“International Business Travel” – faoliyatining asosiy yo‘nalishi O‘zbekiston tadbirkorlari uchun jahon bo‘ylab biznes-turizm va ko‘rgazmalarga hamda sanoat korxonalariga ishchi safarlarni, shuningdek, xorijiy biznesmenlarning O‘zbekistonga biznes-turizmini tashkillashtirishdan iborat bo‘lgan kompaniya.
Mazkur voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Katta menejeri Oraz Abdurazakov quyidagilarni qayd qildi: “Bizning kompaniya an’anaviy tarzda korporativ segmentni rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratadi – buning uchun “Beeline Business” yo‘nalishi joriy qilingan. IBT yordamida mijozlarimizga ularning xarajatlarini qisqartirgan holda ishchi safarlarni tashkil qilishga yordam berish imkoniyatimiz borligidan xursandmiz”.
Batafsil ma’lumot www.beelineclub.uz va www.ibt.uz saytlarida.
Manba: Kompaniya matbuot-ma’lumotnomasi