Infocom.uz

Intel tizimdi platalari o’zimizda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarda TS-Technology® ishlab chiqargan shaxsiy kompyuterlarni test sinovlari

Sanoatda ishlab chiqarilganlari ehtiyot qismlarni va komponentlarini yetkazib beruvchilarini malakali tanlash bilan, ehtiyot qismlarini yig’ishdan oldin tekshirib chiqilishi, qurilmalarni malakali yig’ish hamda shaxsiy kompyuterni termokamerada va vibrostendda ishlash qobiliyatini tekshirish bilan ajralib turadi. “Shaxsan o’zi yig’ishi” uy konstruktoriga o’xshash: yig’uvchi tajribali bo’lsa yig’gan kompyuteri ham yaxshi chiqadi, agarda tajribasiz bo’lsachi. Balki mana shuning uchun milliy ishlab chiqaruvchilarimiz ehtiyot qismlarni emas, eng yangi texnologik uskunalarda yig’ilgan tayyor shaxsiy kompyuterlarni taklif etadilar.
O’zbekistonda bunday kompaniya TS-Technology® kompaniyasi hisoblanadi. Biz uning ishlab chiqarish tarmog’i(liniyasi) haqida gapirib o’tganmiz. Ushbu maqolada esa Intel 915 AG tizimli platasi asosida yig’ilgan shaxsiy kompyuter haqida ma’lumotlar beramiz.Intel kompaniyasi faqat prosessorlar ishlab chiqarishdagi emas, balki ular uchun tizimli logik mikrosxemalar to’plamini ishlab chiqarishda ham so’zsiz yetakchi kompaniya hisoblanadi. Intel chipsetlari Intel platformasi uchun eng yaxshisi hisoblanadi va bunga hech kimda shubha yo’q. Deyarli hamma mashhur sistemali platalar ishlab chiqaruvchilari Intel platformasi uchun birinchi navbatda Intelning o’zining chipsetlaridan foydalanadilar. Shu bilan birga Intel kompaniyasining o’zi ham tizimli platalar ishlab chiqaruvchilari hisoblanadilar. Intel ona platalari yuqori mahsuldorligi va ishonchliligi bilan ajralib turadi. Ammo O’zbekiston bozorlarida (umuman olganda ko’pchilik boshqa davlatlarda ham) Intel tizimli platalari yaxshi yetkazib berilmaydi. Ammo bu vaziyatni o’zgartirish mumkin, chunki TS-Technology® kompaniyasi Intel korporasiyasining hamkori hisoblanadi va shaxsiy kompyuter hamda noutbuk va serverlar ishlab chiqarishda uning prosessorlaridan foydalanilib keladi, endi esa Intel ishlab chiqargan tizimli platalardan ham foydalana boshlaydi.

Bizga Intel® D915GAG platalaridan foydalanilgan shaxsiy kompyuterni test sinovidan o’tkazish uchun berdilar. Ushbu platada Intel® 915G mikrosxemasi to’plamidan foydalanilgan va 533/800 MGs chastotali tizimli shina bilan LGA775 korpusida Inel®Pentium® prosessori bilan ishlaydi. Plata yangi va ancha qudratli kiritilgan Intel® Graphics Media Accelerator 900 grafik adapteriga ega, ammo yanada talabchan foydalanuvchi uchun platada PCI Express X16 yangi grafik raz’yomi mavjud.
Intel® D915AG platasi mikro – ATX form-faktorida bajarilgan va unda quyidagilar o’rnatilgan: 4 Gbaytgacha umumiy hajmga ega tizimli xotira bilan ishlaydigan DDR SDRAM (DDR 400 va DDR333) turidagi DIMM-xotira modullarini o’rnatish uchun to’rtta raz’yom, PCI oddiy shinasi uchun ikkita raz’yom va PCIx1 yangi ketma-ket shina uchun bitta raz’yom.
Janubiy ko’prik vazifasini ICH6 kabi bajaradi, unga quyidagi kontrrollerlarni ulash mumkin: USB 2.0 8 portini (aslida faqat 4 ta port o’rnatilagan). Bitta ketma-ket port, bitta parallel port, to’rtta Serial ATA IDE interfeysi(foydalanilmaydi) UDMA33 va ATA 66/100 prrotokoli bilan ishlaydigan bitta Parallel ATA IDE interfeysi (unga 7200ay/min tezlik bilan aylanadigan 80 Gbayt hajmli Samsunng UDMA133 HDD ulangan). Albatta yana floppi-diskovod interfeyslari va klaviatura hamda sichqoncha uchun PS/2 portlari mavjud. Plataning audiotizimli Realtek ALC860 kodeki bazasida yangi Intel® High Definition Audio kontrolleri bilan berilgan. Platada Intel® 82562EZ mikrosxemasi asosida 10/100 Mbit/s tarmoq adapteri o’rnatilgan.

pic

Kompyuterning ko’rinishi tuzilishi bizning fikrimizcha bir muncha mos emas. Bir tomondan Intel HT texnologiyasi bilan ishlaydigan yuqori mahsuldorlikka ega Intel Pentium 4 3.06 GGs prosessori o’rnatilgan. ikki kanalli rejimda ishlaydigan umumiy hajmi 512 Mbayt ikkita DDR 400 xotirasi kiritilgan. O’rnatilgan yangi PCI Expressx16 grafik raz’emi nVidia GeForce PC 5750 portida 128 Mbayt DDR bilan ijobiy tomonini kuchaytiradi.

Boshqa tomondan kompyuterda bugungi kun o’lchamlari bo’yicha katta bo’lmagan IDE UDMA 133 interfeysi bilan 80 Gbayt hajmli qattiq disk o’rnatilgan. Ammo bizning o’tkazgan test sinovlarimiz kompyuterning hatto shunday tuzilishida ham mahsuldorligi juda yuqori ekanini va faqat har qanday ish dasturlaridan foydalanishga emas, balki zamonaviy uch o’lchamli o’yinlar uchun ham foydalanish imkonini berishini ko’rsatdi. Balki yangi SATA interfeysining ustunligi xali 7200 ay/min tezlikda aylanuvchi shpindel kabi unchalik sezilarli emasdir.

Optik diskovod sifatida ajoyib Samsung 352N Combo Drive DV-ROM/CD-RW provodidan foydalaniladi, u hamma zamonaviy texnologiyalarga va yaxshi tezlik ko’rsatkichlariga ega. Intel® 82562EZ mikrosxemasi asosidagi 10/100 Mbit/s tarmoq adapteri juda yaxshi, lekin Realtek ALC860 kodeki asosidagi Intel Realtek ALC860 kodekiHigh Definition Audio audiotizimi platasi alohida maqtovga loyiq. Tovushi tiniq va keng. AC’ 97 spesifikasiyasi asosidagi har qanday kiritilgan audiokontroller bilan taqqoslab bo’lmaydi. Buni eshitayotgan odam darhol sezadi.

pic

Plataning o’zi haqida ikki og’iz so’z. Intel® D915GG sistemali platasi an’anaviy yashil rangli tekstolitda bajarilgan, yaxshi yig’ilgan. Kondensatorlari Yaponiyada ishlab chiqarilgan. Plata mikro-ATX formatida bajarilganini hisobga olinsa elementlari shunchalik zich joylashganki, videoplata bilan yonma-yon joylashgan PCI slotiga boshqa hech narsani o’rnatib bo’lmaydi.

Shu tomoni ham borki PCI-qurilmalari bugungi kunda unchalik ham ko’p emas, ular balki kerak bo’lmasa ham kerak. Plata Intel ishlab chiqaradigan eng yetakchi platalardan hisoblanmasa ham ko’rinib turibdiki kengaytirish bo’yicha katta imkoniyatlarga ega. Umuman olganda Intel® D915GAG platasi juda yaxshi taassurot hosil qildi, biroq overlokerlarga plata FSB 800 MGs maksimal chastotada ishlashi va 1066 MGSgacha tezlikni oshira olmasligi yoqmasligi mumkin. Plata BIOSi ancha zamonaviy va qulay, demak, foydalanuvchilarda uni sozlash bo’yicha unchalik qiyinchiliklar bo’lmaydi.
Shaxsiy kompyuterning yig’ilishi haqida ikki og’iz so’z. Kompyuterni yig’ilishi yuksak saviyada bajarilgan, hamma shleyflari yaxshi tortilgan va qimirlamaydi. Kompyuter korpusi juda qulay (yon tomonlari oson yechiladi) va ancha keng. Prosessorning katta kullerining to’g’risida kataksimon darchalar bor va prosessordan chiqadigan issiqlikni tashqariga chiqarib yuborish uchun hatto maxsus plastik tarnovcha o’rnatish ham mumkin. Kamchiligi sifatida shaxsiy kompyuterda plata 8 ta portdan foydalanish imkoniyati bo’lgani holda faqat 4 ta USB 2.0 porti mavjudligini aytish mumkin. Bundan tashqari hamma portlar orqa tomonda plataning o’zi joylashgan, old paneliga olib chiqarilmagan.

Shaxsiy kompyuter haqidagi umumiy taassurotlar yaxshi. Intel faqat yaxshi prosessorlar va chipsetlarni emas, tizimli platalarni ham ishlab chiqara oladi. TS-Technology kompaniyasi esa Intel platformasi asosida yuqori samaradorlikka ega va ishonchli shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqaradi. Jurnal tahririyati TS-Technology® kompaniyasiga va O’zbekistonda Intel regional vakili shaxsan Murod Ibragimovga test sinovlari uchun taqdim etilgan uskunalar uchun minnatdorchilik bildiradi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top