Infocom.uz

Internet jurnalistikasi va uning istiqbollari

Albatta, shu o’rinda yurtboshimizning olib borayotgan siyosatlarini takidlab o’tish joiz. Chunki, ular biz yoshlarga ishonch bildirib, imkoniyatlar yaratib berdilar, so’zimni tasdig’i sifatida 2009 yil 9 dekabr kungi Farmoishlarini keltirib o’taman. Ular “XXI asr – intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligini e’tiborga olgan holda, Vatanimiz yigit va qizlarini har tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish borasidagi keng ko‘lamli chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish yuzasidan yangi 2010 yil O‘zbekiston Respublikasida “Barkamol avlod yili”- deb e’lon qildilar. Shu maqsadda, o‘quv jarayoniga yangi axborot-kommunikatsiya va pedagogika texnologiyalarini, elektron darsliklar hamda multimediya vositalarini keng joriy etish hisobiga mamlakat maktablari, kasb-hunar kollejlari va litseylarida, oliy ta’lim muassasalarida ta’lim berish sifatini tuba yaxshilash, ta’lim muassasalarining o‘quv-laboratoriya bazasini eng zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi bilan mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilar va murabbiylarning mashaqqatli mehnatini moddiy hamda ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini shakllantirishni nafaqat maktablarda, litseylarda, kollej va oliy ta’lim muassasalarida, balki har bir oilaning hayotida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, raqamli hamda keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari, Internet tizimini tatbiq etish, o‘zlashtirish va yanada rivojlantirishni takidlab o’tdilar.

Hozirgi kunda zamonaviy axborotlardan xabardor bo’lish , ularni o’rganish, uzatish va takomillashtirishda Internet jurnalistikasining o’rni nihoyatda beqiyosdir. Shu o’rinda savol tug’iladi.- Ho’sh Internet jurnalistikasi o’zi nima? Uni bizga ahamiyati nimalarda ko’riladi?

Savolga javob berish maqsadida , uni quyidagicha tariflar bilan izohlash mumkin.

Asosiy ma’lumot kanali bo’lgan Internet orqali dunyo miqyosidagi ommabop ma’lumotlarni doimiy ravishda yig’ish, qayta ishlash va tarqatishdan iborat bo’lib , u ommaviy targ’ibot va tashviqot yuritish vositalaridan biridir. U tomonidan tarqaliyotgan axborot, universitet tili bilan aytganda o’zining “auditoriyasi”ga ega bo’lib, uning jamoat va dunyoqarash tasavurlarini ijtimoiy yo’naltira olishi, zamonaviy reallik, rang-baranglig qonuniyatlari jamiyat hayotining siosiy-iqtisodiy rivojini boshqaruvchi asosiy qonuniyatlar haqida ma’lumot bera olishi lozim.

Ahborot jurnalistika, uning auditoriyasi orasidagi vosita bo’lib, u o’zining jurnalistikaning siosiy institute sifatidagi o’z oldiga qo’ygan xilma-xil muomolarini yechishga xizmat qilishi kerak. “Ommaviy Ahborot Vositalari”- atamasi ham shunga asoslangan.

Internet jurnalistikasi oddiy jurnalistikaga nisbatan o’zining qanaqangi yangiliklari va avzalliklari bilan kirib keladi?

• Interaktivligi. Bunday hususiyat Internet texnologiyasining o’zida mujassam bo’lib, bunda u o’zining ko’p tomonlama “tarmoq”li aloqasini taminlaydi.
• Professional yondashuv. Bunda u har bir o’quvchi yoki guruhning o’zlarini shahsiy qarashlari, fikrlari va talablarini hisobga olish imkonini beradi.
• Ma’tbuotga yo’nalganligi. Bu holatda har bir o’quvchi, o’zining hohlagan axborotini, hohlagan darajada olishi va uni hohlagan darajada o’rganishi, tahlil qilishi imkoniga ega.
• Oniylik. Buni avzalligi shunda bo’lib, unda ma’lumotlarni uzatish tezligi nihoyatda katta bo’lishi bilan bir qatorda , kerakli ma’lumot uzatilgan joyga tez va shu bilan bir qatorda sifatli yetib boradi.
• Olchamlilik. Bu o’quvchilarga u yoki bu ahborotni muhimlik darajasini tez va qulay aniqlab olishga imkon yaratadi.
• Hamfikrlilik. Bunda ma’lumot sahifasini tez va qulay ravishda har bir tashrif etuvchi fikrini hisobga olgan holda yangilab borish imkoniyati tushuniladi.
• Tejamlilik. Internet ma’lumotlarini tarqalishidagi ta’minotni qimmatligiga qaramasdan , har bir o’quvchiga kerakli ma’lumot qog’ozli ma’lumotga nisbatan tezroq va arzonroq , eng muhimi sifatli yetib boradi.

Hozirgi kunda yaratilayotgan yurtimizdagi Internet jurnalistikasi sahifalari orasida bunday talablarga javob bera oladiganlari ham, bera olmaydiganlari ham bor. Shu hususda, yani Internet jurnalistikasini takomillashtirish maqsadida me’zonlar, o’quv markazlar va ko’plab saytlar yaratilsa, maqsadga muofiq bo’lardi.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top