Infocom.uz

INTERNET NASHRLARINING O’ZIGA XOSLIGI: IMKONIYATLAR VA MUAMMOLAR.

Chunki, u o‘zining tezkorligi, interaktivligi, multimedia va boshqa ko‘plab noyob xususiyatlari tufayli auditoriyaning e’tiborini o‘ziga ko‘proq tortmoqda. Shuning uchun axborot bozorida o‘z mavqeini saqlab qolish va zamon bilan hamnafas bo‘lishni xohlagan ko‘pgina an’anaviy OAV, Axborot agentliklari ham Internetda o‘z axborot saytlariga egalar. Internet ularga nafaqat zamonaviylikni, balki jahon axborot bozoriga integratsiyalashish imkoniyatini ham yaratib bermoqda.

Shunday qilib, Internet axborot nashrlarini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: alternativ hamda faqat tarmoqdagina mavjud bo‘lgan OAV. Bir qarashda ular o‘rtasidagi farq deyarli, sezilmaydi. Ammo alternativ nashrlarning ko‘pchiligi Internetga o‘z an’anaviy sonlarining elektron nusxalarinigina joylashtiradi. Masalan, “O‘zbekiston ovozi” ([url=www.uzbekistonovozi.uz]www.uzbekistonovozi.uz[/url]), “infoCOM.UZ” ([url=www.infocom.uz]www.infocom.uz[/url]), va boshqalar. Ba’zilari esa bu bilan birga, tezkor axborot xizmatlari ham ko‘rsatadi. Masalan, “Труд” ([url=www.trud.ru]www.trud.ru[/url]), “Московские новости” ([url=www.mn.ru]www.mn.ru[/url]).

Tarmoq On-line nashrlari esa faqat elektron ko‘rinishdagina mavjud bo‘lib, an’anaviy nashriga ega emas. Bunday nashrlarga UzReport.com, Uzbekistannews.net, Gazeta.ru va boshqalarni misol qilib, keltirish mumkin. Elektron axborot nashrlarining eng katta afzalligi ularda axborotlar tezkorlik bilan tayyorlanishi va tarqatilishidir. Shuningdek, elektron nashrlar an’anaviy OAV ning barcha xususiyatlarini (matn, ovoz, tasvir) o‘zida jamlagan holda, axboriy materialni o‘ziga xos tarzda shakllantirish xususiyatiga ega. Ichki va tashqi gipermatnli bog‘lanishlar orqali joriy axboriy materialga tegishli qo‘shimcha ma’lumotlar ham olish mumkin. Internet nashrlarda an’anaviy axborot janrlaridan o‘ziga xos tarzda foydalaniladi. Shu bilan birga, Internetda blis opros, monitoring, reyting kabi yangi janrlar ham paydo bo‘lmoqdaki, bu Internet axborot saytlarining yangi OAV sifatida o‘ziga xosligini belgilaydi. Elektron nashrlarning yana bir muhim xususiyati, ularning inteaktivligi hisoblandi. Ya’ni, Internetdagi turli aloqa vositalari (E-mail, IRC) va ko‘p sonli forumlar orqali auditoriya bilan tezkor aloqalar bog‘lash, fikrlar almashish imkoniyati mavjud. Bu esa, auditoriya qiziqishlariga monand axborotlar tayyorlashga imkon yaratadi. Masalan, eng mashhur axborot saytlaridan biri UzReport.com da auditoriya bilan On-line muloqot o‘tkazish uchun maxsus “Aloqalar” bo‘limi mavjud. Foydalanuvchi u yerda o‘z xabarlarini qoldirishi yoki tahririyat bilan tezkor muloqotga kirishishi mumkin.

Ko‘pchilik elektron axborot nashrlari orqali axborotlar bepul taqdim etilishi bilan birga, pullik axborot xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Masalan, UzReport.com da maxsus axborotlar uchun pullik obuna xizmati tashkil qilingan. Obunachi saytdan foydalanishda alohida huquq va imtiyozlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda, elektron pochta orqali eng so‘nggi axborotlarni doimiy ravishda, olib turish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

An’anaviy OAV da bo‘lgani kabi, Internet nashrlarida ham reklama asosiy daromad manbai hisoblanadi. Internetdagi reklama bannerlari matn, ovoz va tasvir xususiyatlarining birlashuvi, ya’ni multimedia xususiyatini o‘zida mujassam etadi va an’anaviy reklamadan o‘zining yuqori ta’sir kuchiga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Internet nashrlarida bannerlarni nafaqat “tomosha qilish”, balki, zarur bo‘lganda, reklama qilinayotgan tovar yoki xizmat haqida to‘liq ma’lumot olish, yo bo‘lmasa, tovar yoki xizmat egasining veb-sahifasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanish mumkin.

Ushbu imkoniyatlar bilan bir qatorda, axborot saytlari faoliyatida ba’zi muammolar ham yo‘q emas. Masalan, ba’zi Internet nashrlaridagi yangiliklar ancha sust yangilab boriladi. Bu ayniqsa, ba’zi o‘zbek an’anaviy nashrlarining elektron versiyalari misolida olib qaraganda, yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bundan tashqari, Internet nashrlaridagi axboriy materiallar tarkibida ham ko‘plab muammoli jihatlarni kuzatish mumkin. Bulardan eng ko‘p tarqalganlari: noxolis va ishonchsiz axborotlarning tarqatilishi, axloqiy me’yorlarning buzilishi, mualliflik huquqiga amal qilmaslik va shu kabilardir. Ammo bu holat, asosan, Yevropa axboriy resurslarida uchraydi.

Afsuski, ushbu muammolarning yechimi global tarmoq spesifikasi bilan bog‘liq ko‘pgina sabablar tufayli hamon murakkabligicha qolmoqda. Biroq shuni ishonch bilan ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda global miqyosdagi ko‘pgina muammolarni hal qilishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va texnalogik usullar ishlab chiqilmoqda va joriy etilmoqda. Bu esa o‘z ijobiy samarasini beryapti.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top