Warning: ftp_nlist() expects parameter 1 to be resource, null given in /home/infocom/public_html/wp-admin/includes/class-wp-filesystem-ftpext.php on line 438

Warning: ftp_pwd() expects parameter 1 to be resource, null given in /home/infocom/public_html/wp-admin/includes/class-wp-filesystem-ftpext.php on line 230

Warning: ftp_pwd() expects parameter 1 to be resource, null given in /home/infocom/public_html/wp-admin/includes/class-wp-filesystem-ftpext.php on line 764

Infocom.uz

Istiqbolga yo‘naltirilgan islohotlar

Prezidentimiz Islom Karimovning 2011 yilning asosiy yakunlari va 2012 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida 2011 yilda mamlakatimizdagi 852 maktabda zamonaviy o‘quv kompyuter sinflari tashkil etilgani alohida qayd etildi.

Istiqlol yillarida mamlakatimiz jahonning eng rivojlangan davlatlari safidan o‘rin egallashi, Vatan taqdiri oldidagi mas’uliyatni astoydil his etishga qodir, kuchli bilimga ega, iqtidorli yoshlarni tarbiyalashning muhim omili sifatida ta’lim tizimini tubdan isloh etish yo‘lida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga binoan jahon andozalari talablariga mos, ko‘rkam va zamonaviy maktablarni barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash yuzasidan amalga oshirilgan ulkan ishlar asrlarga tatiydi. Mamlakatimizdagi mavjud o‘n mingga yaqin maktab tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib, muhtasham va zamonaviy qiyofa kasb etdi. Bilim maskanlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni so‘nggi rusumdagi o‘quv-laboratoriya, kompyuter jihozlari, zarur uskunalar, texnik vositalar bilan ta’minlash doimiy e’tiborda.

Ayni paytda ta’lim mazmunini yanada yaxshilashning asosiy sharti sifatida yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratilib, davr talablari asosida muttasil takomillashtirilmoqda. O‘qitish jarayoniga ilg‘or axborot, pedagogik texnologiyalar jadal joriy etilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2005 yil 28 sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, mamlakatimizda “ZiyoNET” jamoat ta’lim axborot tarmog‘i yaratildi. Maqsad o‘quvchi-yoshlarni axborot sohasidagi noxolis, ma’naviyatimizga zid tahdidlardan himoyalash, ma’rifiy sohadagi ilg‘or ish tajribasini ommalashtirish, bilim maskanlarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirishdan iboratdir.

Hozir 9 ming 400 dan ziyod umumta’lim maktabi yoki jami maktablarning 96 foizi ZiyoNet elektron axborot tarmog‘iga ulangan. “ZiyoNET”dan foydalanuvchilar uchun ushbu tarmoqda ta’limning barcha bo‘g‘inlari haqidagi ma’lumotlar, ma’ruza matnlari, ilmiy ishlar, dars ishlanmalari, milliy qonunchilikka oid yangiliklar, o‘quv adabiyotlari va darsliklarning elektron shakli mavjud. Undagi axborot resurslari muntazam ravishda boyitib boriladi. Tarmoqning “Vatan uchun yashaylik” ruknida yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilik, eng yaxshi milliy an’analar ruhida tarbiyalashga qaratilgan materiallar, “Mustaqillik darsi” sahifasida o‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan ishlanmalar, she’rlar o‘g‘il-qizlarda, ayniqsa, katta qiziqish uyg‘otmoqda.

O‘quv dargohlariga ilg‘or axborot kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi o‘qitishni sifat va mazmun jihatidan yanada yaxshilashda, maktab jamoatchiligi, pedagoglar, o‘quvchilar, ota-onalarni ma’rifiy sohalardagi islohotlardan o‘z vaqtida boxabar etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayni paytda bu ta’lim sohasida erishilgan ilg‘or ish tajribasini amaliyotga keng yoyish, samarali ishlanmalar, pedagogik izlanishlar natijasi bilan tanishish, o‘quv adabiyotlari, turli risolalar, ma’ruza matnlari, qo‘shimcha manbalarni ko‘proq o‘zlashtirishda ham qo‘l kelmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi huzurida 2006 yilda tashkil etilgan Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazida multimedia vositalari, o‘quv adabiyotlari va qo‘llanmalarining elektron variantlarini yaratish ishlari keng yo‘lga qo‘yildi. Bu ta’lim samaradorligini ko‘tarish, saviyasini yuksaltirish, pedagoglarga qo‘yilayotgan talab va mas’uliyatni yanada kuchaytirish, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirishdek ezgu maqsadlarga erishishda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur markaz bugungi kunda ma’rifiy elektron resurslarni, multimedia ilovalarini ishlab chiqish, ta’lim maskanlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, kompyuter jihozlaridan va ma’rifiy resurslardan foydalanish samaradorligini o‘rganish, tahlil qilish, umumta’lim maktablari veb-saytlarini yaratishga yaqindan ko‘maklashish borasida izchil ishlar olib bormoqda. Joylardagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy institutlarining xodimlari va o‘qituvchilarga mo‘ljallangan axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga oid savodxonlik bo‘yicha o‘quv seminarlar, malaka oshirish kurslari muttasil o‘tkazilmoqda.

Markaz mutaxassislari, pedagog olimlar, o‘qituvchilar hamkorligida yaratilgan elektron darsliklar, virtual laboratoriya ishlari, yuzdan ziyod multimedia resurslari – dars ishlanmalari, mavzuga oid matnlar, ko‘rgazmali qo‘llanmalardan iborat elektron materiallar mashg‘ulotlarning o‘qituvchilar tomonidan yanada sifatli va puxta o‘tilishiga xizmat qilmoqda. Endilikda ushbu markazda tayyorlangan elektron darslik va qo‘llanmalar mamlakatimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida keng qo‘llanilmoqda.

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi 127-umumiy o‘rta ta’lim maktabidagi klaster sinfi, zamonaviy axborot-resurs markazi kun davomida o‘quvchilar, pedagoglar bilan gavjum bo‘ladi. Bu yerda “Informatika asoslari” fani bilan birgalikda matematika, biologiya, fizika, o‘zbek tili singari fanlar elektron darsliklar asosida o‘qitiladi. Pedagoglarning ta’kidlashicha, elektron adabiyotlar asosida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tish bolalarda o‘qishga qiziqishni yanada oshiradi, ular mavzularni puxta o‘zlashtiradi. Bunday qo‘llanmalarda rasmlar, jadvallar, turli formulalar, qoidalar rangli, yorqin va yirik hajmda berilishi barobarida kimyoviy, fizik, biologik jarayonlarning qanday kechishi dizayn jihatdan puxta tasvirlangan. Bolalarda ko‘rish orqali muayyan ma’lumotni idrok etish, o‘zlashtirish va yodda saqlab qolish qobiliyati juda kuchli ekani bois elektron darsliklar asosida mashg‘ulotlarning olib borilishi kutilgan natijalarni bermoqda.

– Maktabimizda bir yarim ming nafarga yaqin o‘g‘il-qiz tahsil oladi, – deydi 127-maktab direktori Rafiqa Odilova. – Garchi “Informatika asoslari” fani 5-sinfdan o‘qitilsa-da, 1-sinfdan boshlab maktabimizning barcha o‘quvchilarining bilim olishi, pedagogik jamoaning esa o‘z ustida ishlashi, izlanishi, ishga ijodiy yondashuvi zamonaviy axborot-texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liq.

Salkam qirq yillik pedagogik tajribaga ega Rafiqa opaning aytishicha, ta’lim tizimi islohotlari bugun o‘qituvchidan ham, o‘quvchidan ham birdek faollikni talab etadi. Yaratilayotgan keng sharoit va imkoniyatlar bir paytlar orzu edi. Ilgarilari darsliklarning mazmuni ham, ko‘rinishi ham yillab o‘zgarmasdi. O‘qituvchilar doimo bir qolipda dars o‘tishiga to‘g‘ri kelardi. Maktablarning xarob ahvoli, qoloq moddiy baza, o‘qituvchi mehnatining e’tibordan chetda qolgani haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi…

Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ulkan yangilanishlar har jihatdan sog‘lom va barkamol, mustaqil, keng va teran tafakkurli, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash, Vatanimizni yanada ravnaq toptirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Avvallari farzandlarimizning xalqaro intellektual musobaqalar, olimpiadalar, ko‘rik-tanlovlarda muvaffaqiyat qozonishini orzu qilar edik. Keyingi o‘n yil mobaynida yurtimiz o‘quvchilari xalqaro fan olimpiadalarida munosib ishtirok etib, 150 dan ziyod oltin, kumush va bronza medallarni qo‘lga kiritgani, nufuzli san’at festivallari va tanlovlarida, xalqaro sport musobaqalarida minglab marta sovrinli o‘rinlarni egallagani, oltin, kumush va bronza medal sohibi bo‘lgani ta’lim sohasidagi islohotlarning ulkan samarasidir.

– O‘quvchi-yoshlarni barkamol shaxs etib voyaga yetkazish yo‘lidagi ulkan e’tibor, ayniqsa ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim tizimiga keng joriy etilishi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, bilim olishga qiziqishi va ishtiyoqining tobora kuchayishida muhim omil bo‘lmoqda, – deydi Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 142-maktab direktori Inna Li. – 2009 yilda maktabimiz tubdan kapital ta’mirlandi. Hozir internetda maktabimizning o‘z sayti tashkil etilgan. Shu orqali bugungi shiddatli zamonda ota-onalar, keng jamoatchilikni o‘quv dargohimizning faoliyati, to‘garaklar ishi, o‘qituvchilar jamoasi, dars jadvali haqida yanada kengroq xabardor etish imkoniyati paydo bo‘ldi. Maktab veb-saytining muttasil yangilanishida o‘quvchilar ham o‘z ma’lumotlari bilan faol ishtirok etmoqda. Bunday intilishlar samarasida O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, “ZiyoNET” jamoat ta’lim axborot tarmog‘ining ushbu vazirlik tizimidagi bo‘limi, Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi hamkorligida o‘tkazilgan “Yilning eng yaxshi maktab sayti – 2011” respublika tanlovida maktabimiz veb-sayti ikkinchi o‘rinni egalladi.

Har bir mamlakatning nurli kelajagi, taraqqiyoti yoshlarning bilim va tarbiya olishiga bo‘lgan e’tibori, bu yo‘ldagi ezgu sa’y-harakatlari bilan belgilanadi. Shu ma’noda, O‘zbekistonda madaniyat va san’at, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sohalar rivoji bilan birga ta’limdagi hayotbaxsh islohotlar navqiron avlodni har jihatdan barkamol inson etib voyaga yetkazishning ibratli milliy modeli sifatida jahonda tobora keng e’tirof etilmoqda. Bu esa ma’naviyat va ma’rifatning barcha yo‘nalishiga davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatilayotgan cheksiz mehr va g‘amxo‘rlikka xalqaro miqyosda berilayotgan eng xolis va yuksak bahodir.

Facebook
Twitter
LinkedIn
Telegram
Email

Shuningdek o'qing:

Scroll to Top