-prezidenti Dmitriy Arxipov so’zga chiqdi. Kompaniya 12 yildan beri mashhur va Rossiyada o’yin biznesini bolbab bergan kompaniyadir. Hozirgi paytda “Akella” Sharqiy Yevropa bozorida o’yinlar dasturlari bilan ta’minlovchi loyihachilar, nashr qiluvchilar va distribyutorlari ilg’or va jadal o’sib borayotgan kompaniyalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniya 300 dan ortiq o’yinlarni tarqatdi va doimiy xaridorlar keng doirasiga ega.

Kompyuter o’yinlari ishqibozlariga “Akella” asosiy “qaroqchi” kompaniya sifatida tanish – bu so’z o’yini bilmaydiganlar uchun o’yinlarning ko’pchiligi “qaroqchilik” mavzusida bo’lganligi sababli. Bu “Karib dengizi qaroqchilari”, “Korsarlar (dengiz bosqinchilari): Olis dengizlar la’natlari”, “Dengiz risarlari”. “Kapitan Bladning sarguzashtlari” va boshqalar. Hozir ichki studiyalar va tashqi hamkorlik kompaniyalari kuchlari bilan “Akella” 40 dan ortiq o’yinlar loyihalarini ishlab chiqmoqda. “akella” 2003 va 2005 yillarda kompyuter o’yinlari loyihachilari konferensiyasi (KRI) yakunlari bo’yicha Rossiyada kompyuter o’yinlari eng yaxshi lokalizatori deb tan olindi. “Rossiya o’yinlar industriyasiga investitsiyalar kiritish yaxshi an’anaga aylanib bormoqda va bu sohani bizning mamlakatimizda o’sib borishi va rivojlanishini ko’rsatadi. Olingan investitsiyalar ko’plab novatorlik g’oyalarini hayotda amalga oshirishga bizga imkon beradi va faqat Rossiya emas, balki xalqaro bozorda ham o’z o’rnimizni mustahkamlaydi – kelishuvni Dmitriy Arxipov shunday sharhlaydi – biz faol faoliyatga tayyormiz va elektron o’yinlar jahon industriyasida “Akella”ning muvaffaqiyatli rivojlanishiga bor kuchimizni sarflaymiz”.

pic

Hisobotlardan keyin eng qiziqarlisi boshlandi – jurnalistlar savollariga javob qaytarish.

Gruziyalik muxbir Roman Simonovdan Intel Capital MDH boshqa davlatlarida kompaniyalarga investitsiyalar kiritishni rejalashtiradimi deb so’radi. Javob tushunarsiz, yuzaki bo’ldi, go’yoki biz barcha uchun ochiqmiz… lekin … Rossiya va Ukrainadan tashqari boshqa mamlakatlarda aniq investitsiyalar kiritish mo’ljallanmagan.

Quadriga Capital Rossia raisiga savol – ular boshqa o’yin kompaniyalariga investitsiyalar kiritishni rejalashtirganmilar? Javob – Biz “Akella” kompaniyasini boshqarishda ishtirok etganligimiz sababli kompaniyaning yopiq moliyaviy hujjatlari bilan tanishish imkoniga ega bo’lamiz. Shuning uchun raqobatchi kompaniyalari faoliyatida ishtirok etishni biz odobdan emas, deb hisoblaymiz.

“PC World” jurnali vakilidan savol – investitsiyalar aniq hajmini aytib bering. Javob – bu tijorat siri. Qo’shima savol – “akella” daromad qismini qanchasini rivojlanishga sarflaydi? Javob – 100 %.

Savol o’yinlar rivojlanishi internetga ulanish imkoni bilan qanday bog’langan? Javob -“Akella” onlayn (hozircha bitta ham o’yin yo’q) va tarmoq o’yinlarini rivojlantirishni rejalashtirgan, bu albatta internetga keng polosali ulanishni rivojlantirishga olib keladi. Lekin “akella” provayderlar bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’langan emas. Bundan tashqari mobil telefonlar va cho’ntak kompyuterlari – naladonniklar va smartfonlar uchun o’yinlar ishlab chiqarish ham rejalashtirilgan.

O’yinlarni himoyalash to’g’risida savol. Dmitriy Arxipov javob beradi. MDH davlatlarida qaroqchilik 100 % umumiy tan olingan darajasiga qaramay “akella” buzib kirishdan ancha mustahkam himoya o’rnatishga erishmoqda. Lekin nima uchun buzib kirilgan versiyalari paydo bo’lmoqda degan savolga u ancha bo’sh himoyalangan “amerika” versiyalarini buzilmoqda, shuning uchun bu o’yinlar sof rus tilida emas, shu sababli o’yindan to’la qoniqish hosil qilish imkoni bo’lmaydi, deb javob beradi.

“Akella” qaroqchilik bilan qanday kurashmoqda degan savolga Dmitriy Arxipov kompaniya “Russkiy shit” birlashmasiga a’zo, qaroqchilikka qarshi bir necha jinoiy ishlar ochilgani va g’alabaga erishilganini aytdi. Hozirgi kunda arbitraj sudiga ishni oshirgan ancha samarali hisoblanadi. Chunki bu sudda poraxo’rlik kamroq, oxirgi vaqtda 100 dan ortiq ishlarni o’z foydasiga hal qilindi.

Savol – “Akella” ilmiy-ommaviy mahsulotlar chiqarishni rejalashtirganmi. Javob – hozirda yaratilayotgan bolalar uchun “Prostokvashino” “Tayna tretey planeti” va “To’ti Kesha” o’yinlarida bolalar uchun ko’plab qiziqarli va o’rganish-rivojlantirish elementlari qo’llaniladi.

Savol – o’yinchi-tineyjerlar asta ulg’ayib boradilar, o’rta yoshdagilar uchun o’yinlar rejalashtirilganmi? Javob – so’rovlarga ko’ra asosiy o’yinchilar 14-18 yoshlarda, masalan – AQShda esa 30-40 yoshlarda. Regionlar bo’yicha so’rovlar natijalari juda qiziqarli. Koreyada masalan 50 % o’yinchilar – ayollar, umuman dunyo bo’ylab erkaklar soni 85 % ni tashkil etadi. Ya’ni Rossiya (va MDH) bozori uchun hozircha tineyjerlar zonasini ta’minlash uchun yetarli, o’rta yoshdagilar deyarli o’ynamaydilar

Interfaks vakili – “Akellaga” investitsiya kiritishda Intelning xissasi haqida so’raydi, javob tijorat siri.

Nihoyat Infocom-uz jurnali vakiliga ham mikrofon berdilar. Hisobotlar davrida o’z-o’zidan ma’lum. Savollar to’planib qolgan. Javoblar tartibida aytib beraman. Savol – Intelda ortiqcha mablag’lari bo’lib va ularni shunchaki bir joyga yo’naltirildimi yoki bu erda umuman videokartalardan voz kechish mo’ljali bilan teksturalarni prorisovka qilish texnologiyalarini ko’p yadroli prosessorlarga qayta moslashtirish bilan bog’liq reja bormi? Roman Simonovning javobi. Intelda mablag’ bor, lekin bu ish faqatgina pulni bir ishga “yo’naltirish” emas, balki aynan o’zaro manfaatdorlik hamkorlidir. Intel ko’p yadroli prosessorlardan optimal foydalanuvchi dasturli mahsulotlar yaratishda va o’yinlar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirishda ishtirok etadi. Videokartalar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan raqobatchilik qilish haqida gap bormaydi, chunki
prosessorlar va videokartalar turli ishlarni bajaradi. Savol – ma’lumki o’yinlarni yaratish ijodiy jarayon, lekin “biznes akulalari” esa faqat foyda olishga intiladilar, bu investorlar shunday aoyib jamoani faoliyati yomon ta’sir ko’rsatishlariga olib kelmaydimi? Bu savol zalda jonlanish paydo qildi. Hatto shovqin ko’tarildi. Prezidium hamma a’zolari bu savolga javob berishni istadilar. Barchalari “biznes akulalari” degan eski gapga javob berishdan boshlaydilar. Birinchi bo’lib “Akella”ning vise-prezidenti gapiradi, u investorlar boshqaruvga aralashmasliklarini va undan tashqari o’yinlar ishlab chiqarish ijodiy jarayoniga umuman aralashmasliklarini aytadi. Ikkinchi bo’lib mikrofonni Roman Simonov oladi (Intel Capital) va zaldagilar Intelning aksiyalari xissasi shunchalik kamki bu ularga kompaniyani boshqarishga aralashishga huquq bermaydi, umuman ularda bunday niyatlari yo’qligini aytadi. Oxirgi bo’lib mikrofonni Aleksandr Savinov oladi va birinchi ikki so’z olganlarni hayajonlarini bir oz pasaytiradi. U Quadriga Capital mablag’ investitsiyasi kiritgan kompaniyalarda albatta rahbarlik tarkibiga kirishlarini aytadi. Bundan tashqari ular kompaniyaning samarali ishlashiga erishadilar, boshqaruv, menejment, reklama va tijorat faoliyatlari ochiqligini, aniqligini va sifatli bo’lishini talab qiladilar.

Fond vakillari odatda kompaniyaga boshqaruv yangi uslubini kiritadilar, direktorlar kengashidan qattiq intizomni va kompaniyani epchil boshqarishni talab qiladilar. Endi faqatgina bu yangi uslub o’yinlar sifatiga ta’sir ko’rsatmaydi deb ishonishdan boshqa iloji yo’q.

Savol – “Kompyuterri+” vakili – yaqida 3D-monitori taqdim etildi. Unin imkoniyatlarini. “Akella” qanday hisobga olmoqda? Javob – hozircha hech qanaqasiga hisobga olmaydi.

“Akellaning” oxirgi, ngi mahsuloti haqida savol. Javob – yil oxirida va keyingi yilning boshlarida 100 mingli tiraj bilan “Korsari 3” o’yini yangi versiyasi chiqadi. Rossiyada kompyuter o’yinlari umumiy bozori 150-200 mln. dollar baholanishini eslatib o’tiladi.

Shavqatsizlik manbai sifatida o’yinlar zarari haqida savol. Javob – aksincha, psixologlar o’yin paytida odam ichki agressiyadan xoli bo’lishini isbotladilar. O’yinlar zarari haqida qo’rqitishlar allaqachon o’tmishda qolib ketgan. Shu bilan bir vaqtda ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan o’yinlarni yoshiga qarab ajratish Rossiyada hozircha qo’llanilmayapti. “Akella” taqdim etadigan o’yinlarda hadan tashqari shavqatsizliklar va axloqsizlik ko’rinishlari yo’q.

Zalda jonlanish va xazilni yuzaga keltirgan Novosibirsklik muxbirning oxirgi savoli.

“Akella” loyihachilariga kompyuter o’yinlarining davolash ta’sirini, xususan ular bilan bronxial astmani davolashni kashf etgan novosibirsklik tibbiyot xodimlarining oxirgi loyihalari haqida xabarlari bormi. “Akella” rahbari bu mo’jiza haqida bilmas edi, bu tajribalar tasdiqlanishini va boshqa kasalliklardan ham davolashda foydasi tegishini hamma istab qolishlarini ifoda etdilar. Mana shunday optimistik kayfiyatda rasmiy qismi yakunlandi va jurnalistlarni tashqarida o’zaro muhokamalarni davom ettirish uchun furshetga taklif etdilar. Men “Kompyuterri+” kompaniyasi rahbari Aleksandr Aliev va Omsk hamda Nijniy Novgorod shaharlaridan ikki jurnalistlar bilan samarali suhbat qurishga erishdim.

Ikkinchi yangilik, serverli

pic

Ikkinchi matbuot-konferensiyasi muhim hodisaga bag’ishlangan edi: Intel korporasiyasi to’rtta va undan ko’p prosessorlar bilan serverlar yaratishga mo’ljallangan Hyper-Threading texnologiyasi bilan birinchi ikki yadroli prosessorlarni yetkazib berishni boshladi. Matbuotda va saytlarda berilgan ko’plab yangilik xabarlarida Intel prosessorlari rekord mahsuldorlikni ta’minlashi va mahsulotlar hamda moliyaviy ma’lumotlarni qismlarini boshqarish tizimi SUBD kabi ko’p potokli qo’shimchalarni bajarish uchun juda mos kelishi haqida aytildi.

Prezidiumda ikkita. Birgalikda matbuot-konferensiyasini olib boruchilari – MDH davlatlarida Intelnning regional direktori Dmitriy Konash va mahsulotni qo’llash bo’yicha Intelning yetakchi mutaxassisi Vsevolod Predtechenskiy. Birinchi bo’lib majlisni ochib Dmitriy Konash 10 yil avval ular Vsevolod bilan Pentium Pro birinchi prosessori chiqishi sababli matbuot-konferensiyasini ochganliklarini eslatik o’tgandi. Shundan keyin Dmitriy Xeon turkumi prosessorlar bilan tanishtiradi – ko’p yadroli, 64-bitli, Hyper Threading texnologiyasi bilan. Uning hisobotining ba’zi lavhalar. 2004-2005 yillarda Intel server texnologiyalari: faqat dalillar Bugungi kunda sotiladigan hamma serverlarning 90 % Intel texnologiyasi asosida yaratilgan. 2004 yilda Intel texnologiyasi asosida 5,7 milliondan ortiq serverlar sotildi. 1996 yildan boshlab bugungi kungacha Intel arxitekturasi bilan 30 million serverlar sotildi. 2004 yilda Intel texnologiyasi asosidagi serverlar sotishdan olingan mablag’ birinchi bor RISC arxitekturasi bilan sotilganlardan oshib ketdi. Jahonda eng mahsuldor super kompyuterlar 500 tasi ro’yxatidan 66% sistemalar Intel arxitekturasisida yaratilgan (bir yil avval bu ko’rsatkich 57 % ga teng edi). Intel® arxitekturasi uchun 170 ming ro’yxatga olingan yechimlar loyihachilari 20 ta sertifikasiyalashtirilgan operasion sistemalar va yuksak samaradorlik va ishonchlilik ko’rsatkichiga moslashtirilgan va testsinovlaridan o’tkazilgan minglab qo’shimchalar. Dasturiy ta’minot mustaqil ishlab chiqaruvchilarining Intel arxitekturasiga yillik investitsiyalari hajmi 500 million dollarni tashkil etadi. 70 dan ortiq OEM-ishlab chiqaruvchilari Intel Itanium 2 prosessorlari asosida sistemalar taklif etadilar. 600 dan ortiq qo’shimchalar va instrumentlar mana shu platformaga moslashtirilgan, shu jumladan Microsoft’s SQL Server, Oracle, IBM DB2, BEA, SAP va boshqa barcha asosiy korporativ sistemalar ham 10 yil davomida Intel arxitekturasi asosida 30 mingdan ortiq serverlar sotildi (1995 yilda birorta ham sotilmagan) .

1995 yilning kuzida Intel korporasiyasi Intel® Pentium® Pro prosessorini taqdim etishiga qadar kiritilgan vertikal yechim (bir kompaniyaning apparat vositalari, DT va serverlarini o’z ichiga oluvchi yechimlar) taklif etuchi RISC arxitekturasi bilan qimmat va yopiq arxitekturali platforma ishlab chiqaruvchilari serverlar bozorida hukmronlik qilishgan. Bu esa serverlar qimmatga tushushiga va boshqarishda murakkabligiga va faqatgina kichik hamda biznes kompaniyalarining juda oz qismi bunday qimmat imkoniyatga ega bo’lishlariga sabab bo’ldi.

1995 yilga qadar kichik biznesning ba’zi kompaniyalari fayllar serveri sifatida oddiy shaxsiy kompyuterlardan foydalanib maxsus serverlar sistemasini xarid qilishga mablag’larni tejab qolishga harakat qilganlar. Bu yo’lni oqilona yechish deb aytish qiyin: kerakli ishonchlilik darajasini, tayyorligini, xizmat ko’rsatishda qulayligini va moslashuvchanligini faqat maxsus ishlab chiqilgan serverli arxitektura ta’minlashi mumkin. 1995 yilda Intel Pentium Pro prosessorini ishlab chiqarilganidan keyin kichik va o’rta biznes kompaniyalari nihoyat lokal tarmoqlar yaratishga muvaffaq bo’ldilar va ularni boshqarish samarali vositalariga ega bo’ldilar. Keyin nima bo’ldi? 10 yil ilgari serverlar uchun o’z ishini birinchi prosessorini ishlab chiqarib Intel korporasiyasi server texnologiyalarini ishlab chiqardi va takomillashtirib bordi hamda hozirda yechimlar. Sistemalar keng turlarini taklif etadi. Ko’p yadroli server prosessorlari Intel korporasiyasining taxminlariga ko’ra 2006 yil oxiriga kelib ko’p yadroli prosessorlar Intel serverli prosessorlari umumiy sonining 85 foizini tashkil etadi. Platforma texnologiyalari. Serverning mahsuldorligi faqatgina prosesorlarning mahsuldorligi bilan belgilanmaydi. Intel® I/O Acceleration Technology texnologiyasi (server va tarmoq muhiti o’rtasida ma’lumotlar almashishni tezlashtiradi), Intel® Active Management Technology texnologiyasiga asoslangan diagnostikani ancha yaxshilashtirish vositasi, takomillashtirilgan xotira texnologiyalari va boshqa innovasion texnologiyalar Intel serverli platformalarini mahsuldorligini oshirishga va ularning funksionalliklarini kengaytirishga imkon berdi. Prosessorlar yaratish strategiyasi. Yaqin kelajakda Intel Intel Xeon va Intel Itanium turkumi bir qator yangi prosessorlar, shu jumladan Montecito kodli nom ikki yadroli Intel Itanium 2 va ikki yadroli Intel Xeon prosessorlarini (ishchi nomi – Dempsey) taqdim etishni rejalashtirmoqda. Ikkala turkumi ham ancha mahsuldor ikki va ko’p yadroli prosessorlar hischobiga doimiy kengaytirilib boriladi.

Umuman hisobot mana shunday taqdimotlar uchun xos bo’lgan marketing vadalaridan tashkil topadi: biznesni rivojlantirish, samarali infrastruktura, qo’shimchalar, tavakkalchilik xavfini kamaytirish, xizmat ko’rsatish ishonchliligi va shu kabilar, zaldagilar hozircha hodisaning butun ahamiyatini tushunib yetmay xavotir bilan tinglaydilar. Kutilmaganda Dmitriy zaldan Vneshtorgbank vise-prezidenti, axborot tizimlarini tatbiq etish va xizmat ko’rsatish boshqarmasi boshlig’i

Dmitriy Nizamovni taklif etadi. Vneshtorgbank – Rossiyada kattaligi bo’yicha ikkinchi bank kartochkalar bilan hisob-kitob sistemasini kiritdi. Kartochkalar soni millionga yaqinlashmaguncha barchasi yaxshi ishlar edi. Shundan keyin serverlar ish hajmii bajara olmay qoldilar. 64 razryadli prosessorlarga o’tish va butun dasturli ta’minotni, asosiy qo’shimchalarni 64-razryadli ishlab chiqishga ko’chirish tor joyini kengaytirishga imkon berdi va tranzaksiyalarni ishlab chiqish muammosini hal etdi. Yangi mahsulotlarga munosabat beixtiyor o’zgardi. Shundan keyin Microsoft server mahsulotlarini Rossiyada sotish bo’yicha Microsoft bo’limi boshlig’i Tatyana Demanteva so’zga chiqadi. U yani prosessorlar bilan ishlash uchun dasturli ta’minotlarnin tayyorligini aytadi.

Undan keyin Landmark kompaniyasi bo’linmalari direktori ey Laridjani so’zga chiqadi. Uning jahonda mashhur kompaniyasi neft ishlab chiqarish kompaniyalarini informasion qo’llash bilan, shu jumladan yangi qazilmalarni rezvedka qilishda ma’luotlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi. Turli datchiklar seysmik va geofizik ma’lumotlarni ishlab chiqish esa – har doim mablag’ talab etadi va aynan eng oxirgi prosessorlar bilan ta’sirlangan serverlarni qo’llash mana shu yo’nalishda muvaffaqiyatga erishishga imkon beradi.

pic

Serverlar ishlab chiqaruvchi Aquarius kompaniyasi ilmiy-texnik markazi direktori Aleksey Popov skan ekranida matnli ishlash ostida server prosessori ish bajarishi diagrammasini ko’rsatdi. HT texnologiyasi bilan ikki yadroli prosessor o’n oltita klasterlaridan biri bilan maksimal matnli ishni bajara oladi. Hisobotchi serverlar ishlab chiqaruvchilar prosessorlar modellari bunday tezlikda yangilanib turishiga ulgura olmayotganliklarini aytadi.

Shundan keyin NR kompaniyasi standart arxitekturasi serverlari marketing bo’yicha bosh mutaxassis Sergey Chpek so’zga chiqdi va NR kompaniyasi 2 noyabrdan boshlab Xeon MR ikki yadroli prosessorlar sosida serverlar ishlab chiqarishni boshlaganligini xabar qildi. Shundan keyin IBM kompaniyasi savdo bo’limi rahbari Sergey Gorbas so’zga chiqdi. U ham yangi prosessorlar asosida serverlar ishlab chiqarish boshlanganligini xabar qildi. Hisobotchi faqatgina IBM kuchaytiriladigan ko’p prosessorli serverlar ishlab chiqarishni, hozirda 8- prosessorliklari borligini va ularni 32 prosessorlargacha yoki 64 yadroligacha kengaytirish mumkinligini aytadi.

pic

Serverlar ishlab chiqaruvchi Rossiyada yetakchi kompaniya Kraftway kompaniyasi vakili ham Xeon MR ikki yadroli prosessorlari asosida serverlar ishlab chiqarishni boshlanganligini aytdi. Shundan keyin Vsevolod Predtechenskiy so’zga chiqdi va prosessorlar modellari o’zi haqida, lineykasi, nomlari va ishlab chiqarish rejalashtirayotgan yangi modellar haqida gapirdi. Texnik yangiliklardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz. Intel Xeon ikki yadroli prosessorlari hisobiga zamonaviy 64-razryadli ikki prosessorli serverlar mahsuldorligi 50 % ga oshishi kutilmoqda. Keyingi yil boshida Intel korporasiyasi Bensley kodli nomi bilan yani serverli platformali Blackford kodli nom bilan mikrosxemalar to’pamini va server markazlari boshqaruvchanligi hamda mahsuldorligini oshirishga yordam beradigan kiritilgan texnologiyalar qatorini taqdim etishi kutilmoqda. Yangi ikki yadroli Intel Xeon prosessorlari asosidagi ilg’or server platformalari hozirdayoq mavjud va keyingi 60 kun davomida Intel korporasiyasi ko’p prosessorli serverlar yaratishga mo’ljallangan Paxville MR kodli nom bilan 7000 seriyali Intel Xeon ikki yadroli prosessorlarini yetkazib berishni boshlashini rejalashtirgan.

pic

Intel korporasiyasi yaqin oylarda ikkala platformalar asosida ishlab chiqilgan bir qator serverlar va ishchi stansiyalar bozorda paydo bo’lishi kutilmoqda, ASUSTek, Dell, Yegenera, fujitsu Siemens, Gateway, HP, HCL Infosystems Ltd, IBM, Kraftway, Lang chao, Lenovo, Maxdata, NEC, Samsung, Supermicro, Unisys va Winpro infotech kompaniyalar bu mahsulotlarni ishlab chiqarishni boshladi. Ko’p yadroli arxitekturasi ustunliklarini to’ldirish uchun Intel korporasiyasi o’z prosessorlariga ko’plab yangi texnologiyalarni, shu jumladan Hyper-Threading texnologiyasini hamda virtuallashtirish, xavfsizlikni ta’minlash va boshqarish texnologiyalarini kiritadi. Bir fizik yadroni ikkita “logik” sifatida taqdim etadigan Intel® Hyper-Threading (HT) texnologiyasi bilan birga ikki yadroli arxitektura qisqa vaqt oralig’ida prosessor bajaradigan ish hajmini ancha oshirishga imkon beradi. HT texnologiyasi hisobiga bitta ikki yadroli prosessor bir vaqtda to’rtta dasturli oqimni bajara oladi, sistemaga qo’shimcha prosessorlar o’rnatilganda esa u ishlashni ta’minlaydigan oqimlar soni ham proporsional ravishda ortadi. Bu umumiy mahsuldorligini yanada oshiradi. Platformanin hisoblash imkoniyatlari 2,80 GGs takt chastotasida ishlaydigan yangi ikki yadroli Intel Xeon prosessori 800 MGs chatota bilan sistemali shinadan foydalanadi va 2 MB hajm bilan 2-darajali 2 ta kesh-xotirani o’z ichiga oladi, Intel® E7520 mikrosxemalar to’plami bilan to’ldiriladi. Har bir yadroning o’z kesh-xotirasi mavjudligi ma’lumotlarga tez ulanishni ta’minlaydi. Ushbu prosessorda amalga oshirilgan boshqa texnologiyalar qatorida Intel® EM64T, XT, Execute Disable Bit va Demand Based Switching texnologiyalari ham bor.

Mana shu prosessorlar asosidagi sistemalar web-serverlar, infrastrukturani boshqarish sistemalari va elektron pochta serverlariga qo’yiladigan hamma talablarga juda mos keladi. Ko’p prosessorli serverlar uchun 7000 seriyadagi ikki yadroli Intel Xeon prosessorlari 3,0 GGs gacha takt chastotasi bilan ishlashi kutilmoqda. Ushbu prosessorlar 800 MGs chastotali sistemali shina bilan ishlashni ta’minlovchi Intel® E8501 mikrosxemalar yangi to’plami yoki mavjud Intel® E8500 mikrosxemalar to’plamidan foydalanadi.

Bundan tashqari bu platforma ikkita mustaqil sistemali shinalarni, DDR2 xotira, PCT Express shinasi, RAID-xotira massivi va kirish/chiqish takomillashtirilgan vositasini o’z ichiga oladi. Mahsuldorligini dastlabki test sinovlaridan o’tkazish bu platformalarning ilgarigi avlod platformalaridan ustunligi 60 % ni tashkil etishini ko’rsatdi.

Yangi server platformalari SUBD kabi o’rta darajali korporativ qo’shimchalarni, moliyaviy qo’shimchalarni, ma’lumot qismlarini boshqarish sistemalarini bajarishga mo’ljallangan. Hisobotlardan keyin savol berish boshlandi, ular ko’p bo’lmadi, asosan yangi modellarning narxi va paydo bo’ishi muddati haqida bo’ldi. Bizning jurnalimizdan Vsevolod Predtechenskiyga savol: “Hisoblash ko’p hajmini bajaruvchi (meynfreymlar) kompyuterlar uchun prosessorlar va tranzaksiya yoki tarmoqni boshqarishni bajaruvchi serverlar uchun prosessorlar arxitekturasi bo’yicha farq qilishi kerak deb hisoblaysizmi?” Javob ochig’ini aytsam meni umuman qoniqtirmadi, oddiygina farq qilishi kerak emas deb javob qildilar, lekin bu vazifalar umuman farq qilishini va turli hisoblashlar va turli arxitektura talab qilishini hamma biladi. Biroq men Vsevoloddan (eslatib o’taman – u mahsulotni qo’llash bo’yicha Intel kompaniyasi yetakchi mutaxassisi) mening savollarimga javob berishini so’radim va u bajonidil rozi bo’ldi.

Chastotalar poygasi tugadimi yoki vaqtinchalik to’xtatildimi? Javob: ha, tugadi, biz fizik chegarasi 65 nanometrlarga yaqinlashdik, prosessorlar ishlash chastotasini bundan ham oshirish juda katta mablag’lar talab qiladi, shuning uchun mahsuldorlikni oshirish bo’yicha ishlar ikki yadrolikka yo’naltirildi, bu yo’nalishda chegara ko’rinmaydi, chunki yadrolar sonini qanchaga istasa oshirish mumkin.

“Akella” kompaniyasiga investitsiya kiritish masalasiga – o’z chiplariga video ilan ishlashni kiritib Intel videokartalar ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlashishni rejalashtirmaydimi? Javob: yo’q, rejalashtirmaydi. Birinchidan, monopoliya rivojlanishni to’xtatadi, ikkinchidan hodisalarning bunday borishida videokartalar qudratli industriyasi butunlay bizning raqobatchilarimiz tomoniga o’tib ketar edi, bu esa qattiq zarba bo’ladi.

Intelning jiddiy raqiblari bormi? Javob: albatta bor, bu AND va VIA, bozorda ularning xissasi hozircha kichik bo’lsa ham, lekin yetakchilikka intilishlari juda katta. 64-bitli prosessorlarga o’tish mahsuldorlikni bir necha barobariga oshirishi kerak edi – nima uchun biz buni ko’rmayapmiz? Javob: hamma gap kerakli dasturli ta’minot yo’qligidadir. Agarda ikki yadrolik vaoqimlarning HT bo’linishi apparatli darajada sodir bo’lsa, 64-razryadli hisoblashlarda ustunliklaridan foydalanish uchun softni qayta yozish kerak. Savol – bir juft standart bibliotekalarni almashtirish mumkin emasmi? Javob: yo’q. Hammasini qayta yozish kerak. Umuman yani prosessorlar dasturlashtirishga, dasturlar arxitekturasini qurishga, umuman odatdan tashqari talablar qo’yadi, oldindan ularni natijalar olish uchun keyinchalik bir vaqtda birlashtirish uchun hisoblashlarni oqimlarga ajratish, bu esa ideologiyaning o’zini dasturlashtirish paradigmasini o’zgartiradi. Ko’pchilik loyihachilar hozircha bunga tayyor emaslar. Jurnalimiz barcha o’quvchilari nomidan Vsevolodga minnatdorchilik bildirish va unga hamda Intelga muvaffaqiyatlar tiladim.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top