Infocom.uz

“InterContinental” mehmonxonasi “Beeline Club”ning hamkoriga aylandi

Endi “Gold” va “Platinum” imtiyozlar kartalari mehmonxonada yashash uchun, “Brasserie”, “Allegro” hamda “Rendez-Vous Bar” restoranlarining barcha xizmatlariga, tegishlicha, 10 foizli va 15 foizli chegirmalarni kafolatlaydi. Bundan tashqari, ikkala toifadagi kartalar bo’yicha “Intercontinental – Tashkent” mehmonxonasining “Aquaris” sog’lomlashtirish klubida bir oylik yoki bir yillik abonementga 20 foizlik diskontni olishi mumkin.

beeline_21_01_2011

Voqeani sharhlab, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov ta’kidladi: “Biz O’zbekiston mehmonxona biznesining tanilgan yetakchisi bilan hamkorlikdan faxrlanamiz. Ishonamizki, bizning hamkorligimiz “InterContinental” mehmonxonasi uchun ham, “Beeline Club” kartalarining egalari uchun ham, foydali bo’ladi”.

Eslatib o’tamiz 2010 yil 2 martdan boshlab, “Bilayn”ning har bir mijozi *777# bеpul so’rovni jo’natib, “Beeline Club”ga ulanishi va dastlabki 20 bonus ballini sovg’a tariqasida olishi mumkin. Bundan kеyingi ballar “Bilayn”ning odatdagi xizmatlaridan foydalanganlik uchun hisoblanadi: dasturning ro’yxatga olingan qatnashchilari endi pul sarflabgina qolmay, balki bonuslarni ham ishlab topadilar.

Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz saytida.

Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top